muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash
hamda tegishli o‗quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta‘lim olish o‗quvchilarga
o‗z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‗lishni
ta‘minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta‘limning
keyingi bosqichlarida o‗qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-
hunar bo‗yicha mehnat faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradi.
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilar zarur:
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‗rsatishining
normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
soha uchun oliy ta‘lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat
sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta
tayyorlashni tashkil etish;
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy
etish;
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‗quv muassasalari uchun ta‘lim va kasb-
hunar dasturlari, o‗quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
akademik litseylarning o‗quvchilari mehnat faoliyati ko‗nikmalarini
egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;
kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va
kasb-hunar, malaka talablarining ro‗yxatini ishlab chiqish;
hududlarning jug‗rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli
sohadagi mutaxassislarga bo‗lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‗rta
maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimi ta‘lim muassasalarining tashkil etilishini va ular
oqilona joylashtirilishini ta‘minlash, ularga o‗quvchilarni imkon qadar oilasidan
ajratmagan holda qamrab olish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot
bazalarini mustahkamlash.
Dostları ilə paylaş: