11-laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix15.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#98316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lab mashg\'ulot 11-15

11.1-rasm. Optik kuchaytirgich va optik regeneratorlarning optik signallarga ishlov 
berish natijalari. 
Optik kuchaytirgichlar kam elementlardan tarkib topgani uchun uning tuzilishi 
oddiy. Lekin narxi ancha qimmat. Ehtiyojni oshishi bilan narxi arzonlashishi mumkin. 
Optik kuchaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning 
eng muhim afzalligi bo‘lib, suv ostida optik kabellarni yotkazganda retranslyatorlarni 
tashkil etishda e’tiborga olinadi.
11.1-jadval 
Regenerator va optik kuchaytirgichlarning qiyosiy xarakteristikalari 
Xarakterisikasi 
Regenerator 
Optik kuchaytirgich 
Tuzilishi 
Murakkab 
Oddiy 
Narxi 
Arzon 
Qimmat, ammo 
tushayapti 
Puxtaligi 
Yuqori 
Juda yuqori 
Signalni regeneratsiyalash 
Bajariladi 
Bajarilmaydi 
Uzatish tezligiga bog‘liqligi 
Bog‘liq 
Bog‘liq emas 
Bir vaqtda bir necha signal- 
larni uzatish imkoniyati 
Mavjud emas 
Mavjud 
Signal/ shovqin nisbati 
Yuqori 
Quyi 
Qo‘llanish sohasi 
Lokal, regional va 
regionlararo tarmoqlar 
Regional va ragionlararo 
tarmoqlar 



Optik kuchaytirgichlarni ishi signallarni uzatish tezligiga bog‘liq emas, 
regeneratorlarda esa aksincha. Regeneratorlar bitta signal bilan ishlaydi. Optik 
kuchaytirgichlar esa kuchaytirish zonasining berilgan oraliq chegarasida turli to‘lqin 
uzunlikli (WDM signal) bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. 
Retranslyator – regeneratorning umumiy tuzilish sxemasi 8.2-rasmda keltirilgan.
11.2-rasm. Raqamli retranslyatorning umumlashgan tuzilish sxemasi. 
Sxemada:
OK – optik kabel (stansiya yoki liniya kabeli); 
OEO‘ – optoelektron o‘zgartirgich. Optik signalni elektr signaliga o‘zgartiradi. 
OEO‘ sifatida p-i-n fotodiod yoki lavin fotodiod ishlatiladi; 
DK – dastlabki kuchaytirgich; 
AK – amplituda korrektori, optik kabelda birinchi navbatda dispersiya tufayli 
hosil bo‘ladigan buzilishlarni qisman bartaraf etadi; 
QQF – qabul qiluvchi filtr, foydali chastota oralig‘idan tashqaridagi shovqin va 
buzilishlarni bartaraf etish maqsadida signal spektriga bog‘liq ravishda chastota 
oralig‘ini chegaralaydi; 
SAB – sathni avtomatik boshqaruvchi qurilma, elementlarning eskirishi, xarorat 
natijasida kabel va OEO‘ xususiyatlarini o‘zgarishidan qurilma kirishidagi signallar 
o‘zgarganda regenerator kirishidagi kirish signallari sathini doimiyligini ta’minlaydi; 
BQ – boshqaruvchi qurilma, SAB qurilmasidan berilayotgan signallar ta’sirida 
OEO‘ uzatish parametrlari o‘zgarishini ta’minlaydi; 
Reg – regenerator, elektr impulslari shaklini tiklaydi; 
EOO‘ – elektron optik o‘zgartirgich, elektr impulslari ketma-ketligini optik 
impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiradi. EOO‘ sifatida yorug‘lik yoki lazer diodlari 
qo‘llaniladi. 
Raqamli retranslyatorning asosiy elementi regenerator hisoblanadi. 




Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin