10-Sinf. 36-dars. Sana: I. Mavzu: Delphi dasturlash muhiti



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə12/29
tarix02.01.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#41138
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Dars ishlanma

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.

1. Delphi dasturini ishga tushiring.

2. Delphi dasturida mashqlar bajaring.

3. Yangi mavzu bayoni:

1. Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash. Oldingi darsdagi birinchi ilovamiz hech qanday vazifani bajarmaydi. Endi bu kamchilikni bartaraf qilamiz. Yangi ilova yaratamiz va uning o‘lchamlarini 225 ga 400 qilib o‘matamiz. Sarlavhasini esa ikkinchi dastur deb o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga boshqarish obyekti: boshqarish tugmasini o'matamiz.



Uskunalar panelining standart jildida joylashgan boshqarish tugmasini sichqoncha bilan tanlaymiz, keyin sichqonchani ilova oynasi Form1 ning boshqarish tugmasi turishi kerak bo‘lgan joyiga olib kelib yana bir marta bosamiz. Agar uning joyini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, uni sichqoncha bilan surib boshqa joyga o‘tkazamiz.

2. Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining xossalari bo‘lgani kabi unga joylangan boshqarish tugmasining ham o‘z xossalari bor. Ularni ham o'zgartirish mumkin. Bu ikki obyektning ko‘pgina xossalari bir xil vazifani bajarishi bu ishni ancha osonlashtiradi.

Dastlab boshqarish tugmasi: Button1ni uning ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib tanlab olamiz. Obyektlar dispetcheri (Object TreeView) da Button1 ajralib turadi va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida Button1 obyektining xossalari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda dastlab Caption xossasida tugmaning sarlavhasini ’++’ ga o‘zgartiramiz. Bu oldingi darsda qabul qilingan kelishuvga ko‘ra quyidagicha yoziladi: Buttonl.Caption:='++'.

Tugma sarlavhasi ancha kichik bo‘lgani uchun uni kattalashtiramiz. Buning uchun Font xossasidan foydalanamiz. Uni tanlaganimizda ekranda Шрифт muloqat oynasi paydo bo‘ladi. Uning Размер maydonchasi ostidagi ro‘yxatdan 14 ni tanlab, OK tugmasini bosamiz:

3. Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog‘lash. Buttonl tugmasi ilovada biron bir vazifani bajarishi kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga kattalashtirsin.

Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan boshlanadi. Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. Uning kursor turgan joyiga

Forml.Width:=Forml.Width+16;


Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin