11-laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix15.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#98316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lab mashg\'ulot 11-15

15.1-rasm. Vatt-amper xarakteristikalar: - lazer diodi uchun- yorug‘lik diodi 
uchun. 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki vatt – amper tavsifi nochiziqdir. Shu sababli, vatt – 
amper tavsifini chiziqlashtirishning maxsus choralarini qo‘llamasdan, lazerning 
injeksiya tokini analog signal bilan o‘zgartirish yo‘li bilan chiqish nurlanishini 
modulyatsiyalash amaliy qo‘llanilmaydi. 
I
ч 
Р
нур
, мW 


I, мА 


20 
Odatda injeksiya tokini va mos ravishda lazerning chiqish optik quvvatini 
modulyatsiyalashning qo‘llaniladi. Shuni alohida aytish kerakli, lazer chegaralangan 
pik quvvatli nurlanish manbai hisoblanadi. Bu nakachka tokining katta qiymatlarida 
quvvatni kamayib borishi bilan bog‘liq. LD ga xos yana bir muhim xususiyatni aytib 
o‘tamiz: atrof muhit temperaturasi o‘zgarsa, vatt – amper xarakteristikasi suriladi (15.2 
– rasm).
Bu chegaraviy tok va chiqish quvvati qiymatlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Bu kamchilikni bartaraf etish uchun kompensatsiyalashning elektr sxemalari, 
shuningdek mikrosovutgichning ishini boshqaruvchi, termokompensatsiyalash 
sxemalaridan foydalaniladi/ 
15.2-rasm. Lazer diodning vatt-amper xarakteristikasining temperaturaga bog‘liq 
ravishda o’zgarishi. 
15.3 – rasmda LD optik nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasi ko‘rsatilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, lazer nurlanishining diagrammasi nosimmetrik. 
quvvatning yarim sathida o‘lchanganda uning kengligi o‘tishga parallel yuzada
20

dan 
kichik va perpendikulyar yuzada 
40

dan katta (2.3,a–rasm). 2.3,b–rasmda o‘zaro 
perpendikulyar yo‘nalishlarda nurlanish quvvatining burchakka bog‘liqligi 
ko‘rsatilgan. 


21 
15.3-rasm. Optik nurning lazer dioddagi yÿnalganlik diagrammasi: a) parallel va 
perpendikulyar yuzalardagi nurlanish kengligi; b) ÿzaro perpendikulyar yÿnalishlarda 
nurlanish quvvatining burchakka bog‘liqligi. 
Yo‘nalganlik diagrammasi ellips konus ko‘rinishiga ega. Generatsiyalanadigan 
nurlanishning yetarli katta yoyilganligi, uni kichik sonli aperaturali optik tolaga 
samarali kiritishga to‘sqinlik qiladi. Buning uchun maxsus moslashtiruvchi 
qurilmalarni qo‘llash talab etiladi. 
Magistral TOA liniyalarida asosan signallar 1,3 va 1,55 mkm to‘lqin uzunliklarida 
uzatiladi. 1,55 mkm to‘lqin uzunligida so‘nish qiymatlari kichik bo‘lgani uchun 
retranslyatsiyasiz (L=100km) uzun uchastkalarda ana shu to‘lqin uzunlikdagi optik 
uzatish manbalaridan foydalanish samaralidir. Magistral aloqa liniyalari kabellari bir 
modali tolalardan iborat bo‘lgani uchun ham LDdan foydalanish kerak. Chunki YoD 
ga qaraganda LDning nurlanishini yo‘nalganlik diagrammasi tor. Bu nurlanishni tolaga 
kiritishni osonlashtiradi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin