100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish” mavzusida tayyorlagan kurs ishi jizzax-2023 mundarija kirish



Yüklə 209,14 Kb.
səhifə9/15
tarix11.10.2023
ölçüsü209,14 Kb.
#153773
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
100 ICHIDA SONLARNI RAQAMLASHNI O‘RGANISH”

Uddalay olishi kerak:
– 1 000 000 ichida sonlarni o‘qish va yozishni; – sonlarni yozma qo‘shish, uch xonali va to‘rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish, qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish orasidagi aloqalarni tushunish asosida hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirishni;
– ko‘pxonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish hamda hisoblash natijalarining to‘g‘riligini tekshirish;
– ko‘pxonali sonlarni bir xonali va ikki xonali sonlarga yozma ko‘paytirish va bo‘lish hamda hisoblash natijalarining to‘g‘riligini tekshirishni;
– 2–3 amalli sonli (shu jumladan, qavsli) ifodaning qiymatini topish;
– «... ta ortiq», «... ta kam», «... marta ortiq», «... marta kam», «hammasi», «qoldi», «teng» munosabatlarining ma’nosini tushunish va ularni arifmetik amallar bilan to‘g‘ri bog‘lay olish, shu tushunchalarga tayangan holda masalalarni yecha olishni;
– kattaliklar (mahsulot narxi, miqdori va qiymati, to‘g‘ri chiziqli harakatda yo‘l, tezlik va vaqt) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab amaliy mazmundagi masalalarni yechishni.
Bilishi kerak:
– atrof-muhitdagi geometrik shakllarni tanish va topa olishni;
– uzunlik o‘lchov birliklari (mm, sm, dm, m, km)ni, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, zarur hollarda ulardan qaysi birini qo‘llash maqsadga muvofiqligini tushunish, yuz o‘lchov birliklari (kv. sm, kv. dm, kv. m) ni.
Uddalay olishi kerak:
– kesma uzunligini o‘lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko‘z bilan chamalab o‘lchashni;
– chizg‘ich, go‘niya, sirkuldan foydalanib, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasashni;
– ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini va kvadrat birliklaridan tuzilgan shakllarning yuzini hisoblashni;
– masalalar yechishda o‘rnatilgan geometrik jismlarning hajmlarini hisoblashni;
– bir xil maxrajli oddiy kasrlarni qo‘shish va ayira olish hamda bu malakalarni masalalar yechishda qo‘llay olishni.
Kundalik hayoti va amaliy faoliyatida egallagan bilim va malakalarini quyidagi hollarda qo‘llay olishni
Bilishi kerak:
– atrof-muhitda mo‘ljal ola bilish (marshrutni rejalashtirish, harakat yo‘lini tanlay olish va h.k.)ni;
– taqqoslash va turli alomatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imiga ko‘ra tartibga sola olishni;
– soatga qarab vaqtni aniqlash (soat va minutlarda)ni;
– maishiy-hayotiy vaziyatlar (savdo-sotiq, o‘lchash, tortish va h.k.) bilan bog‘liq hisoblashlarga oid masalalarni yechish;
– o‘lchamlarni ko‘zda «chamalab» baholash;
– mustaqil konstruktorlik faoliyati (turli-tuman geometrik shakllarni qo‘llanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda).



Yüklə 209,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin