AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 1-BOSQICH TALABASI BERDIQULOV ABBOSNING FALSAFA FANIDAN BAJARGAN
Mustaqil ishi
Mavzu: Jamiyat falsafasi
Bajardi: Berdiqulov A
Tekshirdi: Mamatqulova D
Qarshi—2023
Jamiyat falsafasi.
Reja:
1. ,,Jamiyat" tushunchasi. Jamiyatni diniy-naturalistik va falsafiy tushunish.
2. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti, ularning birligi va o‘zaro bog‘liqligi.
3. Jamiyat hayotining asosiy sohalari va ularni boshqarish.
1.,,Jamiyat" tushunchasi arabcha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nolari o‘zbek tilida: ,,umumiylik", ,,birlik", ,,majmua", jamlangan" deganidir. Bu tushuncha kishilarning umumiy ijtimoiy faoliyatlari va munosabatlarining birligi, ularning muayyan maqsad asosida uyushgan usuli va shaklini ifodalaydi. Bu tushunchaning kundalik ongdagi va ilmiy, falsafiy adabiyotlarda qo‘llaniladigan tor va keng ma’nolari mavjud. “Jamiyat" tushunchasi, tor ma’noda, ma’lum kishilarning biror maqsad yoki faoliyat asosida uyushgan birligini yoki insoniyat hayoti va taraqqiyotining muayyan aniq bosqichini ifodalaydi. Masalan, ,,O‘zbekiston xotin-qizlar jamiyati", ,,feodalizm jamiyati" kabi. ,,Jamiyat" tushunchasi, keng ma’noda, falsafiy jihatdan, insonlarning ongli faoliyati jarayonida o‘zaro ijtimoiy munosabatlar orqali uyushgan birligini, uning o‘ziga xos uyushish usuli va mavjudlik shaklini ifodalaydi. Bu tushuncha ilmiy va falsafiy adabiyotlarda ,,kishilik jamiyati" yoki jamiyat shaklida qo‘llaniladi. U eng umumiy va mavhum tushunchalardan biridir.
Jamiyat haqidagi qarashlar birdaniga paydo bo‘lgan emas. Kishilarda dastlab jamiyat to‘g‘risida xayoliy-mifologik qarashlar, undan keyin asta-sekin diniy qarashlar paydo bo‘lgan. Diniy qarashlarga ko‘ra, jamiyat Xudo tomonidan yaratilgan bo‘lib, u Xudoning insonlarga bergan in’omidir. Bu ta’limotga ko‘ra, jamiyatning mohiyatini, uning mavjudligi va taraqqiyotini ilohiy kuch tanho Xudoning o‘zi belgilaydi, jamiyatdagi har qanday hodisa va voqea Xudoning irodasi bilan sodir bo‘ladi.
Jamiyatning rivojlanib borishi, ilm-fanning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan jamiyat haqidagi qarashlar ham o‘zgarib va rivojlanib borgan. Kishilikning buyuk aql egalari, boshqa sohalarda bo‘lganidek, jamiyat haqida uning mohiyati, paydo bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarnini bilishga, shu asosda o‘z istiqbotlarnini belgilashga harakat qilishib, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirib borganlar.
Umuman, eng qadimgi davrlardan boshlab, jamiyat haqida mifologik, diniy, tabiiy-ilmiy va nihoyat, falsafiy qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Buni biz bizgacha yetib kelgan qadimiy yozma yodgorliklardan, xususan, muqaddas diniy kitoblardan bilib olamiz. Chunonchi, O‘rta Osiyo xalqlari muqaddas kitobi ,,Avesto" da jamiyat, uning mohiyati, mazmuni, jamiyat hodisalari haqida qimmatli qarashlar bayon qilingan. Bulardan tashqari, qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunoniston tarixiga oid manbalarda ham adolatli jamiyatni qurish, boshqarish jamiyatning mohiyati va rivojlanishi haqida qarashlar o‘z ifodasini topgan. Xususan, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastular takomil topgan, mo‘tadil jamiyatni barpo qilish g‘oyalarnini ilgari surishgan. Bu mutafak-kirlarning jamiyat haqidagi qarashlarnini o‘rta asrlarda yashagan buyuk vatandoshlarimiz Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar yanada rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy o‘zining ,,Fozil odamlar shahri" asarida kishilar o‘zlarining insoniyliklari asosida birikib, jamiyatni tashkil qilishi va shu insoniyliklaridan kelib chiqib, tinch-totuv yashashlari lozimligini ko‘rsatgan edi.
Beruniy jamiyat kishilar tomonidan o‘z ehtiyojlarnini tushunib, o‘zlariga o‘xshash kishilar bilan o‘zaro ,shartnoma " asosida birga yashashdan iboratligini, ular birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligini aytgan.
Ibn Sino jamiyat — kishilarning o‘zaro kelishuvlari, bir-birlariga yordamlashish asosida tashkil topishi, uning a’zolari esa adolatli qonunlar asosida yashashlari lozimligini yozgan edi.
Jamiyatning rivojlanib borishi davomida jamiyat haqida turli xil qarashlar, ilmiy bilimlar ham rivojlanib, boyib bordi. Natijada, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, jamiyat nihoyatda murakkab va ziddiyatli ijtimoiy organizm bo‘lib, uning mohiyatini tarixiy hodisalar va jarayonlar tashkil qiladi. Jamiyat tabiatning ajralmas bir qismi, jamiyat tabiat taraqqiyoti asosida kelib chiqqan, u tabiat taraqqiyotining oliy mahsuli, shu tufayli jamiyatda ham tabiat qonunlari amal qiladi, degan qarash qaror topdi. Bu qarashni Yevropada XVIII asr fransuz mutafakkirlari ilgari surishdi. Ular o‘z asarlarida tabiat qonunlari bilan ijtimoiy, ya’ni jamiyat qonunlarnini aynanlashtirib, ular o‘rtasidagi muhim farqni tushunib yetmadilar. Jamiyatni bunday tushunish o‘z mohiyati bilan uni naturalistik izohlash edi.
Nihoyat, jamiyatni bir butun holda olib o‘rganish, uning mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turli xil falsafiy nazariyalar vujudga kela boshlaydi. Bu nazariyalarning biri nemis mumtoz falsafasining buyuk vakili F.V. Xegel nazariyasidir. Xegel jamiyat mohiyatini va uning taraqqiy etishini o‘zining,,mutlaq g‘oya" si bilan bog‘lab, ,,Mutlaq g‘oya" o‘z-o‘zidan rivojlanib, avval u tabiatga aylanadi, so‘ng tabiat qiyofasida rivojlanib borib, jamiyat paydo bo‘ladi. Jamiyatda,,mutlaq g‘oya", “mutlaq ruh "qiyofasini oladi. ,,Mutlaq ruh" jamiyatni harakatga keltiruvchi va uni boshqaruvchi kuchdir, deydi. Xegelning fikricha, mutlaq g‘oya" insondan oldin mavjud bo‘lib, jamiyatdagi barcha hodisa va voqealar, jarayonlar shu ,,mutlaq g‘oya" ning begonalashuvidan boshqa narsa emasdir.
Nemis mumtoz falsafasining so‘nggi vakili L. Feyyerbax esa jamiyat mohiyatini din bilan bog‘lab, jamiyatning taraqqiyotini dinning taraqqiyotidan keltirib chiqarib izohladi. Uning qarashicha, jamiyatni rivojlantirish uchun dinni takomillashtirish, yangi din yaratish lozimdir.
XIX asrning o‘rtalariga kelganda, jamiyat to‘g‘risidagi barcha mavjud nazariyalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida K. Marks va F. Engelslar o‘zlarining jamiyatni dialektik-materialistik tushunish haqidagi nazariya — tarixiy materializmni yaratdilar.
Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi ijtimoiy tartibot, jonli organizm bo‘lib, uni kishilarning ijtimoiy-tarixiy faoliyatlari yaratadi. Shu bilan birga kishilarning o‘zlari ham jamiyatning mahsullaridir. Kishilar bir-birlari bilan o‘zaro muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy, madaniy va ma’naviy munosabatlarda bo‘lishib, moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqaradilar. Ular o‘zlarining bu ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatlari tufayli biologik tur — odamlar (to‘dasi)dan insonlarga aylangan va kishilik jamiyati kelib chiqqan.
Jamiyat to‘g‘risidagi bu nazariyaga ko‘ra, jamiyat har doim ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya shaklida mavjud bo‘ladi. „Moddiy .ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining asosidir", „ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘zaro muayyan ijtimoiy aloqa va munosabatlarda bo‘ladilar"..., ,,ishlab chiqarish munosabatlarining jami ijtimoiy munosabatlardir", ,,ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, uning aksicha bo‘lmaydi...", „ijtimoiy borliq — birlamchi, ijtimoiy ong ikkilamchi hosiladir...", ,,ishlab chiqaruvchi kuchlar ishlab chiqarish munosabatlarnini belgilaydi". ,,Iqtisodiy bazis siyosiy ustqurmani belgilaydi...".
Bu fikrlar K. Marks va F. Engelsning jamiyat mohiyatini dialektik-materialistik ta’limot asosida tushunishlari edi. Ular o‘z nazariyalari bilan falsafa oldiga jamiyatni bilish, izohlash va tushuntirishni emas, balki uni o‘zgartirish vazifasini qo‘yishadi. Shu sababli ular o‘z nazariyalarida,,antagonistik formatsiyalar rivojlanishining manbayi — sinfiy kurashdir"..., ,,sinfiy kurash sotsialistik revolyutsiyaga olib boradi".., ,,sotsialistik revolyutsiya sinfiy kurashning oliy shaklidir"... degan fikrni ilgari suradilar va shular asosida jamiyatni o‘zgartirish yo‘llari va usullari to‘g‘risidagi siyosiy maqsadlar uchun xizmat qiluvchi qarashlarni ham o‘rtaga tashlaydilar.
K. Marks va F. Engels o‘z nazariyalarining proletarlar sinfi uchun xizmat qilishini aytib, ,,bu nazariya proletariatda o‘zining moddiy qurolini topdi, proletariat esa bu nazariyada o‘zining ma’naviy qurolini topdi", deyishdi. Ularning bu nazariyasi o‘z davrida va ayniqsa, XX asrning boshlarida ayrim kishilar tomonidan qo‘llab - quvvatlanib, uni jamiyatni tushunishda va o‘zgartirishda ,,birdan-bir revolyutsion ta’limot" deb baholanib, ijtimoiy hayotga tatbiq etishga kirishadilar. Bu ta’limot bilan qurollangan rus bolsheviklari vaziyatdan foydalangan holda, oktabr to‘ntarishidan keyin Rossiya va uning mustamlakalarida hokimiyatni o‘z qo‘liga olib, 70 -yildan ortiqroq muddatda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar.
Ochig‘ini aytganda, ,,revolyutsion ta’limot" deb e’tirof etilgan jamiyat to‘g‘risidagi bu nazariya, mohiyat e’tibori bilan moddiyo‘ncha, bir tomonlama ta’limot edi. Uning jamiyatni inqilobiy asosda zo‘rlik bilan tubdan o‘zgartirish haqidagi qarashlari insoniyat boshiga juda katta fojealarni soldi. Xususan, sobiq Sovet jamiyati tajribasida bu nazariyaning ko‘pchilik jihatlari tasdiqlanmadi. Ayniqsa, XX asrning so‘ngida bu nazariya jamiyat taraqqiyotining yangi talablariga javob bera olmay qoldi. Natijada, 90- yillarga kelib sotsialistik lager parchalanib, Sovet Ittifoqi yemirildi. Uning o‘rnida esa, mustaqil davlatlar paydo bo‘lib, jamiyat to‘g‘risidagi o‘zini oqlamagan bir tomonlama va cheklangan bu nazariya ham uloqtirib tashlandi. Oqibatda, mustaqillik talablariga mos yangicha falsafiy qarashlarni ishlab chiqish va jamiyat rivojining yangi istiqbollarnini belgilab berish zaruriyati tug‘ildi. Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ,,O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li" va uning besh tamoyili ayni shu zaruriyatni anglab unga berilgan javob bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishida bu besh tamoyil jamiyatimiz rivojlanishining yangi istiqbollarnini belgilovchi asosiy omillar sifatida xizmat qilmoqda.
Jamiyatni falsafiy jihatdan tahlil qilish uchun, avvalo, uning moddiy va ma’naviy hayoti nima ekanligini bilish zarur. Binobarin, bir butun jamiyat hayoti moddiy va ma’naviy jarayonlarning birligidan tashkil topgan bo‘ladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi.
Xo‘sh, jamiyatning moddiy hayoti nima?
Jamiyatning moddiy hayoti deyilganda: kishilarning yashash-lari, shaxs sifatida kamol topishlari va inson sifatida faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari, moddiy ne’matlar, moddiy shart-sharoitlarning jami tushuniladi. Jamiyatning moddiy hayoti iqtisodiy ishlab chiqarish asosida yuzaga keladi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida, ularning mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishlab chiqarish vositalari bilan obektiv ravishda ro‘y beradigan munosabatlari ham jamiyatning moddiy hayotiga kiradi.
Moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayotining muhim va hal qiluvchi shartidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarilmasa jamiyat hayoti izdan chiqadi, yashashi mumkin bo‘lmay qoladi. Jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti birligi falsafada ,,ijtimoiy borliq" deb ataladi. Jamiyatning moddiy hayotini ham ifodalovchi ijtimoiy borliq, bir butun borliqning o‘ziga xos shakli, turidir. Shu jihatdan ijtimoiy borliqda amal qiladigan qonunlar obektiv xarakterga ega bo‘lib, kishilarning ongi va irodasidan tashqarida, ularga tobe bo‘lmagan holda amal qiladi.
Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyatning moddiy hayoti uning ma’naviy hayotisiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun biz jamiyatning ma’naviy hayoti nima ekanligini ham bilishimiz zarur.
Xo‘sh, jamiyatning ma ’naviy hayoti nima?
Jamiyatning ma’naviy hayoti deyilganda, odatda, jamiyatni tashkil etuvchi kishilarning ongi, tafakkuri, dunyoqarashlari, xotirasi, aqli va farosatlari, ma’naviy-ruhiy dunyolaridan tortib ilm-fan, ta’lim-tarbiya, san’at va adabiyot, axloq, din, siyosat va huquq, ilmiy va diniy tashkilotlar, muassasalar, maktablar, listeylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, akademiyalar, muzeylar, teatrlar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va tahririyatlarda xizmat qiladigan hodimlarning aqliy-ijodiy intellektual boyliklarining jami tushuniladi. Jamiyatning ma’naviy hayoti, bir jihatdan, jamiyat moddiy hayotining in’ikosi bo‘lsa, boshqa jihatdan, u o‘ziga xos qonuniyatlarga, xususiyatlarga, mohiyatga ega bo‘lgan nisbiy mustaqil hodisadir. Jamiyatning ma’naviy hayoti moddiy hayotsiz, moddiy hayoti esa ma’naviy hayotsiz mavjud bo‘la olmaydi. Ma’naviy hayotning ravnaq topishi yoki inqirozga yuz tutishi moddiy hayotning ravnaq topishi yoki inqirozga yuz tutishiga olib keladi va aksincha.
Jamiyatning ma’naviy hayoti ma’naviy ishlab chiqarish orqali yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, u ma’naviy ishlab chiqarishning mahsulidir. Ma’naviy ishlab chiqarish orqali jamiyat ma’naviy hayotini tashkil etuvchi ilm-fan, diniy, axloqiy, siyosiy, huquqiy, badiiy-estetik qadriyatlar, ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Keng ma’noda olinganda, jamiyatning ma’naviy hayoti — ma’naviyat va ma’rifatni tashkil qiladi. Jamiyat ma’naviy hayotining ma’lum qismi jamiyat moddiy hayotining in’ikosi sifatida, ularda jamiyat a’zolari: kishilar, etnik va ijtimoiy guruhlar, sinflar va ijtimoiy qatlamlarning tasavvurlari, tushunchalari, qarashlari, g‘oyalari, manfaat va maqsadlari ifodalanadi. Shu jihatdan falsafiy adabiyotlarda jamiyatning ma’naviy hayotini ,,ijtimoiy ong" tushunchasi bilan atash qabul qilingan bo‘lsa ham, aslida, jamiyatning ma’naviy hayoti bilan jamiyatning ijtimoiy ongi bir narsa, ya’ni ekvivalent hodisalar emas. Ular bir nisbatdagina shunday bo‘lishi mumkin. Haqiqatda, jamiyatning real hayotiga oid har qanday ijtimoiy hodisa yoki voqea moddiylik va ma’naviylikning birligidan iborat bo‘ladi, ularda moddiylik va ma’naviylikni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Zero, jamiyatning real ijtimoiy hayotida moddiy hayot ham, ma’naviy hayot ham o‘z o‘rnida belgilovchi va asosiy rol o‘ynaydi.
Bir butun jamiyat hayotining negizi — moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishining birligi asosida, jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti vujudga keladi va rivojlanadi. Bunda ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, mehnatni tashkil etish, ijodiy va oqilona ish yuritish, fan-texnika va texnologiyani amaliyotga joriy etish ma’naviyat va ma’rifatsiz yuzaga kelmaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, jamiyatning moddiy hayoti ma’naviy hayotisiz, ma’naviy hayoti esa, moddiy hayotisiz mavjud bo‘lmaydi, ular jamiyat rivojlanishida bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilishib, nihoyatda murakkab jarayonlarda kechadi.
Shuning uchun jamiyatning moddiy hayotiga ,,asosiy" va ,,belgilovchi" deb qarash bir tomonlama qarash bo‘lib, ma’naviy hayotning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi o‘rni va roli kamsitilishga va ma’lum darajada unga e’tiborsiz munosabatda bo‘lishga olib keldi. Bunga misol qilib sobiq ittifoq davri siyosatini ko‘rsatish mumkin.
Respublikamiz tarixining yaqin kechmishida jamiyat ma’naviy hayoti sohalarida, bu qarashdan kelib chiqqan holda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi: xalqimizning haqiqiy tarixi o‘rganil-madi; din, milliy axloq va ma’naviyat butunlay inkor qilindi; milliy an’ana va qadriyatlar poymol etildi. Shukurlar bo‘lsinki, mustaqillikka erishishimizning birinchi qadamidan boshlab bunday xatoliklarni tuzatishga, ya’ni dinning umuminsoniy qadriyat, ma’naviyat va madaniyatning muhim tarkibiy qismi ekanligi e’tirof etilib, milliy an’ana va qadriyatlarni tiklashga kirishdik. Prezidentimiz I.A. Karimov o‘zlarining birinchi risolalaridayoq jamiyatimizni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy negizlarnini ko‘rsatib berib: Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joy da hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi". ,,Taraqqiyot taqdirini ma’naviy yetuk odamlar hal qiladi", ,agar iqtisodiy o‘sish, taraqqiyot —jamiyatning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat uning ruhi, aqli va jonidir", deb jamiyat ma’naviy hayotini rivojlantirishga alohida ahamiyat berdilar.
2.Yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyat — insonlarning o‘zaro ijtimoiy aloqalari, bog‘lanishlari, munosabatlari natijasida yuz beradigan ijtimoiy faoliyatlari majmuidir. Ijtimoiy faoliyat esa jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti barcha jihatlarining qaror topishi, mavjudligi va rivojlanishining asosidir. Ijtimoiy faoliyat deyilganda, jamiyatni tashkil qiluvchi kishilarning moddiy va ma’naviy ne’matlarni, ularning o‘zlarnini yuzaga keltirish, jamiyat a’zolarnini tarbiyalash, o‘qitish, jismonan va ruhan kamolotga yetkazish, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini takror hosil qilish, takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy xatti-harakatlari tushuniladi. Ijtimoiy faoliyatlarsiz jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti, ulardagi rang-barang tomonlar va jihatlarni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Jamiyatdagi ijtimoiy faoliyatlar tarkibini iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va hokazo yo‘nalishlar tashkil qiladi. Ijtimoiy faoliyatlar jamiyat a’zolarining shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarnini qondirish, ular manfaatlariga xizmat qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Ehtiyojlar va manfaatlar bunda ijtimoiy faoliyatlarni harakatga keltiruvchi kuch, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotining tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Ularda jamiyat a’zolarining qiziqishlari, maqsadlari, rag‘batlari, xohish va irodalari o‘z ifodasini topadi. Bu ehtiyojlar va manfaatlar, o‘z tabiatlariga ko‘ra, moddiy yoki ma’naviy bo‘lib, doimo jamiyat a’zolarining niyatlarida aks etib, ular anglanib olingach, kishilar ijtimoiy faoliyatlarining qonuniyatlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlar jamiyat a’zolarining mehnat jarayonida, ijtimoiy ishlab chiqarishlarga qatnashishlarida, ularning o‘zaro bir-birlari bilan munosabatlarida, jamiyat ishlariga faol aralashuvida paydo bo‘ladi, jamiyatning rivojianib borishi bilan o‘zgarib, rivojianib boradi. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirilib borishi kerak, aks holda, jamiyatda nosog‘lom, ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin. Jamiyat ehtiyojlari va manfaatlari ishlab chiqarish oldiga doimo muayyan vazifalarni qo‘yadi, ularni amalga oshirish uchun ma’lum shart-sharoit tug‘dirib beradi. Ijtimoiy ehtiyojlarsiz va manfaatlarsiz jamiyat ishlab chiqarishi amalga oshmaydi.
Jamiyatda kishilar o‘z ehtiyojlari va manfaatlari uchun mehnat qilishlari, mehnat qurollarnini yasashlari, moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishlari kerak. Ayni shu jarayonda o‘z qobiliyatlarnini ishga solish, ehtiyojlarnini qondirish va manfaatlarnini himoya qilish asosida insonning mohiyati ijtimoiy mazmun kasb etadi. Ularning bu jarayonda yuzaga keladigan mehnat malakalari, bilimlari, fikrlari, qarashlari, iroda va ruhiy holatlari jamiyatda yuz beradigan ijtimoiy munosabatlar natijasida paydo bo‘ladi. Xuddi shu ijtimoiy munosabatlar bizga jamiyatning mohiyatini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Bu ijtimoiy munosabatlar jamiyat a’zolarining o‘zaro bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlardan boshqa narsa emas. Jamiyat esa, aslida, jamiyat a’zolarining o‘zaro ijtimoiy ongli munosabatlarda bo‘lishidir.
Jamiyat ijtimoiy munosabatlardan tashqari boimaganidek, ijtimoiy munosabatlar ham jamiyatdan tashqarida bo‘lishi mumkin emas. Ijtimoiy munosabatlardan tashqari, alohida olingan jamiyat o‘zining mohiyatini yo‘qotadi, bunday jamiyat hech bir realligi bo‘lmagan, quruq abstraksiyadan iborat oddiy so‘z bo‘lib qoladi. Binobarin, jamiyatning nima ekanligini, uning mohiyatini to‘g‘ri tushunib olish uchun ijtimoiy munosabatlar nima ekanligini, ularning qanday turlari va shakllari borligini, ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalarni o‘rganish lozim.
Ijtimoiy munosabatlarni, dastlab, moddiy va ma’naviy-mafkuraviy munosabatlarga bo‘lish mumkin.
Moddiy ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lib, ularning eng asosiysi — moddiy ishlab chiqarish munosabatlaridir. Moddiy ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Moddiy ishlab chiqarish munosabatlarining negizini iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi.
Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, badiiy, ilmiy, mafkuraviy munosabatlar moddiy ijtimoiy munosabatlar asosida yuzaga keladigan ma’naviy-g‘oyaviy munosabatlardir. Moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlar majmuasi jamiyatning bazisini tashkil qiladi. Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, mafkuraviy munosabatlar esa jamiyatning ustqurmasi hisoblanadi. Umuman, ijtimoiy munosabatlarning turlari va shakllari juda ko‘p va xilma-xildir. Ularni bir-biridan nisbatan mustaqil tarzda turli ijtimoiy fanlar o‘rganadi. Shunday ijtimoiy munosabatlardan biri shaxsiy munosabatlardir. Shaxsiy munosabatlar jamiyatdagi ma’lum konkret shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlardir. Shaxsiy munosabatlarning o‘zlari ham turli-tuman va xilma-xildir.
Ijtimoiy munosabatlarni, ularning tabiati va xarakterlariga ko‘ra ham, bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan: antagonistik va noantagonistik, hukmronlik va tobelik, o‘zaro tenglik, hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro yordam va boshqalar. Bu munosabatlar jamiyat ijtimoiy hayotida va rivojlanishida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Shuni aytish kerakki, jamiyat rivojlanishining har bir bosqi-chida eski jamiyat ijtimoiy munosabatlarining qoldiqlari va yangi, kelgusi jamiyat ijtimoiy munosabatlarining kurtaqlari bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, hech bir davrda faqat shu jamiyatning o‘ziga xos ,,sof" jamiyat ham, unga xos ,,sof" ijtimoiy munosabatlar ham bo‘lmaydi. Jamiyat rivojlanishi jarayonida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning ham eskirganlari asta-sekin ,,o‘lib" (yo‘qolib), yangilari paydo bo‘lib, o‘zgarib, rivojlanib boraveradi. Demak, xulosa qilib, ijtimoiy munosabatlarga shunday ta’rif berish mumkin: Jamiyat a’zolari tomonidan o‘zaro birgalikda ongli ravishda amalga oshiriladigan ijtimoiy faoliyatlari ijtimoiy munosabatlar shakllarida sodir bo‘ladi.
Ijtimoiy munosabatlar deb jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, ilmiy, estetik, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy faoliyatlari jarayonida ijtimoiy guruhlar, etnik va ijtimoiy qatlamlar, sinflar, millatlar, xalqlar, davlatlar, mamlakatlar o‘rtasida vujudga kelgan xilma-xil aloqalar va munosabatlarga aytiladi. Ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy faoliyatlar bilan uzviy va chambarchas bog‘liq. Ijtimoiy munosabatlar orqali jamiyatda ijtimoiy guruhlar, sinflar, davlatlar, partiyalar — barcha ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘zlarining hamma va har qanday faoliyatlarnini amalga oshiradi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda real ijtimoiy kuchlar faoliyatlari natijasida paydo bo‘lgach, katta faollikka va barqarorlikka ega bo‘lib, jamiyatga sifat muayyanligini beradi.
Bunda shu narsaga ham e’tibor berish lozimki, jamiyatning o‘zgarishi va rivojlanishi bilan ba’zi ijtimoiy munosabatlar eskirishi, jamiyat rivojlanishiga xizmat qilmay, aksincha, to‘sqinlik qila boshlashi mumkin. Bunday hollarda eskirgan ijtimoiy munosabatlardan voz kechib ularni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi ijtimoiy munosabatlar bilan almashtirish lozim bo‘ladi. Xuddi shunday vaziyat bizda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qoiga kiritishi bilan ro‘y berdi. O‘zbekiston o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini belgilab olib, kelgusida buyuk huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib belgiladi. Bu maqsadga erishishda kuchli rivojlangan davlatlar tajribalarida sinalgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish vositasidan foydalanish va uni amalga oshirish zaruriyati tug‘ildi. Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi modelini va uning asosiy tamoyillarnini ishlab chiqib, juda katta ish qildilar. Bugungi kunda jamiyatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tib jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda.
3.
Bir butun jamiyat hayoti, undagi ijtimoiy faoliyatlarning amalga oshishiga ko‘ra, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma ’naviy sohalarga bo‘linadi.
Jamiyatning iqtisodiyot sohasi, keng ma’noda, jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi bilan bog‘liq barcha faoliyat turlari, ularga oid ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol va mulkiy munosabatlarning jamini o‘z ichiga oladi. Obrazli qilib aytganda, iqtisodiyot jamiyat hayotining ,,anatomiyasi"ni tashkil qiladi. Uning asosini insonning buyumlashgan mehnati tashkil etadi. Iqtisodiyot jamiyatning iqtisodiy tizimi sifatida: ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-iqtisodiy, boshqaruv-iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy munosabatlarning asosini esa mulkiy munosabatlar tashkil qiladi.
Mulkiy munosabatlarning turli-tumanligi jamiyatda mulkning turli shakllarnini vujudga keltirgan. Jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida o‘rni va vaqtiga ko‘ra turli xil mulk shakllari mavjud bo‘lgan.
Jamiyatning iqtisodiy sohasi insonning faqat jismoniy mehnati bilangina emas, balki uning ongi, tafakkuri mahsuli — ilm-fan, texnika va texnologiya bilan ham bog‘liqdir. Moddiy ishlab chiqarishning asosini hamisha inson intellekti — fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or texnologiya tashkil etadi.
Hozirgi davrga kelib, jamiyatning iqtisodiy sohasida fan va texnika — ishlab chiqaruvchi kuchlar sifatida, texnologiya esa insonning mehnat predmetlariga fan va texnika imkoniyatlari, talablari asosida ta’sir etish usuli tarzida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kun — XXI asrda fan-texnika taraqqiyoti tufayli butun jamiyat hayoti, jumladan, uning iqtisodiy sohasi tobora intellektuallashib bormoqda, jamiyat taraqqiyotida iqtisodiyotning o‘rni va roli muhim ahamiyat kashf etmoqda. Lekin bundan iqtisodiyot jamiyat taraqqiyotining asosiy hal qiluvchi yagona sohasi degan xulosa chiqarish muammoga bir tomonlama yondashuvga olib keladi. Sababi: jamiyat hayotining boshqa sohalari, xususan, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalari o‘z o‘rnida jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega, ular biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lolmaydi. Buni quyidagi ijtimoiy-siyosiy soha misolida ko‘rishimiz mumkin.
Jamiyat hayotining siyosiy sohasini jamiyatning siyosiy tizimi, uni tashkil qilgan strukturaviy elementlarning o‘zaro munosabatlari tashkil etadi. Jamiyatning siyosiy tizimi deyilganda esa uning siyosiy hokimiyati, tashkilotlari va muassasalari, ularga xos siyosiy munosabatlar va faoliyatlar; siyosat, davlat, davlat hokimiyat organlari, sinflar, partiyalarning faoliyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlarning jami tushuniladi. Siyosiy hokimiyat bo‘lishi uchun uni amalga oshiruvchi siyosiy kuchlar, guruhlar, partiyalar bo‘lishi, hukmronlik va tobelik, bo‘ysindiruvchi va bo‘ysunuvchilik, majburiylik, ularni mustahkamlovchi qonunlar, huquqiy normalar bo‘lishi va jamiyat hayotida joriy etilishi kerak. Siyosiy hokimiyat o‘z faoliyatini jamiyatda turli vositalar, usullar orqali amalga oshiradi. Siyosiy hokimiyatning asosiy shakli — davlat hokimiyatidir. Davlat siyosiy hokimiyatning shakli sifatida jamiyatda o‘z faoliyatini ma’lum siyosat va mafkura asosida olib boradi.
Siyosat — muayyan davlatning boshqa davlatlar, xalqlar, millatlar, siyosiy guruhlar, partiyalar bilan olib boriladigan siyosiy munosabatlari majmuidir. Uning negizini davlat hokimiyati va undan foydalanish tashkil qiladi. Siyosat jamiyatning barcha sohalariga faol ta’sir qiladi. Jamiyatning ijtimoiy hayotida siyosat iqtisoddan ustuvor bo‘lmasligi kerak. Agar siyosat iqtisodiyotdan ustuvor bo‘lsa, u jamiyatning iqtisodiy sohasini tanazzulga olib keladi.
Bunga sobiq Ittifoq iqtisodiyoti misolida yaqqol guvoh bo‘lganmiz. Shuning uchun mustaqillikka erishganimizdan keyin O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning besh tamoyil-larining birinchisi: „iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi", deb belgilandi. Bugungi kunda jamiyatimiz moddiy va ma’naviy hayoti talab va ehtiyojlarnini o‘zida to‘g‘ri va to‘liq ifodalagan O‘zbekiston siyosati iqtisodiy va siyosiy islohotlarni samarali amalga oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Jamiyatning siyosiy sohasini falsafiy jihatdan tahlil qilganda siyosatning obyekti va subyektini farqlash, davlatning mohiyati va funksiyalarnini bilish muhim ahamiyatga ega.
Siyosatning obekti butun jamiyat sohasi hisoblanadi. Jamiyatda siyosat o‘z ifodasini topmagan birorta ham ijtimoiy hodisa yoki voqea yo‘q. Jamiyat hayoti sohalari ichida iqtisodiyot va siyosat, ular o‘rtasida aloqadorlik va munosabatlar g‘oyat muhim hisoblanadi.
Siyosatning subyekti esa, siyosiy hokimiyat, ya’ni davlat tashkilotlari va organlari, siyosiy partiyalar, guruhlar yoki alohida shaxslar bo‘lib, ular faoliyati markazida siyosiy hokimiyatga intilish yotadi.
Davlat — jamiyat hayotini huquq va qonunlarga asoslangan holda tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat jamiyat hayoti, siyosiy sohasining muhim element sifatida o‘z fuqarolarining haq va huquqlarnini himoya qiladi, ularning mulklarnini qo‘riqlaydi, mamlakat aholisining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, boshqa davlatlarning mamlakatni bosib olishlaridan saqlaydi. U boshqa davlatlar, xalqlar bilan o‘zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy aloqalar, hamkorliklar kabi munosabatlarni amalga oshiradi.
Davlatning asosiy funksiyasi — jamiyat hayoti sohalari o‘rta-sidagi munosabatlarni tartibga solish va ularni boshqarishdan iboratdir.
Davlat va davlatchilik shakllarining rivojlanishi bilan siyosiy boshqaruvning murakkab tizimi maydonga keladi. Davlat hokimiyatining tuzilishi, shakllari xilma-xildir. Uning demokratiya, diktatura, monarxiya, aristokratiya, respublika va boshqa shakllari mavjud bo‘lgan.
Demokratiya — xalq hokimiyatining manbai ekanligi bilan bog‘liq davlat tuzilishining siyosiy shaklidir. Demokratik davlat hokimiyati tuzilishining davlatning boshqa shakllaridan tub farqlari: demokratik davlatlarda qonun ustuvorligi, fuqarolarning tengligi, davlat tashkilotlari rahbarlarining pastdan yuqorigacha saylab qo‘yilishi, nihoyat, saylov va referendumlar orqali muqobillik (alternativ) asosda ko‘pchilikning xohish irodasini hisobga olishdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, jamiyat hayotining iqtisodiy va siyosiy sohalari, uni demokratlashtirish madaniy-ma’naviy sohasiz mavjud bo‘lmaydi.
Jamiyat hayotining madaniy-ma’naviy sohasini jamiyatning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati, ijtimoiy ongi, uning darajalari va shakllari; ilm-fan, ma’naviy ishlab chiqarish, intellektual mehnat va ma’naviy qadriyatlar tashkil qiladi.
Ma’naviy ishlab chiqarish asosida jamiyat hayotining madaniy-ma’naviy sohasi yuzaga keladi. Jamiyatda ma’naviy ishlab chiqarish natijasida ijtimoiy ong darajalari va shakllari, ularga oid tasavvurlar va tushunchalar, turli xil qarashlar va fikrlar, g‘oyalar va nazariyalar, xullas, jamiyat ma’naviyati yaratiladi. Ular yorda-mida jamiyat a’zolari o‘rtasida ma’naviy munosabatlar o‘rnatiladi hamda qadriyat maqomiga ega bo‘ladi.
Ma’naviy qadriyatlar jamiyat a’zolarining kamol topishlarida muhim rol o‘ynaydi. Yuksak ma’naviyatlilik jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Ma’naviyat jamiyat a’zolari aqliy mehnatlarining samarasidir, unda o‘tmish ajdodlar ma’naviy merosidan foydalanish, uni hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlash, yangi ma’naviy qadriyatlar bilan boyitish muhim o‘rin tutadi.
Prezidentimiz jamiyat ma’naviyatini rivojlantirishni mamlakatimizda izchil o‘tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilar ekanlar, erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o‘z haq-huquqlarnini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarnini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak", — deb ko‘rsatgan edilar.
Ma’naviyatning rivojlanishida insonning intellektual mehnati muhim rol o‘ynaydi. Intellektual mehnat ma’naviy ishlab chiqarishning eng muhim elementi sifatida ijod bilan bevosita bog‘liqdir.
Ma’naviyatning asosiy negizini axloq tashkil etadi. U jamiyatning barcha a’zolari tomonidan erkin qabul qilinib, ixtiyoriy amalga oshiriladi. Jamiyat hayotining ma’naviy sohasida ijtimoiy ong, uning darajalari va shakllari ham muhim o‘rin tutadi. Jamiyat ma’naviy sohasining rivojlanishida ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya alohida mavqega ega bo‘lgan tarmoqlardir. Ular asosida bir butun jamiyat ma’naviyati shakllanadi.
Jamiyat hayoti tarkibida ma’naviy munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Ular jamiyat a’zolari o‘rtasidagi boshqa ijtimoiy munosabatlar bilan birgalikda kishilarning ruhiy-ma’naviy faoliyatlarida, ta’lim-tarbiya, axloq-odob normalarnini amalga oshirishlarida namoyon bo‘ladi. Xullas, jamiyat hayotining biz ko‘rib chiqqan hamma sohalari o‘zaro chambarchas bog‘liq va aloqador bo‘lib, ular bid ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. Ularning umumiy birligi bir butun jamiyat hayotini tashkil etadi. Bu narsa ularni boshqa-rishda yaqqol o‘z ifodasini topadi.
Endi jamiyat hayotini boshqarish masalasi bilan tanishib chiqsak.
Boshqarish yoki boshqaruv falsafiy tushuncha sifatida juda keng mazmunga ega. Keng ma’noda boshqaruv tabiatga ham, jamiyatga ham mos jarayondir. Jamiyat hayotiga nisbatan boshqaruv jamiyatning sifat muayyanligini ta’minlovchi, jamiyat hayoti sohalarining o‘zaro aloqalarnini ma’lum maromda ushlab, yanada takomillashtiruvchi, ularga muayyan yo‘nalish beruvchi omildir.
Garchi jamiyat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi tizim bo‘lsa ham, binobarin, boshqaruv jamiyat hayoti va taraqqiyotida muhim shartdir. Boshqaruv jamiyatning eng oddiy yacheykasi — oiladan boshlab, hamma: iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarga, xullas, bir butun jamiyat hayotiga xos jarayondir.
Jamiyat hayoti va faoliyatini boshqarish ijtimoiy hokimiyat orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy hokimiyat jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalarnini ham qamrab oladi va boshqaradi.
Jamiyatni boshqarish jamiyat hayoti sohalariga ko‘ra, uchga bo‘linadi: iqtisodiy sohani boshqarish, siyosiy sohani boshqarish, madaniy-ma’naviy sohani boshqarish.
Jamiyatning taraqqiy etib borishi bilan uni boshqarish ham mukammallashib, rivojlanib boradi. Jamiyat ishlab chiqarish jarayoni ortib, mehnat taqsimoti rivojlanib borishi bilan jamiyatda zaruriy ravishda faoliyatning alohida turi — boshqaruv paydo bo‘ladi. Ana shu boshqaruv organi ijtimoiy hokimiyatdir.
Hokimiyatning jamiyatni boshqarishi uchun unga ijtimoiy informatsiyalar zarur bo‘ladi. Ijtimoiy informatsiyalar jamiyat hayoti va taraqqiyoti qonunlari, jamiyat hayoti sohalariga oid bilimlar, dalillar, ma’lumotlar bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy informatsiyalar yetarli bo‘lmasa, jamiyat hayotini to‘g‘ri boshqarib bo‘lmaydi. Informatsiyalar yetarli hamda obektiv bo‘lgandagina, boshqarish to‘g‘ri va muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Bu o‘rinda biz boshqarishning subyekti va obekti masalasini ham to‘g‘ri tushunishimiz lozim.
Jamiyatni boshqarish subyekti yoki subyektlari: ijtimoiy hokimiyatga oid muassasalar, tashkilotlar, ishlab chiqarish jamoalari, ijtimoiy mulk egalari, alohida shaxslar bo‘lishi mumkin.
Jamiyatni boshqarish obyekti esa, jamiyat hayoti sohalari, ularga xos korxona, tashkilot, muassasalar va nihoyat, bir butun jamiyat, uning yacheykalari, jamiyat hayotining turli tarmoqlari bo‘lishi mumkin. Jamiyatni boshqarishning subyekti va obekti o‘zaro bog‘liq, ular bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib turishadi. Lekin, jamiyatni boshqarish ko‘p jihatdan subyektga bog‘liqdir. Boshqarish subyekti boshqarish sohasiga oid chuqur bilim, tajriba, malakaga ega, ishbilarmon, tadbirkor, iste’dodli bo‘lsa, samarali va puxta ishlangan qarorlar qabul qilib, ularning ijrosini sifatli amalga oshira olsa, boshqarish samarali bo‘lib, jamiyat ravnaq topadi.
Jamiyat taraqqiyotida siyosiy munosabatlar va siyosiy hokimiyatning paydo bo‘lishi bilan jamiyatni boshqarish yangi sifat kasb etadi. Bunda davlat, davlat tashkilotlari, muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar boshqaruv subyektlari sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ladi.
Davlatchilik boshqaruvining rivojlanib borishi bilan boshqarishning murakkab tizimlari shakllanib boradi. Bunda siyosat jamiyatni boshqarishning asosiy elementiga aylanadi. Jamiyatni oqilona boshqarish uzoqni ko‘zlab, puxta o‘ylab, ilmiy jihatdan asoslangan siyosatni ishlab chiqishni talab qiladi. Buning uchun jamiyat moddiy va ma’naviy hayot ehtiyojlarnini o‘zida to‘g‘ri ifodalashini, jamiyatdagi real sharoitdan kelib chiqishni talab qiladi. Shunday siyosatgina jamiyatni boshqarishda muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
Jamiyat hayotini boshqarish subyektlariga jamiyatdagi siyosiy partiyalar, guruhlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, ijtimoiy va jamoat tashkilotlarnini ham kiritish mumkin. Ular ham jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy sohalarnini boshqarishda muhim o‘rin tutadilar. Ular jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy manfaatlarnini himoya qilishda, jamiyatdagi madaniy-ma’naviy masalalarni hal etishda, ta’lim-tarbiya sohalaridagi ishlarni amalga oshirishda izchil faoliyat olib boradilar.
Lekin, bularga qaramasdan, davlat jamiyatni boshqarishning asosiy elementi — asosiy subyekti bo‘lib qoladi. Davlat iqtiso-diyotni, siyosiy sohani, ma’naviyatni boshqarish, ularni takomil-lashtirish va rivojlantirishga boshchilik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |