Hikoya
– o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli
tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Hisobga olish
– ta‘limning muayyan davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi
faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.
Huquqiy
madaniyat
– shaxs tomonidan
huquqiy bilimlarning
o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining
sifat ko‘rsatkichi.
Huquqiy ong
- muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan
belgilanadigan
tasavvur, idrok, tafakkur va e‘tiqodlar tizimi bo‘lib,
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy tarbiya
- shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma va
malakalarini hosil qilish, unda ijobiy
huquqiy sifatlarni qaror
toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon.
Huquqiy ta‘lim
- o‘quvchilarga huquqiy me‘yorlar, qonunlar hamda
ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risidagi tizimlangan
bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan
ehtiyojni yuzaga
keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.
Huquqiy faoliyat
- huquqiy me‘yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli
yondashish, ularga qat‘iy va og‘ishmay
amal qilish, qonunlarni
hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida
e‘tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi
faol ishtirokni
tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.