11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari 
tizimi 
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa 
fanlar kabi ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. 
Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak 
haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar ma‘lum darajada pedagogika fani uchun 
manba bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning 
ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. 
Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga 
asoslanadi va o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli u falsafa, 
tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy 
aloqadadir. 
Ma‘lumki, har bir o‘qituvchi-tarbiyachi, o‘quvchi o‘z ona yurti tarixini bilishi, 
vatanparvar bo‘lishi lozim. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan 
xabardor bo‘lmay turib, o‘qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika 
nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o‘tmishdagi taraqiyotini bilish kerak. 
Masalan, pedagogika tarixi o‘tmishda ta‘lim-tarbiya borasida qanday kurashlar 
bo‘lgani va qanday qilib ijobiy yoki salbiy yakunlangani, ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi tufayli pedagogik g‘oyalar, tarbiya 
muassasalaridagi ishlarning mazmuni va metodlari qanday o‘zgarib borganini, 
tarixda ijod etgan olimlarning pedagogik g‘oyalari va ularning faoliyatlari bilan 
tanishtiradi. 
O‘qituvchi-tarbiyachi o‘quvchilarga bilim berish, ma‘lumotli qilish, 
tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta‘sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy 
omillarga asoslanadi. Ya‘ni ko‘rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun 
pedagog o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqat va tafakkur, fikrlash 
jarayonining qanday kechayotganini bilishi va ularga asoslanib ta‘sir ko‘rsatish
rejasini belgilaydi. 
Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiologiya kabi fanlar bilan ham 
uzviy bog‘langandir. Ma‘lum ma‘noda o‘qituvchilarga xizmat qiladigan 
psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin. 
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘limi bo‘yicha 
ma‘lumot beradi. Bu fan o‘quvchining xulqi, odobi me‘yorlarini aniqlash, 
belgilash hamda go‘zallikni chin ma‘noda tushuntirish, o‘quvchi ongida hayotning 
jozibali, nafis qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish borasida pedagogika fani bilan 
aloqadadir. Fanlarni o‘qitish yo‘llari ham pedagogika fanining didaktika bo‘limiga 
aloqador. Chunki har qanday fanni o‘qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini 
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, 
pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar 
kasalliklari kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada. Bu fanlar bir-biriga 
chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fani obyekti yil sayin kengayib bormoqda, 
natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika 
fanlari tizimini tashkil etadi. 
Ma‘lumki, turli sohada bilim oluvchi o‘quvchilarni o‘qitish va 
tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini yolg‘iz pedagogika fanining 


o‘zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur 
muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo‘lingan. Jumladan, 
umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish 
haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi 
bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug‘ullanadi), madaniy-oqartuv 
pedagogikasi (madaniy-ma‘rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o‘rganadi), 
harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o‘quvchilarini vatanimizning shon-sharafi 
va or-nomusi uchun еtuk kurashchi, harbiy qurol-yarog‘lardan samarali foydalana 
oladigan yoshlarni tarbiyalash yo‘nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir. 
Pedagogika faqat sog‘lom o‘quvchilarning ta‘lim-tarbiyasi bilangina emas, 
balki shaxsida qusuri bor bolalar ta‘lim- tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. Bunday 
tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan 
orqada qolgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni 
tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi. 
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng o‘z tarixini, jumladan 
pedagogika tarixini o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. O‘tmishdagi pedagogik 
tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini hayotga tadbiq 
etishdek ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz yosh 
avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e‘tibor berganlar. I.A.Karimov 
ta‘kidlaganidek: «Islom dini-bu ota bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham 
axloq, ham ma‘rifat ekanligini unutmaylik, Olloh qalbimizda, yuragimizda». 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin