11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

OLIY TA‘LIM 
Oliy ta‘lim o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi negiziga asoslanadi hamda 
ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. 
Oliy ta‘lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida 
va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. 
Bakalavriat mutaxassisliklar yo‗nalishi bo‗yicha fundamental va amaliy 
bilim beradigan, ta‘lim muddati kamida to‗rt yil davom etadigan tayanch oliy 
ta‘limdir. 
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‗ng bitiruvchilarga davlat 
attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‗yicha ―bakalavr‖ darajasi beriladi va 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan 
shug‗ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. 


Magistratura aniq mutaxassislik bo‗yicha fundamental va amaliy bilim 
beradigan, bakalavriat negizida ta‘lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy 
ta‘limdir. 
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik 
dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, 
kasb-hunar faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. 
Ikki bosqichli oliy ta‘lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun 
quyidagilarni amalga oshirish zarur: 
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish 
va joriy etish; 
oliy ta‘lim muassasalari uchun professor-o‗qituvchi kadrlar tayyorlash, shu 
jumladan chet ellardagi еtakchi o‗quv va ilmiy markazlarda tayyorlash; 
oliy ta‘lim muassasalarida tarkibiy o‗zgartishlar o‗tkazish; 
oliy ta‘lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning 
mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat 
kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish; 
ta‘limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta‘sirchan 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
o‗qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distantsion 
ta‘lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‗zlashtirish; 
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul 
tizimidan foydalangan holda talabalarni o‗qitishni jadallashtirish; 
xalqning boy ma‘naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar 
asosida ta‘limning insonparvarlik yo‗nalishini ta‘minlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin