2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.
1. Delphi ilovasi oynasining asosiy xossalarini sanab bering.
2. Delphi ilovasini qanday usullar bilan ishga tushirish mumkin?
3. Delphi ilovasi sarlavhasiga o‘z ismingizni kiriting.
4. Delphi da o‘lchamlari 600 ga 800 bo‘lgan ilova oynasini yarating.
3. Yangi mavzu bayoni:
1. Delphini ishga tushiring.
1.1. Yangi ilova yaratib, uning oynasi
sarlavhasini Caption xossasi yordamida 01_02 ga
o‘zgartiring. Ilovani asosiy menyuning File (Fayl)
bo‘limidagi Save (saqlash) bandini tanlab saqlang.
Ilova birinchi marta saqlanayotgani uchun ekranda
saqlash muloqot darchasi paydo bo‘ladi.
1.1.1. Muloqot darchasida joriy papka
sifatida avvalgi ilovaning 01_01 papkasi
ko‘rsatilgan. Rasmda ko‘rsatilgan 1 tugmani bosib,
undan chiqib ketamiz.
1.1.2. Ilova uchun yangi papka yaratish uchun rasmdagi 2 tugmani bosamiz.
1.1.3. Joriy papkada yangi Новая папка deb nomlangan papka paydo bo‘lib, u ajralib turadi. Unga 01_02 deb nom berib, rasmdagi Сохранить (saqlash) tugmasi o‘mida paydo bo‘lgan Открыть (ochish) tugmasini bosamiz.
1.1.4. Yangi papkada taklif qilingan nom bilan ilovani saqlash uchun Сохранить (saqlash) tugmasini bosamiz.
1.2. Ilovani ishga tushirib ishlashini tekshirib ko‘ramiz va ilova oynasini yopamiz.
1.3. Asosiy menyuning fayl bo‘limidagi Close all (barchasini yop) bandini tanlab, ilovani yopamiz.
2. Oldingi darsda berilgan mashqlami kompyuterda bajaring.
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:
1. Delphi dasturini ishga tushiring.
2. Delphi dasturida mashqlar bajaring.
5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.
6. Uyga topshiriq: 90-bet 2-mashqni bajarish.
10-Sinf. 39-dars.
Sana: _______________
I. Mavzu: Boshqarish tugmasi
II. Maqsad:
a) Ta’limiy: Boshqarish tugmasi haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, kompyuter dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni Boshqarish tugmasi bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
Tayanch kompetensiya: TK2: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi – mediamanbalardan zarur ma`lumotlarni izlab topa olish saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta`minlash, mediamadaniyatga ega bo`lish; TK3: O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi – o`z hatti-harakatini baholay olish; TK4: Ijtimoiy faol fuqorolik kompetensiyasi – jamiyatda bo`layotgan voqea-hodisani tushunish va jarayonlarga daxldorlikni his etish;.
Dostları ilə paylaş: |