Ota-onalar va MTM mutaxassislari foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun. Kuzatish bolalarni, ularning qiziqishlari, yutuqlari, muloqot va o‘zaro aloqa ko‘nikmalarini, muammolarini, alohida ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarning asosliligini ta’minlashga yordam beradi.
Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bolalar, ularning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlari haqida ko‘proq bilishga ko‘maklashadi. Bunday ma’lumot almashuv chinakam hamkorlik muhitini vujudga keltiradi.
8.2.Muvaffaqiyatli kuzatishning o‘ziga xosliklari:
Bola haqida ma’lumot to‘plash va baholash aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, onda-sonda emas, joriy xarakterga ega bo‘lishi lozim.
Kuzatish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar hujjatlashtirilishi va tahlil qilishini darkor.
Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi kuzatish natijalari tashkil etishi bolalaning haqiqiy imkoniyatilarini bilish va tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borishi yoki aksincha, qiyinlashtiruvchi omillarni aniqlashga imkonini beradi.
Bola haqida ma’lumot to‘plashda har tomonlama yondashish, uning ayrim xislatlariga (ijobiy yoki salbiy bo‘lishidan qat’i nazar) sun’iy ravishda alohida urg‘u berishga yo‘l qo‘ymaslik darkor.
Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida o‘ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi.
Kuzatish mezonlari (bola haqida ma’lumot to‘plash yo‘nanalishlari) 6-7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga asoslanishi zarur.
8.3.Kuzatishning asosiy tamoyillari:
Bolaning kuzatilayotgan harakatini pishiq-puxta hujjatlashtirish;
Sub’ektiv talqin (pedagogning shaxsiy fikri, his-tuyg‘ulari) yo‘l qo‘ymaslik;
Bola tomonidan shaxsan bajarilgan ishni yoki aytilgan gapnigina xolisona kuzatish;
Imkon boricha ko‘proq ma’lumot to‘plash, ular imkon darajasida sodda va tushunarli bo‘lishi kerak