12
Fotodiodlarning integral sezgirligi bir necha o‘ndan bir A/Vt larni tashkil
etadi. Bu parametrning qiymati yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligiga bog‘liq va turli
yarim o‘tkazgichlar uchun to‘lqin uzunligining muayyan
qiymatlarida eng katta
qiymatga erishadi (13.2.a-rasm).
Fotodiodlar katta tezkorlikka ega bo‘lgan fotoqabulqilgichlardan
hisoblanadi. Ular bir necha yuz megagerslargacha chastotalarda ishlaydi. Fotodiodga
qo‘yiladigan kuchlanishning qiymatlari 10-30 V oraliqda yotadi. Qorong‘ilik tokining
qiymati germaniyli fotodiodlar uchun 10-20 mkA dan, kremniyli fotodiodlar uchun esa
1-2 mkA dan oshmaydi. Ulardan yorug‘lik ta’sirida oqib o‘tadigan tokning qiymati bir
necha yuz mikroamperlarni tashkil etadi. Keyingi paytlarda murakkab tarkibli yarim
o‘tkazgichlardan infraqizil nurlanishiga sezgir bo‘lgan fotodiodlar ishlab chiqilgan.
Ko‘pchilik fotodiodlar yassi qoplamli texnologiya bo‘yicha tayyorlanadi.
13.2–rasm. Fotodiodning spektral (a) va chastotaviy (b)
xarakteristikalari
Fotodiodlar boshqa hil fotoqabulqilgichlarga o‘xshab, integral sezgirlik S
int
,
monoxromatik
sezgirlik S
λ
, chegaraviy chastota f
cheg
, qorong‘ilik toki I
q
,
solishtirma
bo‘sag‘a oqimi F
bo‘sag‘a
, payqash qobiliyati D kabi parametrlar bilan tavsiflanadi.
Bundan tashqari
odatiy ishchi kuchlanish U
ishchi
va teskari yo‘nalishda qo‘yiladigan
kuchlanishning ruhsat etilgan qiymati U
max.ishchi
ham fotodiodning
parametrlaridan
13
hisoblanadi. Fotodiodlarning bir necha turlari mavjud: p-n o‘tishli fotodiod, p-i-n
tuzilishli fotodiod, geteroo‘tishli fotodiod (ya’ni turli hil yarim o‘tkazgichlar
orasidagi
p-n o‘tish asosidagi fotodiod), metall va yarim o‘tkazgich orasidagi kontaktdan
foydalanishga
asoslangan Shottki fotodiodi, ko‘chkili fotodiod shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: