11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Darslik. Darslik o‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har
bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya‘ni fan
obyektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bog‘lanishlarini aks ettiradi,
darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular
didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.Darslik quyidagi talablarga
amal qilgan holda yaratiladi:
1. Har bir o‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va
uning hajmi dastur talablariga sinf o‘quvchilarining yosh hususiyatlariga mos
kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g‘oyaviy
yo‘nalishlari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan,
ishonarli bo‘lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo‘lishi, ular
to‘g‘ri taxlil, aniq ta‘rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina
o‘quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan
bo‘lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va
ta‘riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va
bezatilishi o‘quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo‘lmog‘i
zarur.
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda.
Ma‘lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.
Pedagogika o‘quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‘ziga
xosliklarini to‘liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz
bolalarining psixologik o‘ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to‘liq hisobga olishga
erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar
orqali o‘quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki,
o‘quvchini o‘qitish kerak emas, uni o‘zini o‘qiydigan holatga olib kelish lozim.
Toki bolaning o‘zi izlanmas ekan, ta‘limda yutuqa erishish mumkin emas. Demak,
yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli harakterga ega bo‘lishi, o‘quvchilarni
o‘ylanishga, izlanishga, sinab ko‘rishga da‘vat qiladigan tarzda tuzilishi lozim.