Tipik vakili nereida- Nereis pelagica uzunligi 15 sm ga yaqin. 1.Tanasi ikki bo’g’imidan hosil bo’lgan bosh, gomonom ko’p bo’g’imli gavda va pigidum - ikki shoxli ayri dumdan iborat.
2.Boshi prostomium-og’izoldi,peristomium-og’iz bo’limidan iborat.
3. Prostomiumda hidlov chuqurchasi, bir juftdan palpalalar va antennalar, ikki juft oddiy ko‘zchalar joylashgan. 4.Peristomiumda 4 juft mo‘ylov,ostki tomonida og’iz teshigi bor.
5.Boshni tanadan ixtisoslashib chiqishi sefalizatsiya deyiladi. 6.Nereida ianasi 200 ga yaqin bir xil bo‘g‘imlardan iborat.
7.Bo‘g‘imlar ikki yonida bir juftdan parapodiylar joylashgan. 8.Parapodiylar orqa-notopodiy va qorin-nevropodiy bo’laklardan
iborat; bu bo’laklarni bittadan tayanch qil tutib turadi.
9.Orqa bo’lagida bir tutam qil va orqa mo’ylov, qorin bo’lagida ikki tutam qil va qorin mo’ylov joylashgan.
10.Parapodiylar yordamida nereida tubida o‘rmalaydi va suzadi. 11. Nereida mayda hayvonlar va suv o‘tlari bilan oziqlanadi.
Tana qoplag‘ichi
Suv tubida faol hayot kechiradigan ko‘p tuklilarning kutikulasi
yaxshi rivojlangan. Suvda suzadigan, qumga ko‘milib yoki
naysimon uyda yashaydigan chuvalchanglar kutikulasi
aksincha, juda yupqa bo‘ladi. O’troq yashaydigan ko‘p