11-мавзу: идрок



Yüklə 152,28 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.12.2023
ölçüsü152,28 Kb.
#182421
3 mavzu Idrok 02



3-MAVZU: IDROK. 
REJA:
1.
Idrok xaqida tushuncha. 
2.
Illyuziya. 
3.
Adaptatsiya. 
4.
Fazoni idrok qilish. 
5.
Fazoni idrok qilishda teri sezgilari va muskul harakat organlarining roli. 
6.
Konvergensiya. 
7.
Vaqtni idrok qilish. 
8.
Harakatni idrok qilish. 
Idrokning konstantligi shundan iboratki, bironta narsani hosil boʻlgan obraz, 
idrokning fizik aroiti oʻzgarib tursa ham doim shu obraz holicha qolaveradi. 
Idrokning konstantligi koʻrish idroklarida, narsalarning katta kichikligi, 
ularning shakli va ranglarini idrok qilishda ayniqsa koʻrinib turadi. Bizga 
maʼlumki, biron narsadan uzoqlashsak, uning koʻzimiz toʻr pardasidagi surati(aksi) 
kichrayadi. Ammo shu narsaning obrazi bu bilan oʻzgarmaydi. Oʻzgarsa ham 
bilinar-bilinmas oʻzgaradi. Masalan, ayni bir qalamni 20 santimetr va 1 metr 
masofadan turib idrok qilinsa ham bariyuir uning uzunligi oʻzgarganligi 
syozilmaydi, xolbuki uning koʻz tur pardasiga tushgan surati oʻzgaradi, yaʼni 
qalamni 20 sm. masofadan turib koʻrishga nisbatan 1 metr masafadan koʻrilganda
koʻz tur pardasi tushadigan surati 5-marta qisqaradi. Shu qalamning syozilarli 
darajada kaltaroq koʻrinishi uchun xiyla uzoq masofada turib koʻrish kerak boʻladi. 
Toʻgʻri burchakli stol bizdan 1 metr yoki 10 metr uzoqlikda tursa ham biz oʻnga 
toʻgʻrisidan yoki yonidan qarasak ham uning kattaligi va shaklining aksi koʻz tur 
pardasida har safar oʻzgarib turishiga qaramay, baribir hamisha oʻz shakli va katta-
kichikligini oʻzgartirmaganidek, boyagicha idrok qilinaveradi. Kosaga toʻgʻridan-
toʻgʻri qarasak, shakli dumaloq ekanini koʻramiz ammo ana shu kosaga yondan 
qarasak, qarash burchagi oʻzgarganligidan uning koʻz tur pardasiga tushgan surati 
tuxumsimon choʻzinchoqroq shaklda boʻladi, biz esa doimo uni dumaloq shaklda 
idrok etamiz. Bu safar ham idrok qilinayotgan shakli, uning xaqiqiy obyektiv 
shakliga muvofiq boʻlib, doimo toʻgʻri idrok qilinadi. 
Ayni shu kabi konstantlik ranglarini sezishda ham roʻy beradi. Yorugʻlik 
darajasi turli xil boʻlganda ham narsalarning rangi, narsalar qaytargan yorugʻlik 
nurlarining fizik tarkibi oʻzgarishiga qaramay, biz doimo bir tusda idrok 
qilaveramiz. Masalan, oq qogʻoz elektr chirogʻining sargʻish nurida ham yoki u 
yashil barglar soyasida yetsa ham bari bir u bizga oppoq boʻlib koʻrinaveradi. 
Holbuki bu ikki vaziyatda ham qogʻoz yuzidan qaytariladigan nurlarning fizik 
tarkibi oʻzgaradi. Yozuv qogʻozi qosh qoraygan paytida ham oppoq qora bosma 
harf bilan yozilgan xat esa quyosh yorugʻida ham qop-qora boʻlib koʻrinaveradi, 
xolbuki qosh qoraygan paytda qogʻoz yuzidan qaytarilgan nurlarning kuchi quyosh 
yorugʻligida bosma xatdan qaytarilgan nurlarga qaraganda zaifroqdir. Maʼlumki, 
bir parcha koʻmirdan tushgi vaqtda qaytariladigan nurlar miqdori tong yorishish 
paytida bundan qaytariladigan nurlar miqdoriga qaraganda bir necha marta koʻpdir. 
Holbuki, koʻmir tush vaqtida ham qop-qora, bor esa tong otarda ham gʻira-shira 
paytda ham baribir oppoq boʻlib koʻrinadi. 


Konstantlik xodisasi shuni koʻrsatadiki, biz narsalarni koʻrib turgan paytimizda 
ularning koʻz tur pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq holda koʻrmay, balki 
shu narsalar xaqiqatda qanday mavjud boʻlsa shu holda koʻramiz. 
Idrokning konstantligi odamning tajribasi jarayenida, amaliy faoliyatida 
vujudga kelib mustahkamlanadi. 
I.P.Pavlov koʻz bilan koʻrib idrok etish konstantligi uchun fiziologik asos 
boʻlib xizmat qiladigan muvakqat bogʻlanishlarga oid deflektor faoliyatining 
tashqil topish xususiyatlarini ochib beradi. Bironta narsaning xaqiqiy 
kattakichikligi toʻgʻrisida tasavvur hosil qilmoq uchun, deb yozadi Pavlov-shu 
narsaning koʻz tur pardasiga tushgan surati maʼlum katta kichikligiga ega 
boʻlmogʻi va koʻz sohasining ishlamogʻi talab qilinadi. Koʻz toʻr pardasi va ana 
shu muayyan kattalikda boʻlgan narsani teri sezgichi orqali idrok etishdan hosil 
boʻlgan koʻzgalishlar bilan bir necha marta ayni vaqtda toʻgʻri kela berib, 
narsaning xaqiqiy kattaligidan hosil boʻlgan shartli qoʻzgʻovchi boʻlib qoladi. 
I.P.Pavlov aytib oʻtgan koʻz muskullari harakati bilan narsaning koʻz toʻr 
pardasiga tushgan surati oʻrtasida ana shu tarika hosil boʻlgan bogʻlanishlar doimo 
turmushda mustahkamlanib turadi, shuning uchun ham bu bogʻlanishlar idrok 
konstantligi nervfiziologik tomondan belgilab beradi. 
Konstantlik hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni faxmlab 
kunda amaliy ish koʻrishda juda katta ahamiyatga egadir. Idrokimizda konstantlik 
boʻlmaganda edi, yorugʻlik oʻzgarib turganida, narsalar oʻz joylaridan andakkina 
siljiganda ham huddi shu narsalarni har gal butunlay boshqa-boshqa yangi notanish 
narsalardek idrok qilardik, hatto oʻz narsalarimizni ham ulardan hatto yarim metr 
uzoqlashgan takdirda taniy olmasdik. 
ILLYUZIYA. 
Idrok hamma ham obyektiv olamdagi narsalarning aynan oʻzini aks ettiradimi? 
Idrok etishda koʻproq xatolarga va ularga yoʻl qoʻyilgan shart-sharoitlar asosan 
koʻrish illyuziyalariga izohlar berilgan. 
1)kachon oʻzining illyuziyasi: bu bir-biriga toʻgʻri keladigan farqlanuvchi 
chiziqlar prinsipiga asoslangandir: garchi ikkala oʻz amalda baravar uzunlikda 
boʻlsa ham bir-biridan farqlanuvchi uzunroq boʻlib tuyuladi. 
2) Temir yoʻl yoʻzlarining xayoliy koʻrinishi. Garchi har ikkalasi ham aslida 
barobar boʻlsa, ham bir-biriga toʻgʻri keladigan ikkala toʻgʻri iz oraligidagi 
boʻshliqni ancha tor qismidagi chiziqlar uzunroq boʻlib tuyuladi. 
3) Tik chiziqlarning boshqacha koʻrinishi. Silindrning ustki qismi garchi uning 
kengligi tik boʻyicha babbarobar boʻlsa ham, kengroqday tuyuladi. 
4) Yelpigʻich illyuziyasi. Parallel oʻtadigan chiziqlar markazga yaqinroq 
muhitning taʼsiri ostida kabarik boʻlib, markazdan uzoqroqda esa ichkarisiga 
egilganday tuyuladi. 
5) Kesishishning illyuziyasi. Bitta toʻgʻri chiziqda ehtimol VX chiziqlari emas, 
balki AX chiziqlari oʻtadi. 
6) Umumiy markazli doiralarning illyuziyasi. Rasmda aks ettirilgan umumiy 
markaziy doiralar toʻgʻri chiziqlarning qisqa boʻlaklari ushbu doiralarni ularning 
muhit bilan kesishgan joyidan kesib oʻtganligi asbabli burama chiziq singari idrok 
etiladi. 


7) Ochiq(erkin) va boʻgʻiq rang illyuziyasi. Erkin rangli narsalar boʻgʻiq rangli 
narsalarga qaraganda kattaroq boʻlib koʻrinadi. Orik odam oq qoʻylak kiyganda 
toʻlishibroq koʻrinishi mumkin, toʻlaroq odam kostyumda ixchamroq boʻlib koʻzga 
tashlanishining boisi ham shundadir. Devorlariga havo rang oboy qogʻozi 
yopishtirilgan xona qizil oboy qogʻozi yepishtirilgan huddi shunday xonaga 
qaraganda kattaroq boʻlib tuyuladi.
Muayyan sharoitlarda barcha odamlarda vujudga keluvchi illyuziyalardan 
tashqari, baʼzi paytda odamda u kechirayotgan ruhiy holat taʼsirida ham maxsus 
illyuziyalar paydo boʻladi. Masalan, qorongʻi oʻrmonda qattiq qoʻrquv taʼsirida 
odamning koʻziga tunka boʻri boʻlib koʻrinishi mumkin. 
Notoʻgʻri idrok qilish hollari oʻquvchining oʻquv ishlarida ham koʻrinib turadi. 
1-sinf oʻquvchilari baʼzan harflarni buzib yozadiyu harf chiziqlari teskari tomonga 
qarata burib yuboradi. Masalan, 6 va 9 raqamlarini, 3 va Ye harflarini bir-biri bilan 
chalkashtirib koʻyadi. Baʼzida bolalar boʻgʻinlarni chapdan oʻng tomonga qarab 
oʻqimasdan, balki aksincha, masalan, “us” deb oʻqish oʻriniga “su” deb oʻqiydi. 
Oʻquvchilarning shu yoʻsindagi notoʻgʻri idrok qilishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun 
ular diqqatini bajarayotgan ishga jalb etish, oʻz ishlarini tekshirib koʻrishlariga 
ularni ishontirish kerak. Illyuziyalar hayvonlarda ham kuzatiladi. Oʻzining yashirin 
koʻrishdagi xom xayollarning amalda qoʻllanishiga asoslangan boʻlib, bu koʻplab 
yirtkich hayvonlar, baliklar, parrandalar va xashoratlar uchun muxofaza moslamasi 
hisoblanadi. Oʻzining yashirishning samarali ususllaridan mimikriya boʻlsa, 
ikkinchisi qiyofaning buzilishidan, yaʼni hayvonning tashqi koʻrinishi shunday 
oʻzgaradiki, uni sira ham bilib farq qilib boʻlmaydi. Zebraning erkin targil 
chiziqlari uning koʻrinishi buzilishini koʻrsatadigan misol boʻlib, ana shu targillik 
tufayli muayyan masofadan turib hayvonni tashqi koʻrinishini aniq ajratib olish 
qiyin boʻlib qoladi. Ushbu hodisalarning hammasi illyuziyalar va berishiga olib 
keladigan umumiy omillar mavjudligiga ishonch tugʻdiradi. Kuzatiladigan qator 
xayoliy koʻrinishlarga turli xildagi kamon oʻzining xayoliy koʻrinishi idrokning 
yaxlitligi xususiyati bilan izohlanadi: biz koʻrib turgan shaklimizni va uning 
qismlarini alohidaalohida tarzda emas, balki bir-biri bilan uyunlashgan tarzda idrok 
etamiz va butun shaklining xususiyatlarini uning qismlariga notoʻgʻri tarzda 
koʻchirgan holda idrok etamiz. Yelpigʻichning xayolan koʻrinishni ham ana shu 
tarzda izohlash mumkin. Tik chiziqlarning shu hol bilan izohlanadiki, koʻzlarning 
tik tekkislikdagiga nisbatan koʻproq zoʻriqishini taqozo etadi. Mushaklar 
zoʻriqishining jadalligi bosib oʻtilgan yoʻlning oʻlchovi sifatida xizmat qilganligi 
uchun ham vertikal masofa bizga gorizontal masofaga qaraganda uzoqroq tuyuladi. 
Lekin xayoliy koʻrinishlarning barcha turlari uchun ham ishonarli tarzda izoh 
topilgani yoʻq. 
ADAPTATSIYA. 
Sezgilar chegarasining asosiy mehri bilan belgilanadigan analizatorlarning 
sezgirligi barqaror boʻlmasdan qator fiziologik psixologik shart-sharoitlar taʼsiri 
ostida oʻzgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptatsiya(moslashish) 
hodisasi alohida oʻrin egallaydi. 
Adaptatsiya yoki moslashuv-sezgi organlari sezgirligining qoʻzgʻatuvchi taʼsiri 
ostida oʻzgarishi demakdir. 


Bu hodisaning 3 xil toʻrini alohida koʻrsatish mumkin: 
1.
Qoʻzgʻatuvchining uzoq muddat davomida taʼsir etishi jarayonida sezgining 
tamomila yoʻqolib qolishiga oʻxshaydi. Doimiy qoʻzgʻatuvchilar taʼsir qilgan 
takdirda sezgi yoʻqolib qolish xususiyatiga ega. 
Masalan, terining ustiga qoʻyilgan yengilgina yuk tezdayek syozilmaydigan 
boʻlib qoladi. Xid bilish sezgilari atrof-muhitga yoqimsiz hid yeyilganidan keyin 
koʻp oʻtmay batamom yoʻqolib qolishi ham oddiy bir hodisadir. 
2.
Adaptatsiya deb, shunigdek, yoʻqorida bayen etilgan hodisalarga yaqinroq 
boʻlgan kuchli qoʻzgʻatuvchining taʼsiri ostida sezgining zaiflashib qolishi 
bilan ifodalanadigan yana bitta hodisaga aytiladi. 
Masalan, sovun qoʻzgʻatuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qoʻlni sovuq 
suvga solinganda susayadi. 
Adaptatsiyaning bayen qilib oʻtilgan bu ikki toʻrini negativ adaptatsiya
atamasi bilan birlashtirish mumkin, negaki, buning oqibatida analizatorlarning 
sezuvchanligi susayib ketadi. 
3.
Nihoyat kuchsiz qoʻzgʻatuvchining taʼsiri ostida sezgirlikning ortishi ham 
adaptatsiya deb aytiladi. Ayrim sezgi turlariga xos boʻlgan adaptatsiyaning bu 
toʻrini poaitiv adaptatsiya deyish mumkin. 
Koʻrish analizatoriga tadbiqan buni qorongʻilik adaptatsiyasi deyiladi. Bunda 
qorongʻilikda uzoq vaqt boʻlganlik taʼsiri ostida koʻzning sezuvchanligi ortadi. 
Eshitish koʻnikmasining shoʻnga oʻxshaydigan shakli soqinlik adaptatsiyasi 
deyiladi. 
Tadqiqotlar bir xil analizatorlarda tez, boshqalarida sekin boʻlishi 
xususiyatiga ega ekanligini koʻrsatadi. 
Masalan, taktil retseptorlari juda tez adaptatsiyalanadi.
Uzoq davom etadigan biror qoʻzgʻatuvchi teriga tekqizilganda uning sezuvchi 
nervlari boʻylab qoʻzgʻatuvchi taʼsir qila boshlaganda unda unchalik katta 
boʻlmagan signallar oʻtqanday boʻladi. 
Koʻrish retseptori, hid bilish va taʼm bilish retseptorlarida adaptatsiyaga 
nisbatan sekin yuzaga keladi. 
Adaptatsiya hodisasini qoʻzgʻatuvchining davomli taʼsiri natijasida 
retseptorning amal qilishida roʻy beradigan oʻzgarishlar bilan tushuntirish mumkin. 
Adaptatsiya hodisasi analizatorlarning markaziy boʻlimlarida yuz beradigan 
jarayonlar bilan ham izohlanadi. 
FAZONI IDROK QILISH. 
Fazoni idrok qilish toʻgʻrisida gapirar ekanmiz, biz narsalarning fazodagi 
formalarini, ularning fazodagi kattakichikligini va fazodag oʻzaro munosabatlarini 
koʻzda tutamiz. Maʼlumki, fazodagi formalariga qarab, uch boʻlakli, toʻrt boʻlakli, 
kub, silindr va shu kabi shakldagi narsalarga ajratiladi, narsalar kattakichikligiga 
qarab, nisbatan katta, kichikroq, oʻrtacha va hoqazo narsalarga ajratiladi, fazodagi 
munosabatlarga qarab, bu narsalar va bizga bir-biriga nisbatan yaqin, uzoq, chap 
tomonda, yoʻqori yoki past boʻlishi mumkin. Fazoni biz uchun hamma uch 
oʻlchovida koʻrinishi teri sezgilari va muskul harakat organlari yordami bilan idrok 
qilamiz. 


Fazo munosabatlarini, narsalarning formasi, narsalarning hajmi va 
kattakichikligini biz asosan koʻz bilan idrok qilamiz. Fazoni biz molekulyar va 
binokulyar idrok qilamiz. 
Molekulyar idrok qoʻyidagicha voqe boʻladi. Biz koʻz bilan qaraganimizda, 
biz shu narsadan aks ettiradigan nurlar koʻz gavharida sinib, koʻzning tur 
pardasi(setkacha)da shu narsaning aks etgan surati fatoapparatlardagiga oʻxshab, 
toʻnkarilib, teskari tushadi, ammo bunga qaramasdan, biz narsani xaqiqiy holatida, 
xaqiqiy shakli va kattakichikligida koʻramiz, idrok qilamiz. 
Koʻzimiz bilan tip(toʻppa=toʻgʻri) qaraganimizda, agar yorugʻlik boʻlib 
koʻrinib turgan narsalar oʻrtasidagi koʻrish burchagi 50 gradusdan kam boʻlmasa, 
koʻzimiz ayni bir vaqtda ikki narsani(ikki nuqtani) koʻra oladi. Lekin koʻrish 
burchagi kichikroq boʻlsa, ikki narsa yoki ikki nuqta bittadayek boʻlib koʻrinadi. 
Yon tomondanqaraganda ikki nuqta bittadayek koʻrinadi va koʻrish burchagi xiyla 
katta boʻladi. Shuning uchun ham uzoq massofadagi ikki yoki bir qancha narsa 
“birlashib ketib” bir narsadek idrok qilinadi. 
Biz narsalarning fazo munosabatlari formalari va katta kichikligi bilan 
birgalikda idrok qilganimizda ikkala koʻzimiz bilan , yaʼni binoqoʻlyar idrok 
qilamiz. 
FAZONI IDROK QILISHDA TERI SEZGILARI VA MUSKUL HARAKAT 
ORGANLARINING ROLI. 
Fazoni teri sezgilari va muskul harakat organlarining roli vasitasi bilan idrok 
etganda koʻz bilan qarab ham, koʻz bilan qaramasdan ham idrok qilaverishi 
mumkin. 
Maydaroq narsalarning shaklini, ularning katta kichikligini holatini biz teri 
sezgilari vositasi bilan, yaʼni ushlab koʻrib bevosita idrok etamiz. Masalan, 
qoʻlimizdagi tanga pulning shaklini, kattakichikligini, holatini bevosita sezgilari 
vositalari bilan bilamiz. 
Teri sezgilari vositasi bilan biz, xususan 2 oʻlchovli uzunlik(masofa) va sirt 
oʻlchovlarini idrok qilishimiz mumkin. 
Narsalarning idrok qilinayetgan kattakichikligi ularning koʻz tur pardalarida 
tasvirlangan ulchami va kuzatuvchining qoʻllaridan olisyaqinligi bilan belgilanadi. 
Koʻzlarning turli olislikdagi narsalarni aniqravshan koʻrishga moslashuvi 2 ta 
mexanizm: AKKOMODATSIYA va KONVERGENSIYA yordamida yuz beradi. 
Akkomdatsiya-koʻz gavharining egriligini oʻzgartirish yoʻli bilan aksini 
sindirib qaytarish qobiliyatini oʻzgartirish demakdir.Masalan, yaqinroqda 
joylashgan narsalarga qaraganimizda mushaklarimizda qisqarish yuz beradi, 
natijada koʻz gavhari taranglashish darajasi kamayadi va u yanada kavarik shaklga 
kiradi. Yesh ulgaya borgan sari koʻz gavhari sekinasta harakat qiladigan boʻlib 
qoladi va moslashuv, yaʼni turlicha uzoqlikdagi narsalarga qaraganda oʻz shaklini
oʻzgartirish qobiliyatini yoʻqotadi. Natijada yaqinroqdagi narsalardan koʻra 
uzoqdagi narsalar yaxshiroq koʻrina boshlaydi, bu aniq ravshan koʻrinadigan 
yaqinroqdagi nuqta yesh oʻqitish bilan tabora uzoqlasha borishida oʻz ifodasini 
topadi. 
KONVERGENSIYA burchagi bevosita masofa indiqatori, yaʼni oʻziga xos 
masofa ulchagich sifatida foydalaniladi. Muayyan masofa uchun konvergensiya 


burchagini obyekt oldida joylashtirilgan prizmalar yordamida oʻzgaritirsh mumkin. 
Bunda agar kovergensiya burchagi kattalashadigan boʻlsa, obyektning koʻrinib 
turgan ulchami kattalashadi, oʻngacha boʻlgan idrok etilayetgan masofa esa 
qisqaradi. 
Narsalarning chuqurligi va olisligi binoqoʻlyar koʻrish orqali idrok qilinadi. 
Olisdagi narsalarni binoqoʻlyar koʻrish paytida har ikki koʻzning koʻrish chiziqlari 
parallel boʻladi. 
Akkomodatsiya va konvergensiya faqat juda kichik doirada uncha katta 
boʻlmagan masofada, masalan, akkomodatsiya 56 metr atrofini konvergensiya 450 
metrga kdar amal qiladi. Kishi oʻzi idrok etayetgan narsalarning chuqurligini va 
ular egalllaydigan boʻshliqni 2500 metrga qadar masofadan turib farqlay oladi. 
Chuqur joylashganlikni baholay bilishga oid bunday qobiliyat bir qarashda 
tugʻma hislatga oʻxshaydi. Masalan, tajribada bola kondiriladigan joyga oʻtkazib 
yenidagi chuqurni shisha bilan yepib qoʻyiladi. Tushak ustida emaqlayetgan bola 
shisha yeniga kelib toʻxtab qoladi. Bunda bola chuqurlikdan koʻrkib emas, balki 
oʻzi uchun yangilikka javob reaksiyasi roʻy beradi. 
Chuqurlikni 2 xil idrok etilishini tahminlaydigan rasmlar yaxshi tanish(16, 
17, 18 rasimlar). Ayrim chuqurlik shaklini tamomila teskarisiga aylanishi 
mumkinligi hodisasi alohida ahamiyatga egadir. Masalan, uchuvchi tomonidan 
koʻrish maydonining idrok etilishi. Maydon chuqurligi uchuvchi uchun teskari 
boʻlishi mumkin. Bu holat tunda va tumanda kuzatiladi. Koʻrish maydonidagi 
chiroqlarning yerkinligi ana shuday signallardan biri hisoblanadi va chuqurlikni 
idrok etishning teskari boʻlishi uchun nurlar vositasidagi signallarining notoʻgʻri 
uygunlashtirilishining oʻzi kifoyadir. 
Obyektlarni va ularni joylashgan yoʻnalishlarini faqat koʻrish bilan emas, 
balki eshitish va tahlil analizatorlari yordami bilan ham idrok etish mumkin. 
Xayvonlar uchun tovush va hid koʻpincha uzoqdan taʼsir qiluvchi va xavfxatar 
holatida xabar beruvchi yakkayu yagona signallar boʻlib hisoblanadi. 
Tovushning yoʻnalishi BONOURALP eshitish orqali idrok qilinadi. 
Tovushlar gorizontal chiziq boʻylab faqat chap va oʻng yoʻnalishda emas, balki 
yoʻqoriga va pastga qarab ham eshitishlishi mumkin. Tajribadan maʼlumki, keyingi 
holatda tvushning fazoda joylashuvini idrok etish uchun sinaluvchining boshi 
harakat qilishi zarurdir. 
VAKTNI IDROK QILISH. 
Vaktni idrok qilish toʻgʻrisida gapirar ekanmiz, biz qoʻyidagilarni nazarda 
tutamiz. Vaktni idrok qilishni vaqt “boʻlaklarini” soat va boshqa xronometrik 
asboblar yordamida ulash deb tushunish yaramaydi. Kishi huddi bir xilda boʻlgan 
vaqt boʻlagi(minut, soat) ning obyektiv davomini hamisha bir xilda sezavermas 
ekan. Baʼzan 1 soat 1 daqiqaday oʻtib ketadi, deb gapiradilar. Biz vaqtni hozirgi 
zamon(hozirgi payt) va undan kelgusida borayetgan real narsadek idrok etamiz, uni 
tasavvur qilamiz va fikrlaymiz. Shuning uchun ham oʻtish, hozirgi zamon va 
kelgusi maʼnoosidan olingan tushunchalari mavjuddir. Vaktni idrok qilish haqida 
gapirar ekanmiz, biz hozirgi paytni nazarda tutamiz. Psixologik, subyektiv nuqtayi 
nazardan biz borayetgan vaqtning “boʻlaklarini” hozirgi payt (endilik) deb idrok 
etamiz. Dars, leksiya yoki birorta musiqaviy asarni eshitib oʻtirish davomida vaqt 


ham mana shunday idrok etiladi. Demak, vaqtning toʻhtovsiz borishi davomi payt 
deb tuyuladi. Vaktni idrok qilish organizmda borayetgan fiziologik jarayonlar bilan 
belgilanadi. Yurak tepishi, nafas olish ritmikasi va organik sezgilar vaqtni idrok 
iklishda katta rolp uynaydi, bu hol maxsus tekshirishlar natijasida aniqlangan. 
Oʻtayotgan vaqt tasavvur, fikr, nutq, his va orzularning organizmda almashib 
turishida subyektiv idrok qilinadi. Subyektiv idrok qilinadigan vaqtning davomi, 
choʻzilishi, borishi esa oʻzgarib turadigan ong mazmunining qanchalik mazmundor 
boʻlishi bilan belgilanadi. Chunonchi, odamning psixik hayoti bedorlik vaqtida eng 
boy mazmoʻnga ega boʻladi. Shu sababli vaqtning tez va sekin oʻtayetganligi his 
qilinadi. Demak, vaqtni idrok qilish “vaqt hissi” aniq boʻlmasdan, subyektiv boʻlar 
ekan. Shuning uchun ham biz koʻpincha vaqt davomida belgilashda xatoga yoʻl 
qoʻyib, oʻzimizcha vaqt tez oʻtdi yoki “sekin” oʻtmoqda deb uylaymiz. Bu esa 
odamning ham faoliyatiga, ham ruhiy holatiga koʻpincha salbiy taʼsir koʻrsatadi. 
Vakt ham makon singari materiyaning asosiy hayot kechirish shakllaridan biridir. 
Vaktning idrok qilinishi voqelik hodisalarining obyektiv ravishda davomiyligini, 
tezligini va izchilligini aks ettirish demakdir. Vaktning idrok etilishi kishiga oʻzini 
qurshab turgan muhitdan moʻljal olish imkonini beradi. Odamda vaqt chamalash 
miya kobigi boʻlmalari yordamida roʻy beradi. Klinik kuzatuvchilarda olingan 
koʻplab maʼlumotlar vaqtni idrok etish kobikning maʼlum bir joyida roʻy beradi. 
Vaktni sarhisob qilishning maxsus markazi mavjud, deb tahmin qilishga asos 
yoʻqligini ishonarli tasdikladi. Vaktni idrok etishning buzilishlari kobikning turli 
boʻlimlari lat yeganda kuzatiladi. Vakt yaxlit birlik sifatida amal qiladigan 
sistemaga birlashgan bir qator analizatorlar yordamida idrok qilinadi. Vaktning 
idrok qilinishi negizini koʻzgalish va tarmoqlanishning ritmik tarzda almashinuvi 
MNS sida, bosh miyaning katta yarim sharlarida koʻzgalish va tormozlanish 
jarayenilarining susayishi tashqil etadi. 
Ritm odatda bir qator harakatlarning bir xil mexr bilan davom etishi orqali 
idrok etiladi. “Ritmik his qilish oʻz mohiyatiga koʻra harakatlantiruvchi 
mazmoʻnga egadir”. 
Eshitish sezgilari taʼsir qilayotgan qoʻzgʻatuvchining vaqtga oid 
xususiyatlarini uning davomiyligini, ritmik xususiyatini va shu kabilarni aks 
ettiradi. I.M.Sechenov eshitishni vaqt oʻlchovi, eshitish xotirasini esa vaqt xotirasi 
deb atagan edi. 
Vaktning davomiyligi davrlarni idrok qilish koʻp jihatdan ichki 
kechinmalarning xususiyati bilan belgilanadi. Qiziqarli chuqur asoslangan faoliyat 
bilan band qilingan vaqt harakatsizlik bilan oʻtgan vaqtga nisbatan odatda qisqaroq 
boʻlib tuyuladi. Sensor axborotni cheklash yuzasidan oʻtkazilgan tajribalar shuni 
koʻrsatadiki, sensor cheklanishi sharoitida subyektiv tarzda vaqt haddan ziyed 
sekin oʻtadi. Masalan, bir xildagi doimiy tovush sust holda tushib turgan nur va 
boshqalar bir necha daqiqa davomida sinalgan tekshiruvchi minutlarning soat kabi 
choʻzilib ketganligini aytgan. Vaktning idrok etilishi hissiy holat bilan bogʻliq 
ravishda ham oʻzgaradi. Maqoʻl keladigan hisxayajonlar xayolda vaqtni tez 
oʻtayetganday koʻrsatadi, salbiy hissiyetlar esa subyektiv tarzda vaqtni bir oz 
choʻzib yuboradi. 
HARAKATNI IDROK QILISH. 


Harakatning 
idrok 
qilinishi-obyektlarning 
fazoda 
egallagan 
holati 
oʻzgarishining aks ettirishidir. Harakatning idrok etilishi hayotiy muhim 
ahamiyatga egadir. Xayvonlarning baʼzilari uchun harakat qiluvchi obyektlar 
xavfxatar yoki ozuqlanish imkoniyati paydo boʻlganligi haqida signallar vazifasini 
bajaradi. Koʻz tur pardasining periferik boʻlimlari faqat harakatni sezuvchi boʻladi. 
Obyekt koʻrish maydonida paydo boʻlganda koʻzning reflektor burilishi yuz 
beradi, natijada obyektning tasviri koʻrish maydonining markaziga kuchadi, obyekt 
ana shu joyda farqlanadi. 
Harakatni idrok qilishda koʻrish va kinestetik analizatorlar asosiy rolp 
uynaydi. Koʻrish orqali biz obyektlar harakati haqidagi axborotni nigoh va 
koʻzlarning kuzatuvchi harakati yordami b olishimiz mumkin. Koʻz nisbatan 
harakatsiz boʻlib turadigan birinchi holda harakatlanuvchi obyekt turlarida tezlitk 
bilan joyini oʻzgartiradigan tasvirni hosil qiladi. Bunda obyektning turlardagi 
tasviri faqat bir joydan ikkinchi joyga kuchib qolmasdan, balki doimo oʻzgarib 
ham turadi. 

Yüklə 152,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin