11-dars. Halqali chuvalchanglar annelides tipi



Yüklə 13,26 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü13,26 Kb.
#179490
1   2   3   4
portal.guldu.uz-Zoologiya-HALQALI CHUVALCHANGLAR - ANNELIDES TIPI

Hazm qilish sistemasi Og‘zi boshining ostki tomonida joylashgan. Yirtqich ko‘p tukli-larning halqum devori kutikulasi qalinlashib o‘tkir xitin tishlar, ya'ni jag‘larni, oldingi ichak og‘iz bo‘shlig‘i va muskulli halqumni hosil qiladi. Halqum tashqariga ag‘darilib chiqib o‘ljani tutish vazifasini bajaradi. Erkin yashovchi ko‘p tuklilar yirtqich hayot kechiradi. O’troq yashovchi ko‘p tuklilarning boshidagi palpalari uzun patsimon o‘simtalarga aylangan. Bu o‘simtalar suvdagi organik zarralar va mikroorganizmlarni yig‘ish va og‘izga haydash hamda nafas olish (jabralar) vazifasini bajaradi.
  • Ko‘payishi va rivojlanishi Ko‘p tuklilar ayrim jinsli, jinsiy demorfizm rivojlanmagan. Ko‘p-chiligi tuxum qo‘yadi, ayrim turlari tirik tug‘adi. Ayrim turlarida jinssiz kurtaklanish sodir bo‘ladi. Natijada juda ko‘p individlar bir qator zanjirdan iborat muvaqqat koloniya hosil qriladi. Tinch okean palolasi voyaga yetgan davrida suv yuzasiga ko‘tariladi. Palolo mahalliy aholi va dengiz hayvonlari uchun oziq bj’ladi.
    • Ko‘p tuklilar metamorfoz orqali rivojlanadi. Odatda tuxumdan mikrosko‘pik lichinka – troxofora chiqadi. Lichinka tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, kiprikli belbog‘i bor; tana bo‘shlig‘i birlamchi bo‘ladi.Keyincha-lik lichinka tanasining keyingi qismi cho‘zilib, bir necha bo‘g‘im hosil qiladi. Bo‘g‘imlarda parapodiylar va qillar, mezodermadan selom xaltasi shakllanadi. Troxofora tepa plastinkalari botib kirib, bosh miyaga aylanadi. Qorin tomoni ektodermasidan nerv stvollari, sezgi organlari hosil bo‘ladi. Shundan 12-rasm. Nereis tanasining oldingi qismi.so‘ng lichinka suv tubida hayot kechirishga o‘tadi. Uning tanasi keyingi qismida yangi bo‘g‘imlar hosil bo‘ladi, tana bo‘shlig‘i selom bilan almashinadi. Har bir yangi bo‘g‘imda parapodiylar hosil bo‘ladi.

    Yüklə 13,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin