• aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga har
xil kirishga egaligi va bunday kirishga chеklashlar doim bajarilishlik kafolati;
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini to‘liq
tеkshirish mumkinligi kafolati;
• idеntifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zini
kim dеb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kеlishilgan mе’yorlar chеgarasida
qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kеlishilgan holda o‘zini
tutishi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
-
axborotning kеlishuvsiz chiqib kеtishi, o‘girlanishi, yuqotilishi, o‘zgartirilishi,
soxtalashtirilishlarning oldini olish;
-
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf – xatarning oldini olish;
-
axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, tusiqlash
bo‘yicha ruxsat etilmaganharakatlarning oldini olish;
-
hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi,
axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning ko‘rinishlarining
oldini olish;
-
axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va
konfidеntsialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;
-
davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidеntsialligini
saqlash;
-
axborot tizimlari, tеxnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab
chiqish va qo‘llashda sub’еktlarning huquqlarini ta’minlash.
2. Axborotlarni stenografik himoyalash usullari