muhim ijtimoiy burch sifatida yondashish; har qanday mehnat faoliyatiga
nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lish; mehnat va uning mahsulini qadrlash;
mehnatni tashkil etishga
jamoa usulida yondashish; doimiy ravishda
tashabbuslar bilan chiqish; mehnatni faol, ijtimoiy tashkil etish; aqliy va
jismoniy quvvatga tayangan holda mehnat qilish ishtiyoqining ichki ehtiyojiga
aylanishi;
mehnatni ilmiy tashkil etish; mehnatga nisbatan asosiy hayotiy
zarurat sifatida munosabatda bo‘lish.
Mehnatga, mehnat qilishga ruhiy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal etadi:
Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash;
Mehnatning maqsad va vazifalarini anglash;
Mehnat faoliyatini tashkil etish rag‘batini qaror toptirish;
Mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlikni qaror toptirish;
Mehnatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
Mehnatning kishilik taraqqiyoti bosqichlaridagi roli va o‘rnini anglash;
O‘tmish ajdodlarimizning mehnatini ulug‘lovchi qadriyatlarini anglash
va shu kabilar.
Ta‘lim muassasalarida mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur
asosida tashkil etiladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur
asosida amalgam oshiriladi. Mehnat ta‘limi dasturi na‘munaviy
xususiyatga
ega. Unda maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilari mehnat faoliyatini baholash
bo‘yicha ta‘lim va tarbiya natijasiga nisbatan davlatning minimum talablari aks
etadi.
Mehnat tarbiyasi jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega
bo‘lish maqsadning o‘zi va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki
eng muhim insoniy layoqat- mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita
hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda
reproduktiv
metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash
yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish
hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda
reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash
hamda yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi
faol tadqiqot metodlaridan
foydalanish hisoblanadi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tshkiliy shakllarini
o‘qituvchilar o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari hamda, mahalliy
shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydilar. Mehnat tarbiyasini yo‘lga
qo‘yishda shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, natijada mehnat
insonning eng sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs mehnat ta‘limi va
tarbiyasini yuqori o‘ringa qo‘yishi lozim. Oqibatda shaxs qo‘lga kiritgan
mehnat
muvaffaqiyatidan quvonish, o‘z qadr-qimmatini anglash hamda o‘z
mehnatidan g‘ururlanish tuyg‘usi qaror topsin.
Mehnat tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashish o‘quvchilar tomonidan
egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlarini ta‘minlashga olib keladi.
Bugungi kunda mehnat tarbiyasining tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarmoqda, u
o‘zida texnika va texnologiyalarni tushunish (tasavvur qilish), amaliy
vazifalarni hal etish ko‘nikmasi hamda holatlarini ifoda etadi.
Mehnat tarbiyasini samarali tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbirlar shaxs uchun ham,
jamiyat uchun ham foydali bo‘lib, shaxsni yo‘naltiruvchi xususiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: