1.12 SDHda sinxronizatsiya tizimining tuzilishi
Sinxron raqamli ierarxiya (CPI) tarmoqlarida taktli sinxronizatsiyaning barcha turlari qo’llaniladi: o’zaro bog’langan, avtonom va majburiy. Shulardan oxirgisi yana tarqatilgan boshqaruvchi n va boshqaruvchi-boshqariluvchi n turlarga bo’linadi. Quyidagi 1.21-rasmda SDHning sinxronizatsiya tarmog’ining arxitekturasi ko’rsatilgan.
Bunday tarmoqda taktli chastotaning nisbiy nomo’tadilligi juda kichik bo’lishi lozim. Shuning uchun ham tayanch generatori (birlamchi etalon generator- BEG, PRC)ning narxi juda baland. Shunga bog’liq holda sinxron raqamli ierarxiya (SRI) tarmog’ining ma’lum bir uchastkalari bitta birlamchi etalon generator (BEG)dan sinxronizatsiyalanadi (masalan regional). Sinxrosignalning tarqalishi uzatish liniyasi bo’ylab amalga oshadi. Tugundagi chastota beruvchi generatorning sinxronizatsiyasi uchun boshqaruvchi tugunda liniya signalidan taktli chastotaning tashkil topuvchilari ajratib olinadi. Shunday qilib sinxronizatsiya tarmog’ining arxitekturasi 1.21-rasmdagi ko’rinishga ega bo’ladi.
Sinxronizatsiya zanjiri bo’ylab sinxrosignal tarqalganda, fazaviy fluktatsiyalarning yig’ilishi tufayli uning sifati yomonlashadi. Fazaviy fluktuatsiyalarning ma’lum bir qismi ikkilamchi generatorlar (ikkilamchi chastota beruvchi generator- IChBB yoki sinxronizatsiyani ta’minlovchi SSU bloki)da pasaytiriladi.
1.21-rasm. Sinxronizatsiya tarmog’ining tuzilishi
Agar sinxronizatsiyaning alohida zanjiri etalonga mos kelsa, unda sinxronizatsiyaning sifati yaxshi deb hisoblanadi. 1.22-rasmda sinxronizatsiyaning etalon zanjiri ko’rsatilgan
10
1.22-rasmda. Sinxronizatsiyaning etalon zanjiri
Sinxronizatsiya tarmog’ini yaratganda uning alohida (shoxlari) bo’laklari qisqa bo’lishini ta’minlashga harakat qilinadi. Shuning uchun ham agar tugun ichida tarmoqning bir necha elementlari mavjud bo’lsa, ularning generatorlarini “tarqalgan boshqaruvchi” usulda sinxronizatsiyalash lozim, ya’ni xududiy (regional) tarmoqlarning sinxronizatsiyasi yulduzsimon bo’lishi lozim. Quyidagi 1.23-rasmda tugun ichi yulduzsimon sinxronizatsiyasi ko’rsatilgan.
1.23.-rasm. Tugun ichi (yulduzsimon) sinxronizatsiya
Bunday holda, sinxronizatsiya tarmog’idagi barcha generatorlar uchta ierarxiya satxida joylashadi: yuqori satxini birlamchi etalon generator (BEG), egallaydi, ikkinchi satxi ikkilamchi chastota beruvchi generator (IChBG)ga tegishli, uchinchi satxi esa multipleksor generatori (maxalliy chastota beruvchi generator MChBG) (qurilmaning chastota beruvchi generatorlari, SEC, SETS)dir. IChBGlar ikki turga bo’linadi: tranzit tarmoq taymerlari (TNC) va lokal (maHalliy) tarmoq taymerlari (LNC)).
Regeneratorlarning generatori alohida guruhlarga ajralishi mumkin. Ular nisbatan sodda qurilmalar bo’lib, uzatuvchi yo’nalishlarning taktli ketma-ketlarini alohida ta’minlashni amalga oshiradi. Odatda bunday qurilmalar, STM-N sinxron transport modulida ajralib kelgan tayanch signallarini qabul qiladi va regeneratorning barcha bloklari, shuningdek chiqish interfeyslari uchun taktli signallarni shakllantiradi.
Regeneratorlarda hosil bo’luvchi fazali fluktatsiyalar juda kichik bo’lganligi tufayli ular juda uzun zanjirlardagina (50 regeneratorgacha) hisobga olinadi. Shuning uchun ham regeneratorlar sinxronizatsiya signallari uchun shaffof hisoblanadi va etalon zanjirlarda hisobga olinmaydi.
Birlamchi etalon generator murakkab tizim bo’lib, uning signalini chastota mo’tadilligi juda yuqori. SRI tizimlarida bunday generatorlar sifatida tayanch elementi rubidiyli va seziyli lazerlarga ega bo’lgan qurilmalar qo’llaniladi. Ikkinchi satx generatorlari (sinxronizatsiyani ta’minlovchi bloklar, SSU), multipleksorlarga nisbatan tashqi qurilmalar hisoblanadi. Ular fazali fluktatsiyalarni pasaytirilishini amalga oshiradi. Uchinchi satx generatorlari-multipleksor generatorlari (SEC yoki SETS) bo’lib, odatda juda ko’p sinxrosignal manbalariga ulanishi mumkin.
Multipleksor generatoridagi sinxrosignal interfeyslari taxminan quyidagilarni ko’rsatishi lozim:
-birinchidan, bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki tashqi kirish tashqi manbadan, masalan birlamchi generatordan sinxrosignal olinishi mumkin;
-ikkichidan, liniya signallari (STM-N)dan ajratib olinuvchi, bunday tayanch signallari multipleksorlarning liniya kirishlariga tushadi;
-uchinchidan, ulanuvchi signallardan ajratib olingan bu tayanch signali sinxron (STM-1) bo’lgani kabi, pleziaxron (2,34, 140 Mbit/s) hamdir.
.
1.24.-rasm. Multipleksor generatorlarining sinxronizatsiya manbalari.
Agar barcha tashqi sinxrosignallar yo’qolsa, generator saqlash (hoilover) rejimiga o’tadi, ya’ni generator xuddi qotib qolganga o’xshaydi. Sinxrosignal yo’qolgan lahzadagi chastotadan, erkin tebranuvchi chastotaga o’tishi, nisbatan juda sekin amalga oshadi. Erkin tebranish rejimida signalning chastota mo’tadilligi, generatorning shaxsiy kvarts rezonatorida aniqlanadi. Multipleksor generatori, multipleksorning barcha bloklari uchun taktli signallar ishlab chiqaradi va tashqi chiqishlariga sinxrosignalni (masalan tarmoq tugunining boshqa qurilmalari sinxronizatsiyasi uchun) uzatishi mumkin. Sinxrosignal manbalariga loyiq bo’lgan har bir multipleksorda sinxrosignal proportsional aniqlangan. Masalan, 1.24.-rasmda ko’rsatilgan generator uchun pririotet quyidagi tartibda belgilanishi mumkin: 1-tashqi kirish, 2-tashqi kirish; 1-liniya; 2-liniya; 3-liniya: 2, 34, 140 Mbit/sli signallar. Agar tashqi sinxronizatsiya manbasi oldindan imkoniyatga ega bo’lmasa, unda multipleksor generatori, kvartsli mo’tadillik (erkin tebranish rejimi)ga ega bo’lgan, bog’liq bo’lmagan generator singari konfiguratsiyalanadi.
MSOH multipleksorlash sektsiyasi sarlavhasining S1 baytidagi 5-8 bitlarda berilgan STM-Nning shakllanishi uchun qo’llaniladigan, sinxrosignalning sifati (Q satxini belgilovchi kod) avtomatik holda kiritiladi.
Quyidagi 1.3-jadvalda shu kodllarning jadvali keltirilgan.
1.3-jadval
Q sifat satxi
|
kod
|
Qiymatlar
|
2
|
0010
|
Birlamchi etalon generator, PRC
|
3
|
0100
|
Ikkilamchi tranzit generator, TNC
|
4
|
1000
|
Ikkilamchi maxalliy generator, LNC
|
5
|
1011
|
Maxalliy generator (saqlash rejimidagi multipleksor generatori), SEC
|
6
|
1111
|
Sinxronizatsiya uchun qo’llanilmaydi
|
0
|
0000
|
Sifati noaniq
|
Kelgusida qo’llash uchun koderning boshqa qiymatlari
|
Shuniyam hisobga olish lozimki, sifat satxi QO odatda oldin chiqarilgan qurilmalarga mos keladi (unda hali S1 baytlari aniqlanmagan).
Tayanch sinxronizatsiya manbalarini tanlash uchun quyidagi qonunlar qo’llaniladi:
1) Barcha imkoniyatli manbalardan eng yuqori sifatli manba tanlanadi;
2) Agar yuqori sifatli manbalar soni bir nechta bo’lsa, eng yuqori proportsiyaga ega bo’lgani tanlanadi;
3) Avariya signali olingan manba, Q6 sifat satxiga mos keladi. Bu S1, bitidagi kodga bog’liq emas.
4) Berilgan multipleksor sinxronizatsiyasi uchun tayanch signal ajratib olinadigan, oqimga qarama-qarshi yo’naltirilgan oqimning S1 baytida Q6 sifat satxi belgilanadi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |