4.2.1 – rasm. Istemolchilarga sarflanayotgan gazning yillik tasviri.
1-istemolchilarga qayta ishlash uchun xom ashyo sifatida sarflanayotgan gaz miqdori.
2-kommunal maishiy istemolchilariga
3-sanoat pechlariga sarflanayotgan gaz miqdori.
4-texnologik bug‘ ishlab chiqarish uchun qozon qurilmalariga sarflanish.
5-er osti gaz omborlarini to‘ldirish uchun gaz sarfi.
6 va 8 – doimiy va mavsumiy elektr stansiyalariga gazning sarflanish.
7-binolarni isitishga issiklik ishlab chiqarish uchun qozon qurilmalariga sarflanayotgan gaz.
9-er osti gaz omborlaridan gazning olinish miqdori.
10-magistral gaz quvurlaridan gazning notekis taksimlanishni to‘ldiruvchi miqdor.
11-magistral gaz quvurlaridan gazning olinish chizigi.
12-gaz berilishning o‘rtacha chizigi
uchun sarflanayotgan gaz miqdori mavsumiy harakterga egadir. YA'ni, loyihalanayotgan shahar (xududlar) ning tashqi haroratiga bog‘liqdir. Qish paytida havoning tashqi harorati past bo‘lganda gaz sarfi eng yuqori maksimal qiymatga, ega bo‘lsa yoz oylarida esa, gaz sarfi binolarni isitishga umuman sarflanmaydi.
Kommunal maishiy istemolchilarga sarflanayotgan gaz sarfi miqdori ham binolarni isitish va xavo almashtirishdek bo‘lmasada mavsumiy xarakterga egadir. Ammo bu turdagi istemolchilarga sarflanayotgan gaz sarfi miqdori, umumiy yil da'vomida sarflanayotgan jami gaz miqdoriga nisbatan juda kam miqdorni tashkil etadi. SHuning uchun ham umumiy yil da'vomida gaz sarfining notekis taqsimlanishga juda kam ta'sir etadi.
Gaz sarfining tekis taksimlanish xom ashyo sifatida qayta ishlov berish uchun foydalanilayotgan zavodlarga kuzatiladi. Sanoat pechlarida ham gaz sarfining bir oz bo‘lsada notekis taksimlanishi mavjuddir.Sanoat korxonalari qozon kurilmalarida, texnologik jarayon uchun bug‘ ishlab chiqarishda ham, gaz sarfining notekis taksimlanishi kam miqdorda bo‘lsada ko‘zatiladi.
Qozon qurilmalariga sarflanayotgan gaz sarfi umumiy miqdorining uchdan ikki qismi texnologik jarayonlarga bug‘ ishlab chiqarish uchun, bir qismi esa binolarni isitish va havo almashtirish sistemalariga sarflanadi. Sanoatga sarflanayotgan gaz miqdorining qariyib 35 foizi sanoat pechlariga, qolgan 65 foizi esa qozon qurilmalari va elektr stansiyalariga sarflanadi.
Gaz sarfining yillik tasvirida (4.2.1-rasm) gaz saqlagich omborlarga gazning berilishi va undan qaytarib olinishi, bundan tashqari elektr stansiyalarga yillik grafigini to‘ldirish uchun berilayotgan mavsumiy gaz sarfi miqdori ko‘rsatilgan. Tasvirdan ko‘rinib turibdiki turli xil istemolchilarga sarflanayotgan gazning miqdori turlicha bo‘lib bir– biridan mutloq farq qiladi.
SHuning uchun ham gaz sarfining notekis taqsimlanish tasviri umumiy yil da'vomida notekis sarflanayotgan istemolchilarning hissasiga bog‘likdir.
Gaz sarfining eng katta farqli notekis taqsimlanishi kuzatiladi, qochonki shaharda umumiy sarflanayotgan gazning asosiy qismi binolarni isitish va havo almashtirishga, aholi turmushi uchun sarflanayotgan bo‘lganada. Agarda texnologik istemolchilarning miqdori ko‘p bo‘lganda gaz sarfining yillik tasviri nisbatan tekis taksimlanishga ega bo‘ladi. Maishiy xizmat kursatuvchi korxonalariga gazning sarflanishga iqlim sharoitining tasiri kattadir. Haroratning pasayishi bilan gaz sarfi miqdori oshib boradi. Bunga sabab qish oylarida suv tarmoklarida suvning harorati pasayadi, suvni isitish uchun katta miqdorda issiqlik talab etiladi.
Bundan tashqari qish faslida odamlarning issiq ovqatga talabi ham oshib boradi, yoz paytida esa ko‘prok yirik shaharlarda odamlarning mehnat ta'tili ko‘prok bo‘lganligi sababli aholi soni nisbatan kamayishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida aholi turmushi uchun yoz oylariga nisbatan olinganda avgust, sentyabr oylarida shaharlarda bir oz gaz sarfining ko‘payishi seziladi bunga sabab, odamlarning uy sharoitida konseriva mahsulotlarning tayyorlanishdir. Oylar buyicha yil da'vomida aholi turmushi, kommunal maishiy korxonalar, oshxonalarga, non ishlab chiqaruvchi korxonalar, hammomlarga gaz sarfining miqdori foiz hisobida 4.2.1-jadvalda keltirilgan.
Binolarni isitish va havo almashtirish sistemalariga sarflanayotgan gazning tartibi hududlarning iqlim sharoitiga bog‘likdir. Binolarni isitish uchun sarflanayotgan gaz miqdori tashki haroratga qarab kuyidagi formula orqali aniqlanadi.
Q=s(ti-tT)n
Bu erda Q - tashqi haroratning n - vakt turishi da'vomida binolarni isitish va havo almashtirish uchun sarflanayotgan gaz miqdori;
C -o‘zgarmas qiymat;
ti -ichki harorat
tT -tashqi harorat, urtacha n - vaqt da'vomida
n -tashqi harorat (tT) ning turishi vaqtidagi soatlar yoki sutka soni;
Dostları ilə paylaş: |