10-Sinf. 36-dars. Sana: I. Mavzu: Delphi dasturlash muhiti



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə29/29
tarix02.01.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#41138
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Dars ishlanma

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.

1. Label boshqarish obyektining xossalari ilovada qanday o‘zgartiriladi?



2. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgartiringki, uning oynasi bo‘yi va eni mos ravishda 5 va 8 qadam bilan o‘zgarsin.

3. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgartiringki, uning oynasi enining qiymati 500 dan 800 gacha bo‘lsin.

4. To‘rtinchi ilova tugmalardagi yozuvlami a→A va A→a ga o‘zgartiring.
3. Yangi mavzu bayoni:

1. Yangi ilova yarating va uni 03_01 papkada saqlang.



1.1. Ilovaga yettita Label va bitta Button obyektini joylang.

1.2. Labellardagi yozuvlarni xossasi yordamida mos ravishda 8, 10, 12, 14, 16, 20 va 24 ga o`zgartiring.

1.3. Buttonl tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi operatorlami kiriting:

Label l.Font.Size:-8; Label 2.Font.Size:-10;

Label 3.Font.Size:=12; Label 4.Font.Size:=14;

Label 5.Font.Size:=16; Label 6.Font.Size:=20;

L abel 7.Font.Size:=24;

1.4. Ilovani ishga tushiring va tugmani bosib, natijani ko‘ring:

2. Yangi ilova yarating va uni 01_02 papkaga saqlang. Unga bittadan Label va Button obyektlarini joylang. Button tugmasi bosilganda har safar Labeldagi yozuvning shrifti o‘lchami ikki birlikka oshsin:

3. Oldingi darsdagi mashqlami kompyuterda bajaring.

4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:

1. Yangi ilova yarating va uni 03_03 papkada saqlang.



2. Ilovaga bitta Label va bitta Button obyektini joylang.
5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.

6. Uyga topshiriq: 98-bet 2-3-mashqlarni bajarish.





10-Sinf. 45-dars.

Sana: ______________

I. Mavzu: Boshqarish obyektlarining faolligi va ko`rinmasligi

II. Maqsad:

a) Ta’limiy: Boshqarish obyektlarining faolligi va ko`rinmasligi haqida ma’lumot berish.

b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, kompyuter dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.

c) Rivojlantiruvchi:O'quvchilarni Boshqarish obyektlarining faolligi,ko`rinmasligi bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish

Tayanch kompetensiya: TK1: Kommunikativ kompetensiya – axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash; TK3: O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi – o`z hatti-harakatini baholay olish; TK4: Ijtimoiy faol fuqorolik kompetensiyasi – jamiyatda bo`layotgan voqea-hodisani tushunish va jarayonlarga daxldorlikni his etish.

Fanga oid kompetensiya: FK2: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi – sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi.

III. Dars turi: Yangi bilim beruvchi

IV. Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan an’anaviy dars.

V. Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularni qurilmalari, videoproyektor, plakatlar, darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.

VI. Darsning rejasi: 1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.

3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).

4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).

5. O’quvchilarni baholash (3 minut)

6. Uyga vazifa berish (2 minut).

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi. 1. Yangi ilova yarating va uni 03_03 papkada saqlang.

2. Ilovaga bitta Label va bitta Button obyektini joylang.

3. Yangi mavzu bayoni:

1. Boshqarish obyektlarining Visible xossasi. Kompyuter viruslarini nima uchun topish qiyin? Chunki ular ko'rinmas, nega-ki, ularning o‘z oynasi yo‘q. Yaratilayotgan ilovalami ham ko‘rinmas qilib qo‘yish mumkin-mi? Albatta, mumkin. Buning uchun har bir boshqaruvchi obyektda, shu jumladan ilova oynasida ham bo‘lgan Visible (ko‘rinadigan) xossasidan foydalanish kerak bocladi. U mantiqiy turdagi xossa bo‘lib, faqat True (Rost) yoki False (Yolg‘on) qiymatlami qabul qiladi. Obyektning Visible xossasi dastlab rost bo`ladi va obyekt oynada ko'rinib turadi. Agar bu xossani yolg‘on qilib o'tnatsak, obyekt oynada ko‘rinmay qoladi. Uning о‘rnidan boshqa maqsadlarda foydalansa bo‘ladi. Agar ikkita yoki undan ko‘p boshqarish obyektlaridan bir vaqtda foydalanilmasa, u holda ulardan faqat bittasining Visible xossasini rost qilib, qolganlarini yolg‘on qilib o'matib, ilova oynasining bitta joyiga qo'yish va joyni tejash mumkin, Bundaa vizual dasturlashda keng foydalaniladi.



2. Boshqarish obyektlarining Enabled xossasi Rasmda Delphi 7 asosiy menyusining Edit (Tahrirlash) bo‘limi aks etgan. Uning ko‘plab bandlari xira tortib qolganini ko'rish mumkin. Bu ular faol emasligi sababli, ulardan shu paytda foydalanib bo‘lmasligi bildiradi. Masalan, menyuning to‘rtinchi bandi Copy (nusxa olish)dan foydalanish uchun avval matnning biror bo'lagini ajratib olish kerak. Matnning biror qismi ajratib olinishi bilan undan nusxa olish mumkin bo`ladi va menyuning Copy bandi faollashib, to‘q rangda paydo bo‘ladi va bu amalni bajarish mumkin bo‘ladi. Boshqarish obyektlarining Enabled (faol) xossasi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu xossa ham mantiqiy qiymatlami qabul qiladi. Agar uning qiymati rost bo‘lsa, obyekt faol, yolg'on bo‘lsa, obyekt sust holatda ho'ladi. Boshqarish obyektlarining Enabled (faol) xossasi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu xossa ham mantiqiy
qiymatlami qabul qiladi. Agar uning qiymati rost bo‘lsa, obyekt faol, yolg'on bo‘lsa, obyekt sust holatda bo'ladi. Dastlab barcha obyektlar uchun bu xossa qiymati rost bo'lib, ular faol holatda bo‘ladi. Agar bu xossani yolg‘on qilib o'rnatsak, obyekt oynada ko‘rinib tursada, u xira tortib qoladi. Undan vaqtincha foydalanib bo'lmaydi.


3. Visible va Enabled xossalaridan foydalanish. Obyektlaming bu xossalaridan foydalanib, oxirgi ilova ishini yaxshilaymiz. Uning oynasi kengligi 600 dan oshib ketsa, Buttonl tugmasining Enabled xossasini yolg'on qilib o‘rnatamiz. Natijada oynani boshqa kengaytirib bo'lmaydi. Dastlab ikkmchi tugma Button2 ilova oynasida ko‘rinmasin (Button2.Visible=False). Birinchi tugma yordamida ilova oynasini kengaytirib boramiz. U 600 dan oshib ketishi bilan ikkinchi tugma oynada paydo bo`ladi (Button2.Visible:=True) va birinchi tugma xira tortib qoladi (Buttonl.Enabled:=False). Endi faqat ikkinchi tugma yordamida ilova oynasi kengligini kamaytirish mumkin. Kenglik 600 pikseldan kamayishi bilan birinchi tugma yana faol holatga o‘tsin (Buttonl.Enabled:=True). Oyna kengligi 400 dan kamayib ketsa, ikkinchi tugma yana g‘oyib bo‘lsin va oynani boshqa kichiklashtirib bo‘lmasin. Birinchi tugma bosilganda nima qilish kerakligini ko‘rsatish uchun uni ikki marta bosamiz va kursor turgan joyga quyidagi kodni kiritamiz:

If Forml.Width<600 then begin

Form l.Width:=Form l.Width+16;

Form l.Height:=Form l.Height+9; End else begin

Button2.Visible:=True; Buttonl.Enabled:=False; end;

4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:

1. Visible xossasi qanday vazifa bajaradi?

2. Enabled xossasi qaysi obyektlarda uchraydi?

5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.

6. Uyga topshiriq: 101-bet 1-2-mashqlarni bajarish.





10-Sinf. 46-dars.

Sana: _________________

I. Mavzu: Amaliy mashg`ulot

II. Maqsad:

a) Ta’limiy: Amaliy mashg`ulotlarni bajarish usullari haqida ma’lumot berish.

b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, kompyuter dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.

c) Rivojlantiruvchi: Amaliy mashg`ulotlar bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.

Tayanch kompetensiya: TK5: Milliy va umummadaniy kompetensiya – Vatanni sevish, sadoqatli bo`lish, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e`tiqodli bo`lish; TK6: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formuladan foydalana olish.

Fanga oid kompetensiya: FK1: Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig`ish kompetensiyasi – axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi; FK2: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi – sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi.

III. Dars turi: Yangi bilim beruvchi

IV. Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan an’anaviy dars.

V. Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularni qurilmalari, videoproyektor, darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.

VI. Darsning rejasi: 1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.

3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).

4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).

5. O’quvchilarni baholash (3 minut)

6. Uyga vazifa berish (2 minut).

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.

1. Visible xossasi qanday vazifa bajaradi?

2. Enabled xossasi qaysi obyektlarda uchraydi?
3. Yangi mavzu bayoni:

1. Delphida yangi ilova yarating va uni 04_01 papkaga saqlab qo'ying.

1.1. Ilova oynasiga uchta Label va uchta Button obyektini joylang.

1.2. Ulardan birinchilarining Enabled (faol) va Visible (ko'rinadigan) xossalarini o'zgartirmang. Ikkinchilarida Enabled (faol) xossalarini, uchinchilarida esa Visible (ko'rinadigan) xossalarini False (yolg‘on) qilib o'rnating.

1.3. Ilovani ishga tushirib, undagi o‘zgarishlarni kuzating.

1.4. Ilovani saqlang va uni yoping.

2. Yangi ilova yarating va uni 04_02 papkaga saqlang.

2.1. Unga to‘rtta Button obyektini ikki ustun qilib joylang.

2.2. Ulardan birinchisi ikkinchi ustundagilarining, ikkinchisi esa birinchi ustundagilarining faolligini, uchinchi va to‘rtinchilari esa ko‘rinmasligini har safar teskarisiga o'zgarsin.

2.3. Birinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasiga:

Button2.Enabled:=not Button2.Enabled;

Button4.Enabled:=not Button4.Enabled;

ikkinchi tugma protsedurasiga

Buttonl.Enabled:=not Buttonl.Enabled;

Button3.Enabled:=not Button3.Enabled;

uchinchi tugma protsedurasiga

Button2.Visible:=not Button2.Visible;

Button4.Visible:=not Button4.Visible;

to‘rtinchi tugma protsedurasiga

Button2.Visible:=not Button2.Visible;

Button4.Visible:=not Button4.Visible; operatorlami kiriting.

2.4. Ilovani ishga tushirib, to‘g‘ri ishlashini tekshiring.

2.5. Ilovani saqlab, uni yoping.

3. Oldingi darsdagi mashqlami kompyuterda bajaring.
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:

1. Visible xossasidan qanday maqsadlarda foydalanamiz?

2. Enabled xossasidan qanday maqsadlarda foydalanamiz?

5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.

6. Uyga topshiriq: 101-bet 2-3-mashqlarni bajarish.
Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin