O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
―Tasdiqlayman‖
O`quv ishlar bo`yicha prorektori
____________
prof. F. Juraqulov
2018 yil
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI
FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – gumanitar
Ta‘lim sohasi: 110000 – pedagogika
Ta‘lim yo‘nalishi: 5110900 – pedagogika – psixologiya
Umumiy yuklamaning hajmi:______386_________________
Umumiy auditoriya soati: _______228________________
Ma‘ruza: ______________________90_______________
Seminar mashg‘uloti: _____________40_________________
Amaliy mashg‘ulot: ______________30_________________
Mustaqil ta‘lim: _________________158________________
1. Kirish.
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriat bosqichi uchun
mо‗ljallangan ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ fani dasturi Davlat ta‘lim standarti
va na‘munaviy о‗quv reja asosida tuzilgan.
―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ fani dasturi pedagogikaning ikki mustaqil
sohasini о‗zida mujassamlashtirgan: pedagogika nazariyasi va pedagogika tarixi.
―Pedagogika nazariyasi‖ kursi kadrlar tayyorlash
milliy modeli va uning
tarkibiy qismlari, pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va
vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta‘sir
etuvchi omillar, yagona pedagogik jarayon va uning mohiyati, didaktika (ta‘lim
nazariyasi), ta‘lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, ta‘lim mazmuni, ta‘lim
metodlari
va vositalari, ta‘limni tashkil etish shakllari, о‗quvchilarning bilim,
kо‗nikma va malakalarini tashxis etish, tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati,
qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy metodlari, tarbiya turlari mazmuni,
mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va vositalari, ta‘lim muassasalarini
boshqarish, korrektsion pedagogika asoslarini о‗z ichiga qamrab oladi.
―Pedagogika tarixi‖ kursi pedagogikaning alohida sohasi sifatida pedagogik
fikrlarning paydo bо‗lishi va rivojlanishini о‗rganish
orqali yangi, istiqbolda hal
etilishi lozim bо‗lgan vazifalarni belgilab beradi hamda uni hal etish
strategiyalarini kо‗rsatib beradi. U eng qadimgi davrlardan О‗zbekiston
Respublikasi mustaqilligi e‘lon qilingandan keyingi davrda pedagogik fikrlar va
ta‘lim tizimining rivojlanishi hamda eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha
jahon mamlakatlarida tarbiya, ta‘lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir masalalarni
о‗zida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: