100 Ibroyim Yusuf she’rlarida yurtga muhabbat tarannumi Xajiqurbonova Niginabonu



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#114471
  1   2
ibroyim-yusuf-she-rlarida-yurtga-muhabbat-tarannumi



100 
Ibroyim Yusuf she’rlarida yurtga muhabbat tarannumi 
 
Xajiqurbonova Niginabonu 
Xorazm viloyati 
30- maktab o’quvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek va qoraqalpoq xalqining ardoqli shoiri 
Ibroyim Yusupov ijodi, “Cho’l to’rg’ayi” to’plamidan o’rin olgan she’rlar tahlili va 
baiiy-ma’naviy qimmati ochib berilgan. Maqolada ijodkorni o’ziga xos uslubi, quyma 
satrlari, ijodiy g’oyasi yoritilgan. 
Tayanch so’zlar: shoir, uslub, peyzaj, badiiyat
Аннотация: В данной статье заслуженный поэт узбекского и каракалпакского 
народов 
Раскрывается творчество Ибраима Юсупова, анализ стихов из сборника «Чоол 
торгаи» и их художественная и духовная ценность. В чем неповторимый стиль 
художника в статье, линии литья, выделяются творческие идеи. 
Ключевые слова: поэт, стиль, пейзаж, художественность. 
Abstract: In this article, the honored poet of the Uzbek and Karakalpak peoples 
The work of Ibrayim Yusupov, the analysis of the poems from the collection "Cho'ol 
torgayi" and their artistic and spiritual value are revealed. What is the unique style of the 
artist in the article, casting lines, creative ideas are highlighted. 
Key words: poet, style, landscape, artistry 
 


101 
Ikki xalqning yuragidan joy olgan, o’zbek-u qoraqalpoqni bir yong’oqning ikki 
mag’zidek yaxlit bilgan shoir Ibroyim Yusupov chin ma’noda yurt muhabbati bilan ijod 
qilgan shoirdir. Uning “Cho’l to’rg’ayi” to’plamini varaqlar ekanman, Bunga yana bir 
bora amin bo’laman.
Shoir “Vatan “she’rida uning bolaligidagi Vatan haqidagi tasavvurlaridan tortib 
vatanning neligini anglatgan barcha suvratlarni, hayot lavhalarini bir - bir eslaydi: 
Sen avval chayqalgansan tollar shohida, 
Men o’rmalab chiqib uning bolin so’rganman. 
Tol po’stidan sunray yasab chalgan chog’imda 
Sodda sasda yuragimni ochib bergansan. 
Ya’ni shoir vatan suvratini avval tollar shohida ko’rdim, bu tollardan bolini so’rganman, 
deydi, so’ngra tol po’stida surnay yasab chaldim, undan chiqqan sado shunday edi : 
Sening bitta butog’ingman, yasholmam sensiz” sekin shoir xayollariga ergashib 
qurquloq degan qushni va uning iniga hayrat bilan boqqan onasini eslaydi. Va 
anglaydiki, u onasining nigohida Vatanni ko’rgan ekan. Lirik qahramon, o’z vatani 
haqida o’ylaganida, yog’ichqazorlardagi mitti sariq gullarni, qo’zichoqday o’ynab 
yurgan adirlarni eslaydi. Gohida uning xayolida vatani qadrdon maktabi bo’lib 
ko’rinadi.ehhe shoir vatanni ko’p narsalarda ko’radi, bodroq bodroq paxtalarda, qo’shni 
qizning kudirguchida, podachi chol nigohida ko’radi. Shoirning o’zi ham “ men qanday 
suvratda ko’rmadi seni ?” deya hayratlanadi: 
Men qanday suvratlarda ko’rmadim seni? 
Turnlarday kuzda uchdik ko’kda tizilib 
Goh qirg’ovul bo’lib qancha chaqirding meni 
Goh chaqirding yaylovlarda yilqichi bo’lib. 
Va u vatanni qanday qiyofada ko’rsa-da, uning ulug’ligini unutmaydi, uni boricha 
hamma -hamma xotiralari bilan sevadi.bu she’r vatanning turli qirralarini ko’rish va uni 
boricha butunicha sevish haqidadir. 
Ibroyim Yusuf she’rlarida oddiy detaldan ham ulkan falsafa kash etilganini ko’rasiz. 
Uning “Cho’girma” she’ri ana shunday mahorat natijasi. Yangicha turmushni 
kechirayotgan inson sifatida milliy libos, qadimiy bosh kiyim cho’girma haqida she’r 
bitar ekan, I .Yusupov, bu cho’girmaning qancha dovonlardan oshganini, ushbu milliy 
kiyimning tarixini eslab o’tadi.quarsh qalpoq kabi nomlar bilan atalganini ta’kidlaydi: 


102 
Avval paydo bo’lding kimning boshida, 
Orol bo’yio yo dnepr qoshida? 
O’n asrli rus solnomasida 
Quvondim nomingni o’qib cho’girma. 
Ko’rinadiki, avval orol bo’yi yoki Dnepr yaqinida yashagan xalqlar kiyganligini, hatto 
rus solnomasida uning nomini o’qigach xursand bo’lganini aytadi.Shoir cho’girmaga 
qarata bobolarim boshida olamni ko’rgansan, u bilan olam kezgansan deydi. Janglarda 
Ernazar kabi bobolar jangda halok bo’lganda sen qonga botgan eding, deydi. 
Cho’girmaga ta’rif berish bahonasida shoir qoraqalpoq xalqini ne ne suronli zamonlarni 
ko’rganini boshiga ko’p ga’vg’olar tushganini eslaydi. Uni boshdagi ko’rinishini tomga 
qo’nib turgan kurka tovuqqa o’xshatadi. She’rning so’nggi bandalarida shoir sal 
zamonasozlik qilgan o’rinlari ham bor.Lekin ushbu she’r bir bosh kiyimi emas butun bir 
xalq hayoti va uning madaniyati haqidadir.
Ibroyim Yusupov ijodida “Qadrdon so’qmoqlar” she’ri alohida diqqatga sazovor. Bu 
she’r badiiy barkamolligi bilan she’riyat muxlislari qalbidan joy olgan. Har kimning 
tug’ilgan yeri Misr shahri degan epigraf keltirilgan ushbu she’r shoirning garchi kichik 
qishloq bo’lsa-da uning uchun Misrday buyuk bo’lgan ovuli haqida. Bolaligi o’tgan 
ko’chlar qadrdon so’qmoqlar haqida. Lirik qahramon bolaligi o’tgan qishloqqa 
qaytayotib, sog’ingan kunlarini, qadrli odamlarni eslaydi. She’rning ilk satrlarida qizil 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin