10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari


Sinxronizatsiya tizimlarining asosiy



Yüklə 28,55 Kb.
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü28,55 Kb.
#211304
1   2   3   4   5   6   7
10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari-fayllar.org

1.11.2. Sinxronizatsiya tizimlarining asosiy

parametrlari
Sinxronizatsiya tizimlarining ikkinchi toifali parametrlariga sinxrosignalning vander taxlili bilan bog’liq bo’lgan TIE (vaqt oralig’i xatoligi), MTIE (vaqt oralig’ining maksimal xatoligi), TVAR (vaqt bo’yicha variatsiya), TDEV (vaqt bo’yicha daviatsiya) parametrlari ham kiradi.

1.11.3. Vaqt oralig’i xatoligi - TIE
Buning uchun uzatiluvchi va qabul qilinuvchi Re 2 raqamli signalni, Re 1 etalon signal bilan solishtirish jarayonini qarab chiqamiz (1.18-rasm).
1.18-rasm. TIE tushunchasi
Rasmdan ko’rinib turibdiki, etalon signalga nisbatan Re 2 signali faza bo’yicha surilishga ega. Bunday surilish vaqt bo’yicha surilish – TIE (Time interval error) nomini olgan va uni vaqt parametri orqali baholash mumkin. Sinxrosignal bilan etalon signalni solishtirish orqali, TIE parametrlarini oldingi qiymati, TIE parametrlarining kuzatish vaqtiga har xil bog’liqligi va TIE parametrlarining maksimal qiymati o’lchanadi. TIE parametrlarini o’lchash absalyut birliklar singari, keltirilgan birliklar (masalan U1) da ham amalga oshadi. Bu erda U1 – bu berilgan uzatish tizimi orqali 1 bit axborotni uzatish uchun lozim bo’lgan vaqt.

1.11.4. Vaqt oralig’ining maksimal xatoligi – MTIE
TIE parametri, sinxrosignal parametrlarini taxlil qilish uchun me’yordagi baholashni bermaydi. Buning uchun etalon signal bilan solishtiriladigan erkin sinxrosignalni qarab chiqamiz. (1.19-rasm).
Bunda ma’lum diskretizatsiyalash qadami bilan TIE qiymati o’lchanadi. O’lchash, o’lchanadigan T vaqt davomida amalga oshadi. Buning uchun TIE parametridan eng katta og’ishni maksimal baholovchi o’lchash oralig’i parametri (S) ni kiritamiz. Bu parametr MTIE (vaqt oralig’ining maksimal xatoligi) nomini olgan. Shunday qilib, MTIE quyidagicha aniqlanadi:
MTIE = TIEmaxS- TIEminS

1.19.-rasmda TIE va MTIE parametrlari ko’rsatilgan.


1.19-rasm. TIE va MTIE parametrlari
MTIE parametrlarining qiymati S oralig’ining o’lchamiga bog’liq. Odatda sinxrosignal xarakteristikalari sifatida, sinxronizatsiya manbalarining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanuvchi MTIE (S) bog’lanishi qo’llaniladi. MTIE parametrlarini o’lchash uchun 1 s dagi S kuzatish oralig’i qo’llaniladi. Bu parametr nafaqat vander kabi, balkim djitter kabi ham ta’sir qiladi. Shunday qilib MTIE parametriga vander ta’sir qiladi.


Yüklə 28,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin