11-majlis bayoni



Yüklə 1,14 Mb.
tarix04.09.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#141491

QMII Geologiya va konchilik fakulteti “Foydali qazilma konlari geologiyasi va razvedkasi”
kafedrasi GR-102-16 guruh talabalari yig’ilishining
11-majlis bayoni


09.01.2020 yil Qarshi shahri
Guruh rahbari: H. Panjiyev
Qatnashdilar: GR-102-16 guruh talabalari.
KUN TARTIBI

1. O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar. (19-hafta).


2. “Yurtni sevmoq-fidoyilikdir” 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlanadi.
3. Har-xil masalalar.

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MA’LUMOTLAR
1. Birinchi masala bo’yicha guruh murabbiyi H.Panjiyev so’zga chiqib bugungi kunda O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan 102-16 guruh talabalarini batafsil tanishtirdi (ushbu masala yuzasidan ko’rib chiqilgan ma’lumotlar yig’ilish protakoliga ilova qilinadi).
2. Ikkinchi masala boyicha guruh murabbiyi H.Panjiyev sо‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidladi: Mamlakatimizda har yili 14 yanvarda, Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash о‘ziga xos an’anaga aylangan. Bu bejiz emas, albatta. Siz-u bizning bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya kilinmokdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bо‘layotgan о‘g‘lonlarimizni har qancha e’zozlasak, kо‘kka kо‘tarsak va ularning haqlariga duo qilsak arziydi.
Ana shunday fidoyi farzandlar bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz ham yuksalib boraveradi. Zero, Yurtboshimiz alohida ta’kidlaganlaridek, «...bugungi kunda О‘zbekiston amalda о‘zining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarxadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bо‘lgan milliy armiyasiga ega, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor». Umuman olganda, Vatanimiz о‘z Mustaqilligiga erishgandan sо‘ng avvalo har bir mustaqil davlat uchun zarur bо‘lgan о‘zining qurolli kuchlariga ega bо‘lishga intilib, kо‘pgina ishlarni amalga oshirdi. Sermazmun kechgan shakllanish yillarining samarasi bugungi ixcham, tezkor, zamonaviy texnika va qurol-yarog‘ bilan ta’minlangan, har qanday tashqi tajovuzga munosib zarba bera oladigan, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir professional armiyamiz timsolida namoyon bо‘ladi. Ona yurtimiz har doim о‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, о‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch, deb hisoblagan. Vatanni himoya qilish asosan yigitlar zimmasida bо‘lganligi bois, oilalarda о‘g‘il bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan: ularni mustahkam irodali, qat’iyatli, yurt ishi uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashga harakat qilishgan. Mamlakatimizning mard, shijoatli, о‘ktam yigitlari armiya xizmatidan zahiraga bо‘shatilganlaridan keyin ham harbiy xizmatdagi kabi g‘ayrat-shijoat bilan yurt ravnaqi yо‘lida turli sohalarda fidokorona mas’uliyat bilan mehnat qilmoqdalar. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning о‘z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. «Vatan — sajdagoh kabi muqaddasdir», «Vatanni sevmoq iymondandir» deyiladi hikmatlarda. Qanchalar ulug‘ va bir-biriga uyg‘un tushunchalar. Bu kabi muqaddas tuyg‘u qalblarimizga jasur ajdodlarimizdan meros qolgan. Jumladan, jahonga ne-ne betakror alloma-yu faylasuv va shoirlarni yetishtirib bergan xalkimiz о‘zining mashaqqatlarga tо‘la tarixi davomida benazir sarkardalarni ham voyaga yetkazdi. Yurtimizni bosqinchilardan muhofaza qilish kabi olijanob maqsad yо‘lida mardonavor qо‘shinlar shakllandi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari jasur lashkarboshilar minnatdor xalqimiz yuragidan abadiy joy oldi. Sohibqiron bobomiz Amir Temurning harbiy dahosi yaqqol kо‘zga tashlanadi. Bu zotning harbiy ilmdagi betakror zakovati hanuzgacha jahon sarkardalari uchun saboq maktabi bо‘lib kelmokda. Amir Temur о‘z jangovar harakatlarini doimo bunyodkorlik bilan olib borgan. Chunonchi, Sohibqiron: «Qaydankim bir g‘isht olgan bо‘lsam, о‘rniga о‘n g‘isht tikladim» deganlar. Shuning uchun ham, har yili Vatan himoyachilari bayrami arafasida bir-birini chin dildan qutlayotgan nafaqat askar, serjant va ofitserlar, balki talabalar, ziyolilar, olimlar, faxriylar va boshqa yurtdoshlarimizni kо‘rganda kо‘nglimiz yorishib ketadi. Ha, bu bayram biz uchun, butun xalkimiz uchun Mustaqillik bayrami kabi aziz va muqaddasdir. О‘z Vatanini sevmagan inson qalbida hech qachon chinakam muhabbat bо‘lmaydi. Ya’ni, о‘z yurtini seva olgan, uni asray olgan insondangina vafodorlik, sadoqat va fidoiylikni kutish mumkin.
3. Uchinchi masala yuzasidan guruh murabbiysi H.Panjiyev sо‘zga chiqib, guruh talabalarining kiyinish odobi, darsga qatnashishi, davomadi, institutning ichki tartib intizomiga rioya qilish, bо‘sh vaqtlarini unumli о‘tkazish tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tdi.


QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan guruhning barcha a’zolari doimiy tarzda tanishib borishi belgilab qoyilsin (nazorat qiluvchi guruh rahbari H.Panjiyev).
2. Talabalarning institut ichki tartib qoidalariga amal qilishini ta’minlash guruh murabbiyi H.Panjiyev yuklatilsin.


Murabbiy: H.Panjiyev


Guruh sardori: J.Temirov
Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin