11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 
 
 


17-mavzu: Axloqiy va estetik tarbiya. 
REJA: 
1.
Axloqiy tarbiya mazmuni.
2. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari. 
3. Estetik tarbiyaning mazmuni. 
4. Estetik tarbiyaning vazifalari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
axloq, shaxs ma‘naviyati, madaniy-axloqiy 
kamolot, axloqiy ong, odob, xulq, fazilat, xislat, estetik ideal, did, nafosatlilik.
1.
Axloqiy tarbiya mazmuni. 
Axloqiy tarbiya nima va u o'z oldiga 
qanday maqsadni qo'ydi? 
 
Axloq birinchidan, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib qoida bo'lib, 
bu tartib qoidalarining xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. 
(«Filosofiya», «O'zb», 76. 45-bet). Jumladan, axloq, adolat, saxovat, xalovat, 
xalollik, rostgo'ylik kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi. U bizning kundalik 
ishlarimizga va ongimizga aktiv ta'sir ko'rsatib, jamiyat nomidan yaxshilik bilan 
yomonlik, 
zulm, 
adolat 
bilan 
adolatsizlik 
o'rtasidagi 
va 
insoniy 
munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan 
ishlarni, xatti-harakatlarni belgilab beradi. 
Ikkinchidan, axloq ijtimoiy fikr, ong bilan jamiyatda belgilab qo'yilgan 
odamlarning xulq atvor qoidalarining yig'indisi bo'lib, ularning bir-birlariga 
bo'lgan munosabatlarini, majburiyatlarni belgilab beradi. Axloq odamlarni 
jamiyatdagi axloqiy еtuk, еtuk xulq atvorining namunasi bo'lib hizmat qiladi. 
Odamlar o'rtasidagi munosabatlarning to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi. 
Axloq me'yorlari xulq atvorning boshqaruvchisi sifatida odob me'yorlariga 
yaqin turadi. Huquqga zid xatti-harakat axloqsiz harakat deb qaraladi. Axloqiy 
tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli bo'lishga o'rgatish bilan profilaktika 
ishlarini ham olib boradi. 
Uchinchidan, ahloq falsafiy kategoriya bo'lib, har bir shaxs uchun zarur 
bo'lgan 
rostgo'ylik, 
kamtarlik, 
halollik, 
oliyjanoblik, 
mehnatsevarlik, 
xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik singari fazilatlarni shakllartiradi. 
To'rtinchidan, axloq, ijtimoiy qatlamning, xalqning ma'naviy qiyofasi, g'oyasi, 
ruhiyatining harakterli xususiyati sifatida maydonga chiqadi. 
Axloqning eng asosiy vazifasi fuqarolikni shakllantirishdan iboratdir. «Eng 
muhimi,-deb yozgan еdi V.A.Suxomlenskiy fuqorolikni tarbiyalashdir, chunki 
bu butun tarbiyaviy ishlarning mag'zi, o'zagi hisoblanadi».
Har bir jamiyat o'z fuqorolari oldiga ma'lum talablar tizimini qo'yadi. Bu 
avvalo, insonnig axloqiy fazilatlariga, uning xulqiga qo'yilgan talablardir. 
Kishilar mehnat va muomala jarayonida bir-birlari bilan turli tuman 
munosabatda bo'ladilar. Bu munosabat jamiyat va har bir fuqaro oldiga 
quyidagi talablarni ta'riflab beradigan qonunlar, qoidalar bilan tartibga solib 
turiladi. Bu majburiyatlar ahloq talablariga ko'ra belgilanadi. Bu talablarda har 
bir katta yoshli kishining, umuman, jamiyatga, atrofdagi kishilarga, o'z oilasiga 
munosabati belgilanadi, inson ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanishga, 


davlat mulkini ehtiyot qilishga, o'z oilasining mehnatga layoqatsiz a'zolari 
to'g'risida g'amxo'rlik qilish va ularni moddiy jihatdan qo'llab quvvatlashga, 
belgilangan yoshi еtgan farzandni maktabga yuborishga va shu kabilarga 
majburligi ta'kidlanadi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs hulqini 
baholash uchun nizom bo'lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq 
shaxsning hulqidagi ayrim harakat va odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi. 
Axloq ijtimoiy taraqqiyotning natijasidir. U sinfiy harekterga ega. U yangi 
ijtimoiy munosabatlar bo'lib, vatanga, xalqqa sodiqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin