10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari



Yüklə 28,55 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü28,55 Kb.
#211304
1   2   3   4   5   6   7
10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari-fayllar.org

1.10.5. Yacheykali topologiya
Xalqali topologiyani kirish/chiqishli mulpleksorlar tashkil etsa, yacheykali topologiyaning markazi va uning elmentlari vazifasini operatsion ulovchi apparatura (OUA)lar tashkil etadi (1.16-rasm).

1.16-rasm Yacheykali topologiya.


OUAlar o’ziga tushgan axboratli kirishlarni, VC-3 , VC-4 virtual konteynerlarning marshrut sarlavhalarini mos yo’nalishi bo’yicha taqsimlaydi. Bunday variantga ega bo’lgan topologiyaning afzalligi shuki, har bir yo’nalishda o’zining yuklamasi va uzatish tezligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari,biror yoki bir necha yo’nalishda uzilish ro’y bergan taqdirda ham mos keluvchi punktlar orasida aloqa uzilmaydi. Yacheykali tuzilishga ega bo’lgan topologiyada aloqa qancha katta bo’lsa, yacheykali apparaturalarda ishonchlilik shuncha yuqori bo’ladi.

1.11. Raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya
Raqamli telekommunikatsiya tizimlariga ega tarmoqlarning sinxronizatsiya muammolari oldingi bandlarda qarab chiqilgan edi. Sinxron raqamli ierarxiya tarmoqlari uchun qarab chiqilgan savollarning ma’nosi shu bo’yicha o’zgarmasdan qoladi, faqatgina tarmoq elementlarining sinxronizmini tashkil qilishda tizimli yondashish lozim. Sinxron raqamli telekommunikatsiya tarmoqlarida siklli sinxronizatsiyaning vazifasi, odatdagi vazifadan farq qiladi, chunki sinxron tizimlarning sikli barcha ierarxiya pag’onalarida sinxron, pleziaxron ierarxiyadagi kabi, yuqori pag’onadan boshlab sinxronizmga kirish ketma-ketligiga ega. Bu tizimning sinxronizmga kirish vaqtini kamaytiradi va sinxron raqamli ierarxiyaning eng asosiy afzalliklaridan biridir. Sinxron raqamli tarmoqlarda taktli sinxronizatsiyasining vazifasi xuddi pleziaxron tizimlaridagi kabi, ya’ni tarmoqda ishlovchi raqamli qurilmalarning chastota beruvchi generatorlarini chastota bo’yicha moslashishini ta’minlashdan iborat. Lekin, pleziaxron tarmoqlarda, berilgan raqamli oqimlar uchun qabul qiluvchi va uzatuvchi qismdagi chastota beruvchi generatorlarning mosligini ta’minlash chegaralangan, sinxron tarmoqlarda esa tarmoqning barcha qurilmalarida chastota beruvchi generatorlarning mosligiga erishiladi. Bunday moslikni ta’minlash komponent oqimlarga ulanishini tezlashtiradi, bu ham o’z navbatida sinxron raqamli telekommunikatsiya tizimlarining afzalliklaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 28,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin