2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.
1. Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi?
2. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi?
3. Boshqarish tugmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda ko‘rsatiladi?
3. Yangi mavzu bayoni:
1. Delphi da yangi ilova yarating va uni 01_03 papkaga saqlang.
1.1. Ilovaning sarlavhasini salom, olam! deb o‘zgartiring.
1.2. Ilova oynasiga uchta boshqarish tugmasini bir ustun qilib joylang.
1.3. Birinchi tugmani ikki marta bosing. Ekranda paydo bo`lgan uning TForml.Buttonl.Click protsedurasiga begin dan keyin Tform1.Caption:= 'salom,'+Tform1.Caption; ni kiriting.
1.4. Ikkinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasini quyidagi ko‘rinishga keltiring:
procedure TForml.Button2Click(Sender: TObject);
begin
TForml.LeftTForml.Left+10; end;
1.5. Uchinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasini quyidagi ko‘rinishga keltiring:
procedure TForml.Button3Click(Sender: TObject);
begin
TForml.Top:= TForml.Top+10; end;
1.6. Ilovani ishga tushirib, tugmalar qanday vazifa bajarishini kuzating. Ilova oynasini yopib, uning barcha fayllarini saqlab qo'ying. Ilovaning barcha fayllarini yoping.
2. Oldingi darsda berilgan mashqni kompyuterda bajaring.
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:
Delphida yangi ilova yarating. Unga to'rtta boshqarish tugmasini kiriting. Ulardan birinchisini Yarat, ikkinchisini Yukla, uchinchisini Saqla, to‘rtinchisini Tugat degan yozuv bilan ekranga chiqaring.
5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.
6. Uyga topshiriq: 92-bet 2-mashqni bajarish.
10-Sinf. 41-dars.
Sana: ______________
I. Mavzu: Showmessage oynasi
II. Maqsad:
a) Ta’limiy: Showmessage oynasi haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, kompyuter dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni Showmessage oynasi bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
Tayanch kompetensiya: TK1: Kommunikativ kompetensiya – axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash; TK3: O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi – o`z hatti-harakatini baholay olish; TK6: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish.
Fanga oid kompetensiya: FK2: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi – sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi.
Dostları ilə paylaş: |