Yuqoridagi to‘rtta obyektni ilova oynasiga joylaymiz va ularning xossalarini o‘rnatamiz:
Buttonl. Caption:='++';
Button2. Caption:='--';
Label l. Caption :='Oynaning bo`'yi: ';
Label 2. Caption :='Oynaning eni: ';
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:
1. Label boshqarish obyektining xossalari ilovada qanday o‘zgartiriladi?
2. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgartiringki, uning oynasi bo‘yi va eni mos ravishda 5 va 8 qadam bilan o‘zgarsin.
3. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgartiringki, uning oynasi enining qiymati 500 dan 800 gacha bo‘lsin.
4. To‘rtinchi ilova tugmalardagi yozuvlami a→A va A→a ga o‘zgartiring.
5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.
6. Uyga topshiriq: 97-bet 1-2-mashqlarni bajarish.
10-Sinf. 44-dars.
Sana: _______________
I. Mavzu: Amaliy mashg`ulot
II. Maqsad:
a) Ta’limiy: Amaliy mashg`ulotlarni bajarish usullari haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, kompyuter dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi: Amaliy mashg`ulotlar bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
Tayanch kompetensiya: TK5:Milliy va umummadaniy kompetensiya – Vatanni sevish, sadoqatli bo`lish, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e`tiqodli bo`lish; TK6: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formuladan foydalana olish.