11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


-MAVZU: TA‘LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

9-MAVZU: TA‘LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI. 
DARS TA‘LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA.
REJA: 
1. Ta‘lim turlari.
2. Ta‘limni tashkil etish tizimi.
3. Darsning turlari va tuzilishi.
4. Ta‘limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Mavzu uchun tayanch so‘zlar. 
Dars - o‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulot, dars-jamoa 
mehnati, ijodiy jarayon, ilmiylik, darsga qo‘yiladigan maqsadlar. 
Adabiyotlar: 
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonuni. 
2. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». «Ma‘rifat» 
gazetasi. 15 sentyabr‘ 1997 yil. 
3. Yusuf Xos Xojib. «qutadg‘u bilig» (so‘z boshi muallifi B.Tuxliyev). T. 
Yulduzcha. 1990 yil. 
4. O.Xasanboyeva. «Pedagogika tarixidan xrestomatiya». «O‘qituvchi» nashriyoti. 
T. 1993 yil. 
5. B.Ziyomuhammedova, Sh.Abdullayeva. «Pedagogika» «O‘zbekiston milliy 
entsiklopediyasi» nashriyoti. T. 2000 yil. 
Ta‘lim tarixida ta‘limni tashkil etishda turli shakllardan foydalanilgan. 
Markaziy Osiyo hududida qadimdan shakllangan machitlar huzuridagi 
maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari asosan ruhoniylar tomonidan tashkil etilib, 
ta‘lim guruhli yoki yakka tartibda amalga oshirilgan. XVI asr oxiri va XVII 
asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) 
ta‘lim 
tarixida 
birinchi 
bo‘lib 
sinf-dars 
tizimini 
ishlab 
chiqdi. 
Ya.A.Komenskiyning yangi ta‘lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar 
ta‘limidan o‘rin oldi. Hozirgi davrda sinf-dars shakli ta‘limni tashkil etishning 
asosiy shakli sifatida qo‘llanmoqda. 
Dars-bevosita o‘qituvchi еtakchiligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan 
o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir. 
Dars mashg‘uloti asosan 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat‘iy jadval 
asosida olib boriladi.
Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o‘rganiladigan bilimlar 
hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta‘lim jarayoni maqsadi hamda 
bolalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur.

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin