9-MAVZU: TA‘LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI. DARS TA‘LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA. REJA: 1. Ta‘lim turlari.
2. Ta‘limni tashkil etish tizimi.
3. Darsning turlari va tuzilishi.
4. Ta‘limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Mavzu uchun tayanch so‘zlar. Dars - o‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulot, dars-jamoa
mehnati, ijodiy jarayon, ilmiylik, darsga qo‘yiladigan maqsadlar.
Adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». «Ma‘rifat»
gazetasi. 15 sentyabr‘ 1997 yil.
3. Yusuf Xos Xojib. «qutadg‘u bilig» (so‘z boshi muallifi B.Tuxliyev). T.
Yulduzcha. 1990 yil.
4. O.Xasanboyeva. «Pedagogika tarixidan xrestomatiya». «O‘qituvchi» nashriyoti.
T. 1993 yil.
5. B.Ziyomuhammedova, Sh.Abdullayeva. «Pedagogika» «O‘zbekiston milliy
entsiklopediyasi» nashriyoti. T. 2000 yil.
Ta‘lim tarixida ta‘limni tashkil etishda turli shakllardan foydalanilgan.
Markaziy Osiyo hududida qadimdan shakllangan machitlar huzuridagi
maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari asosan ruhoniylar tomonidan tashkil etilib,
ta‘lim guruhli yoki yakka tartibda amalga oshirilgan. XVI asr oxiri va XVII
asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)
ta‘lim
tarixida
birinchi
bo‘lib
sinf-dars
tizimini
ishlab
chiqdi.
Ya.A.Komenskiyning yangi ta‘lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar
ta‘limidan o‘rin oldi. Hozirgi davrda sinf-dars shakli ta‘limni tashkil etishning
asosiy shakli sifatida qo‘llanmoqda.
Dars-bevosita o‘qituvchi еtakchiligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir.
Dars mashg‘uloti asosan 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat‘iy jadval
asosida olib boriladi.
Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o‘rganiladigan bilimlar
hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta‘lim jarayoni maqsadi hamda
bolalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur.