10-Sinf. 36-dars. Sana: I. Mavzu: Delphi dasturlash muhiti



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə7/29
tarix02.01.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#41138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Dars ishlanma

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi. 1. Delphi ning komponentalar panelida nimalar joylashgan?

2. Delphi ning ilova oynasi qanday vazifa bajaradi?

3. Delphi ilovalari Pascaldagi dasturlardan nimasi bilan farq qiladi?

3. Yangi mavzu bayoni:

1. Delphini ishga tushirish va unda ilova yaratish. Delphini ishga tushirish uchun Windows ish stolida Пуск (Boshlash) tugmasiga sichqoncha kursorini keltirib bosamiz. Hosil bo`gan menyudan Bce программы (Barcha dasturlar) bandini tanlaymiz. Paydo bo‘lgan menyudan Borland Delphi 7 bandini faollashtiriladi. Natijada ro‘yxatda Delphiga oid yangi bandlar hosil bo'ladi. Ulardan Delphi 7 ni tanlaymiz. Ekranda oldingi darsda tasvirlangan Delphi dasturlash muhitining oynalari paydo bo‘ladi va yangi ilova yaratiladi. Agar menyuning Delphi 7 bandida sichqonchaning chap tugmasining o‘rniga o‘ng tugmasini bosib, mavzubop menyuni chaqirib, undan Закрепить в меню Пуск (Boshla menyusiga joylash) yoki Закрепить на панели задач (Masalalar paneliga joylash) bandlarini tanlasak, Delphi 7 ning yorlig‘i paydo boiadi va uni ishga tushirish osonlashadi. Agar menyuning Delphi 7 bandini sichqoncha bilan surib, ish stolining bo‘sh joyiga olib borib, sichqoncha tugmasini qo‘yib yuborsak, yorliq ish stolida paydo bo‘ladi.

2. Delphida ilovani saqlash va yuklab olish. Delphida ilovani saqlashning bir necha usuli bor. Bu buyruqlaming barchasi asosiy menyuning File (fayl) bo‘limida joylashgan. Ular: 1. Save 2. Save as 3. Save Project as 4. Save all

3. Ilova oynasi va uning xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining asosiy xossalari bu uning o‘lchamlari va kompyuter ekranidagi o‘rnidir. Xossalami Delphining ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida uning o‘ng quyi burchagini surib o‘zgartirish mumkin. Lekin buning boshqa yo‘li ham bor. Sichqonchani ilova oynasi (Form 1) ustiga keltirib uning chap tugmasini bosamiz va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida kerakli xossalaming qiymatini o‘zgartiramiz. Bu oynada 50 dan ortiq xossalar alifbo tartibida keltirilgan. Kerakli xossa bu oynada ko‘rinmasa, o‘ng tomondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib, uni ekranga chiqarish mumkin.



  1. Darsni mustahkamlash va yakunlash:

1. Delphi ilovasi oynasining asosiy xossalarini sanab bering.

2. Delphi ilovasini qanday usullar bilan ishga tushirish mumkin?

3. Delphi ilovasi sarlavhasiga o‘z ismingizni kiriting.

4. Delphi da o‘lchamlari 600 ga 800 bo‘lgan ilova oynasini yarating.

5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.

6. Uyga topshiriq: 89-bet 1-2-mashqlarni bajarish.






Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin