11-mavzu. Auditorlik hulosa va takliflarining xalqaro standartlari



Yüklə 65,8 Kb.
səhifə3/3
tarix21.12.2023
ölçüsü65,8 Kb.
#188735
1   2   3
11-MAVZU. AUDITORLIK HULOSA VA TAKLIFLARINING XALQARO STANDARTLARI

Sharhlarsiz fikr. Auditor belgilangan Moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosga muvofiq moliyaviy hisobot haqiqiy va ishonchli aks etishni beradi (yoki barcha muhim jabhalar bo’yicha ishonchli taqdim etilgan) degan xulosaga kelsa sharhlarsiz fikr bildiriladi. Sharhlarsiz fikr, shuningdek, buxgalteriya hisobi tamoyllaridagi yoki ularni qo’llash usullaridagi har qanday o’zgarishlar hamda ushbu o’zgarishlarning ta’siri moliyaviy hisobotda tegishli ravishda aniqlanganligiga va yoritilganligiga bilvosita ko’rsatadi.
Quyidagi vaziyatlarda auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan sifatida ko’riladi:
Auditor fikriga ta’sir ko’rsatmaydigan masalalar:
(a) tushuntirish bandi.
Auditor fikriga ta’sir ko’rsatadigan masalalar:
(a) sharhlar bilan fikr;
(b) fikr bildirishni rad etish;
(g) salbiy fikr.
Modifikatsiyalashtirilgan hisobot har bir turi, shakli va mazmunining bir xilligi foydalanuvchilar tomonidan bunday hisobotni tushunish uchun yordam beradi. Binobarin, xalqaro standartga fikrni sharhlarsiz bildirishning taklif etilgan shakli hamda modifikatsiyalashtirilgan hisobotlarni chop etishda modifikatsiya uchun qo’llaniladigan jumlalar namunasi kiritilgan.
Muayyan vaziyatlarda, moliyaviy hisobotning ilovasiga kiritilib keng muhokama qilingan va moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatadigan masalani alohida ajratish uchun qo’shimcha band kiritish yo’li bilan auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilishi mumkin. Bunday tushuntirish bandini qo’shish auditor fikriga ta’sir ko’rsatmaydi. Ushbu band band-fikrdan keyin bo’lganligi maqsadga muvofiqdir, chunki bunda auditor fikri ushbu jabha bo’yicha sharhlarga ega emasligi nomoyon bo’ladi.
Auditor faoliyat uzluksizligi muommosi yuzasidan muhim jabhani ajratib ko’rsatish uchun band qo’shish yo’li bilan auditorlik hisobotini modifikatsiyalashtirishi lozim.
Hal qilishi kelgusi hodisalarga bog’liq va moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan muhim noaniqlik (faoliyat uzluksizligi muammosidan farqli) mavjud bo’lganda, auditor auditorlik hisobotini modifikatsiyalashtirish ehtimolini ko’rib chiqishi lozim. Noaniqlik bu shunday vaziyatki, uning hal etilish kelgusi harakatlar yoki hodisalarga bog’liq. Ushbu vaziyat sub’ektning bevosita nazorati ostida bo’lmaydi, lekin u moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Faoliyat uzluksizligi yoki muhim noaniqlik muammosiga e’tiborni qaratadigan bandni qo’shish, odatda, ushbu masalalar bo’yicha auditorlik hisobotini taqdim etishda auditorning mas’uliyatiga nisbatan mos bo’ladi. Bunga qaramasdan, alohida, masalan, moliyaviy hisobot uchun ahamiyatli bo’lgan ko’p sonli noaniqliklar mavjud bo’lgan vaziyatlarda, auditor tushuntirish bandini ko’shmaslikni o’rinli hisoblab fikr bildirishni rad etishi mumkin.
Moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi masalalar yuzasidan tushuntirish bandini qo’llashdan tashqari, auditor, shuningdek, moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi masalalardan farqli masalalar yuzasidan tushuntirish bandidan foydalanish, band-fikdan keyin joylashtirish afzalroq hisoblanadi, yo’li bilan auditorlik hisobotini modifikatsiyalashtirishi mumkin. Masalan, tarkibida audit qilingan moliyaviy hisobot bo’lgan hujjatlardagi boshqa ma’lumotga tuzatishlar kiritish kerak bo’lsa, sub’ekt esa ushbu tuzatishlar kiritishdan bosh tortgan taqdirda, auditor auditorlik hisobotiga muhim noizchilliklar to’g’risida ma’lumot yoritilgan tushuntirish bandni kiritishni ko’rib chiqishi lozim. Auditorlik hisobotini taqdim etish yuzasidan qonunchilik bilan belgilangan qo’shimcha mas’uliyat mavjud bo’lgan taqdirda, shuningdek, tushuntirish banddan foydalanish mumkin.
Auditor fikriga ta’sir ko’rsatuvchi masalalar.
Quyidagi vaziyatlardan biri mavjud bo’lgan taqdirda va, auditorning mulohazasiga ko’ra uning oqibatlari moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatsa yoki ko’rsatishi mumkin bo’lgan taqdirda, ahtimol, auditor o’z fikrini sharhlarsiz bildira olmasligi mumkin:
(a) auditor ishi ko’lami cheklanganda; yoki
(b) tanlab olingan hisob siyosati, uning qo’llash usuli yoki moliyaviy hisobotda yoritishlar mosligining maqbulligi yuzasidan sub’ekt rahbariyati bilan kelishilmaganda.
Sharhlar bilan fikr. Agar auditor fikr sharhlarsiz bildirilishi mumkin emas, lekin sub’ekt rahbariyati bilan har qanday kelishmovchiliklar oqibati yoki audit qo’lamining cheklovlari salbiy fikr bildirish yoki fikr bildirishni rad etish yuzasidan shunchalik muhim va chuqur emas degan xulosaga kelsa, sharhlar bilan fikr bildirilishi lozim. Sharhlar bilan fikr quyidagicha bildirilishi lozim - sharhlar taalluqli bo’lgan omil ta’siri bundan “istisno”.
Fikr bildirishni rad etish. Audit ko’lami cheklovlarining ehtimoliy ta’siri shunchalik muhim va chuqurki, auditor etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini olishga imkoniyati bo’lmaydi va, binobarin, moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildira olmasligi sababli auditor fikr bildirishni rad etishi lozim.
Salbiy fikr. Moliyaviy hisobot uchun kelishmovchiliklar shunchalik muhim va chuqurki, auditor hisobotda sharhlar bilan fikr bildirish chalg’itishga olib keladigan yoki moliyaviy hisobotni to’liq tasvirlab bermaydigan ma’lumotni yoritish uchun mos emas degan xulosaga kelgan taqdirda, salbiy fikr bildirilishi lozim.
Auditor sharhlarsiz fikr bildirishidan farqli fikr bildirgan taqdirda, har gal buning haqiqiy sabablari aniq bayon etilganligi va, agar mumkin bo’lsa, moliyaviy hisobotga ehtimoliy ta’sir(lar)ining miqdoriy yoritilishi auditorlik hisobotiga kiritilishi lozim. Odatda ushbu ma’lumot fikr bildirilgan yoki fikr bildirishni rad etilgan banddan oldingi alohida bandda bayon etiladi va moliyaviy hisobotning ilovasidagi yanada ham kengroq muhokamaga, agar bu mavjud bo’lsa, izohlanadi.
Sharhlarsiz fikrdan farqli fikr bildirishga olib keluvchi vaziyatlar.
Ayrim holatlarda auditor ishining ko’lami sub’ekt tomonidan cheklanishi mumkin (masalan, auditor kerakli deb hisoblagan auditorlik muolajani kelishuv shartlariga muvofiq bajarilishi ko’zda tutilmagan holatda). Shunga qaramasdan, agar taklif etilayotgan kelishuv shartlarida ko’zda tutilgan cheklov shundayki, bunda auditor fikr bildirishni rad etish lozim deb hisoblaganda, u, odatda, agar bu qonunchilikka oid hujjatlar bilan ko’zda tutilmagan bo’lsa, audit bo’yicha bunday cheklovlar bilan kelishuvni qabul qilmaydi. Bundan tashqari, cheklov auditorning qonun bilan belgilangan majburiyatlarini buzgan taqdirda, qonunchilikka asosan tayinlangan auditor audit bo’yicha bunday kelishuvni qabul qilmaydi.
Ko’lamni cheklash vaziyatlardan kelib chiqishi mumkin (masalan, auditorning ishlash muddati auditorga tovar-moddiy zahiralarni inventarlash yuzasidan kuzatish imkonini bermagan taqdirda). Auditorning fikri bo’yicha, sub’ektning hisob yozuvlari mos bo’lmagan yoki auditor tavsiya qilingan auditorlik muolajalarini bajara olmagan taqdirda, audit ko’lamini cheklash vujudga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda, sharhlarsiz fikrni tasdiqlovchi etarli bo’lgan tegishli auditorlik muolajalarini olish uchun auditor oqilona muqobil auditorlik muolajalarini bajarishga harakat qilishi lozim.
Auditor ishi ko’lamining cheklovi shundayki, bunda fikrni sharhlar bilan bildirish yoki fikr bildirishni rad etish lozim bo’lsa, auditorlik hisobotida bunday cheklov yoritilishi va moliyaviy hisobotga taxmin qilingan tuzatishlar, agar cheklov mavjud bo’lmagan holatda ular kerakli deb belgilansa, kiritilishi lozim.
Quyida shunga o’xshash masalalarning namunalari keltirilgan:
Ko’lamni cheklash - sharhlar bilan fikr.
“Biz ............ (kirish bandi misolida keltirilgan matn kiritiladi,........... auditni o’tkazdik.
Quyidagi bandda keltirilgandan tashqari, biz tomondan audit ...............,......... muvofiq o’tkazilgan.
Biz 2012 yil 31 dekabr holatiga ko’ra tovar-moddiy zahiralarni inventarlashdan o’tkazish yuzasidan kuzatishni amalga oshirmadik, chunki ushbu sana biz kompaniyaga auditor sifatida jalb qilingan dastlabki sanadan oldin bo’lgan. Kompaniyaning amalga oshirgan yozuvlari tavsifiga binoan, biz boshqa auditorlik muolajalarini bajarish yo’li bilan tovar-moddiy zahiralar miqdoriga ishonch hosil qilish imkoniyati bo’lmadi.
Bizning fikrimizcha, agar biz tovar-moddiy zahiralar miqdoriga ishonch hosil qilganda kerakli deb hisoblagan tuzatishlar ta’siridan tashqari, moliyaviy hisobot haqiqiy va ............
Ko’lamni cheklash - fikr bildirishni rad etish.
Biz AVS Kompaniyasining 2012 yil 31 dekabr holatiga ko’ra ilova qilingan buxgalteriya balansi va u bilan bog’liq daromad va xarajatlar to’g’risidagi hisobotni hamda qayd etilgan sanada yakunlangan yil bo’yicha pul oqimlari siljishi bo’yicha hisobotni audit qilish uchun jalb qilinganmiz. Ushbu moliyaviy hisobot bo’yicha mas’uliyat Kompaniya rahbariyati zimmasida.
Sub’ekt rahbariyati bilan kelishmaslik.
Auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan tanlab olingan hisob siyosati, uni qo’llash usuli yoki moliyaviy hisobotdagi yoritishlar mosligi yuzasidan sub’ekt rahbariyati bilan kelishmasligi mumkin. Agar bunday kelishmovchilik moliyaviy hisobot uchun muhim hisoblansa, auditor o’z fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki salbiy fikr bildirishi lozim.
Tayanch tushunchalar
Auditorlik xulosasi, ijobiy auditorlik xulosasi, shartli ijobiy auditorlik xulosasi, salbiy auditorlik xulosasi, auditorlik hisoboti, auditorlik hisoboti, auditorlik xulosasi uchun javobgarlik.
Yüklə 65,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin