11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 
 
1-MAVZU: PEDAGOGIKA PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, 
Reja: 
1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida.
2. Pedagogika fanining metodologiyasi. 
3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 
4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va fanlar tizimida
pedagogikaning o‘rni va ahamiyati. 
5. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Mavzu uchun tayanch so‘z va iboralar: 
Ta‘lim, 
tarbiya, 
zamonaviy 
texnologiya, 
pedagogika 
fanining 
metodologiyasi, kategoriyalar, fanlar bilan aloqasi. 
Adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. ―Yuksak ma‘naviyat еngilmas kuch‖ – T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008 
 
2. О‗zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – T.: Adolat, 1998 y. 
3.Hoshimov K, S.Ochil ―O‘zbek pedagogikasi antologiyasi‖ o‘quv qo‘llanma 1-
jild. T.: O‘qituvchi 2010yil.
4. J.Hasanboyev va boshqalar ―Pedagogika‖ darslik T:.O‘qituvchi -2011
1.Pedagogika ijtimoiy fan sifatida
. Milliy istiqlol tufayli taraqqiyotning 
barcha sohalarida jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning 
bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika 
yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha 
oladigan, tadbirkor, ma‘naviy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish dolzarb 
vazifalardan hisoblanadi. Bu esa, avvalo, pedagogika fanini, ta‘lim-tarbiya tizimini
zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunida (1997y.) 
ta‘lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e‘lon qilinishi 
pedagogika fani zimmasiga juda katta mas‘uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. 
Juda boy ilmiy, ma‘naviy, madaniy, diniy merosimimizni qayta tiklash ularni 
zamon ruhi talabi bilan uyg‘unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etib 
qolmasdan umumjahon ma‘naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa 
bo‘lib qo‘shilmoqda. 
O‘sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajakda qanday kasb-hunar 
egallashlariga qarab, Respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo‘ladi. Yoshlar 
farovon hayotimiz mezonidir. Xuddi shu ma‘noda yoshlarning ta‘lim-tarbiyasiga 
jiddiy e‘tibor bermog‘imiz lozim. Yoshlar ta‘lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, 
o‘qituvchi-tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir. 
Savol tug‘iladi: ular ta‘lim-tarbiya borasida nima qilishlari, qanday yo‘l 
tutishlari, nimaga e‘tibor berishlari lozim? Bu savollarga ma‘lum darajada 
pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo‘lgan? 
Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. 
Manbalarda yozilishicha kishilik jamiyati paydo bo‘lgach, ijtimoiy hayotda


orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi. Tajribalarning 
to‘planishi natijasida ta‘lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, 
ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma‘lum bilimlar boyib bordi. 
Ta‘lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar 
homiylari sifatida ajralib chiqa boshlashdi. Ularning ta‘lim-tarbiya borasidagi 
faoliyatlari va to‘plangan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining 
vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi 
muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib, pedagogika ta‘lim-
tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish 
shakllari haqida ma‘lumot beruvchi fanga aylandi. 
Demak, pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib 
tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga 
oshirish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir. 
Ba‘zan, pedagogika fanining nima keragi bor? Pedagogikadan xabari yo‘q, 
lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan insonlar ko‘pku? Yoki aksincha, pedagogika 
fanini bilgan holda hatto o‘z bolalarini risoladagidek tarbiyalay olmaganlar 
ozmunchami? degan savollar eshitilib qoladi. 
Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fanining yutuqlarisiz jamiyatni olg‘a 
siljitish g‘oyat mashaqqatli kechadi. 
Agar pedagogika fanidan xabarsiz bo‘lgan kishilar pedagogika fanini o‘z 
vaqtida o‘rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida bolalarni ham yahshiroq 
tarbiyalagan bo‘lur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor kishilar esa o‘z 
bilimlarini tajribada ishlata olmaganliklari uchun bolalarni tarbiyalashda 
muvaffaqiyatga erisha olmaganlar. 
Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o‘rganish lozim. 
Ta‘lim tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar 
berish bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash shartidir. Bunda tarbiyachining beg‘araz 
mehnati, bolalarni sevishi va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini 
ta‘minlaydi. 
Biroq, ijtimoiy jarayonda to‘plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil 
etsa-da, ularning hammasini yosh avlodga o‘rgatishning imkoniyati yo‘q edi. Faqat 
xalq ta‘limi tizimiga kiruvchi bo‘g‘inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan 
qismini qamrab olish mumkin edi. 
Bu еrda ham muammo tug‘ildi. Hozirgi kunda barcha xildagi tajriba 
shakllari tarbiya mazmunini tashkil eta oladimi? Yosh avlod tarbiyasiga aloqador 
tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug‘ullanadi?
Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil 
etavermaydi. Chunki: 
- Birinchidan, pedagogika, xususan, o‘zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida 
juda murakkab bo‘lgan tomonlar (hatto bu murakkablikning noma‘lum qismlari) 
mavjudki, ularni yoshlar daf‘atan o‘zlashtira olmaydilar. Masalan; sharq falsafasi 
yoki mutafakkirlarimizning ma‘naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar, 
diniy manbalardan yaxshi xabardor bo‘la olmaganligimiz sababli o‘rganishimiz 
qiyin kechadi; 


- ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlariga ko‘ra va ham 
metodik, ham moddiy asosning etishmasligi sababli to‘plangan tajribalarning 
hammasini olish imkoniyati yo‘q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining 
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o‘zgarishlarni hisobga olib 
tarbiya mazmunini shakllantirish darkor. 
O‘zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millat-
yelatlarning orzu-istaklariga monand ta‘lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy 
muammolarini milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal etib berishdir. Bunda islom 
dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, zamondosh olimu 
fuzalolarimizning ta‘limotlaridan hamohang ta‘lim tarbiyaga oid qirralarini izlab 
topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval 
qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka 
hokimliligiga endilikda nuqta qo‘yiladi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini 
tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir. 
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan 
ma‘noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so‘zlaridan paydo bo‘lishi quyidagicha 
izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gresiyada, quldorlarning bolalalarini 
ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan. 
U bolalarning kamolga еtishiga mas‘ul bo‘lgan. Quldorning bolasini еtaklab 
maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o‘qituvchilarni 
«didaskallar» (didayko-men o‘qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa 
har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta‘lim-tarbiya bilan maxsus
shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy 
ta‘kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so‘z hozir ham ta‘lim-tarbiya 
beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin