O’qituvchi: Sanoqda 9 sonidan keyin keladigan sonni qanday hosil qilish mumkin?
O’quvchi: 9 ga 1 ni qo‟shish kerak.
O’qituvchi: 9 ta cho‟pga 1 ta cho‟pni qo‟shib qo‟ying, cho‟plar nechta bo‟ldi?
O’quvchi: 10 ta cho‟p yoki bitta o‟ntalik hosil bo‟ldi.
O’qituvchi:Sanoqda 10 sonidan keyin keladigan sonni qanday hosil qilish mumkin?
O’quvchi: 10 ga 1 ni qo‟shish kerak.
O’qituvchi: bitta o‟ntalikni bog‟lab, yana bitta cho‟pni qo‟ying. CHo‟plar hammasi bo‟lib nechta bo‟ldi?
O’quvchi: 11 ta cho‟p.
O’qituvchi: Sizda hammasi bo‟lib nechta o‟ntalik va nechta alohida cho‟p bo‟ldi?
O’quvchi: 1 ta o‟ntalik va yana 1 ta cho‟p.
O’qituvchi: Demak, 11 sonida nechta o‟ntalik va nechta bir bor ekan?
O’quvchi: 11 sonida 1 ta o‟nlik va 1 ta bir.
9 +1=10 10+1=11 11=1 o‟n 1 bir bor.
10=1 o‟n 1 o‟n +1=11 1 o‟n 1 bir =11.
Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shuncha o‟xshash olib boriladi, ya‟ni ikkinchi o‟nlikdagi boshqa sonlarning hosil bo‟lishi va shu bilan birga sanoqda ularning kelish tartibi qaraladi. Ko‟rsatmali qo‟llanma sifatida cho‟plardan tashqari har birida 10 tadan doirachalar bo‟lgan poloskalardan foydalaniladi. SHu ko‟rsatma qo‟llanmalarga tayanilgan holda va ularga tayanmagan holda sonlarning o‟nli tarkibi haqida olingan bilimni mustahkamlashga oid mashqlar kiritiladi:
15 ta cho‟p sanab qo‟ying, bu nechta o‟ntalik va nechta alohida cho‟p