11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Ta‘limning ko‘rgazmali metodlari



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

Ta‘limning ko‘rgazmali metodlari
: ular shartli ravishda ikkiga bo‘linadi. 
1. Illyustrastiya metodi:
- plakat, xarita, doskadagi rasm, olimlarning 
portretlari, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tugadi. 
2. Namoyish qilish metodi
- asboblar, tajribalar, texnik kurilmalar, turli 
tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog‘liq. Namoyish qilish metodiga 
bog‘liq kinofilmlar va diafilmlar xam kiradi. 
Ta‘limning amaliy metodlari: 
yozma mashqlar, ona tili va chet tili, 
matematika va boshqa fanlar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish mashqlari kiradi. 
Xuddi shuningdek, laboratoriya tajribalari, ustaxonalarda, o‘quv-ishlab chiqarish 
stexlari, o‘quvchilar brigidalarida mehnat topshiriqlarini bajarishllari ham 
ta‘limning amaliy metodidir. 


4. Ta‘lim vositalari:
ta‘lim maqsadvni amalga oshirish yo‘lida xizmat 
qildirayotgan metodlarni muvaffaqiyatli chiqishida ishlatiladigan o‘quv 
asboblaridir. Ular issiqlik sig‘imini o‘lchash asbobi, kompyuterlar, EHMlar, 
logorifm lineykasi, apparat turlari, turli xil o‘quv asboblaridan tashkil topadi. 
5. Ta‘lim berish texnologiyasi-bu zarur bug‘in bo‘lib, amaliy fanlar va ta‘lim 
berish jarayonida ijodiy ko‘nikmalarni o‘zaro bog‘losh uchun xizmat qiladi. Bunda 
quyidagi o‘ziga xos muammolarni еchishga to‘g‘ri keladi: 
1. Kompyuterlarning o‘quv jarayonidagi o‘rni va vazifasi.
2. O‘qituvchining ish sharoitlaridagi ahamiyati.
3. O‘quv jarayonini kompyuter yordamida boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. O‘quvchilarning EHM bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish.
5. Ta‘lim berishni individuallashtirish.
O‘quv metarialini tanlash va topshiriqlarni ishlab chiqish har bir 
o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari asosida amalga oshiriladi. Muayyan o‘quv 
fanining qaysi bo‘limini o‘rganishni ta‘lim oluvchining o‘zi ko‘rsatishi mumkin. 
Bu holda JHM ko‘rsatilgan fan sohasiga doir topshiriqni ishlab chiqadi.
Keyingi yillarda intellektual ta‘lim tizimlari oliy va o‘rta ta‘lim 
maktablarining o‘quv jarayonigi mustahkam kirib, tobora ko‘p tarqalmoqda. 
Intellektual ta‘lim berish tizimi quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
1.
Intellektual ta‘lim berish tizimlari ta‘lim berishni boshqarishning faqat 
natijasigagina qarab emas, balki masalani hal qilish jarayonida ham amalga 
oshiriladi.
2.
Ta‘lim berish oddiy tilda sodir etilar, hatti-harakatlarni rejalashtirish, ta‘lim 
berish strategiyasi muhokama etiladi.
3.
Ta‘lim oluvchi modeli ta‘lim jarayonida aniqlashtirishlari.
4.
Mazkur tizim ta‘lim berishning asosiy va yordamchi ta‘sirlarini tayyor holda 
olmaydi, balki ularni ishlab chiqadi.
Bunday tazimlarning afzalliklarini baholashda ularning imkoniyatlari, 
tajribalarni pedagogning faoliyati bilan solitshtiriladi.
Kompyuterli ta‘lim berishning tizimini tuzish uchun, eng avvalo, savollarning 
aniq tasnifini berish kerak. Savollar taxminan quyidagicha tasniflanadi:
1.
Berilgan savol o‘quv masalalarining qaysi sinfiga mansub (tushunishga oid 
masalalargami, reflekstiyagami, fanigami). 
2.
Mazkur savol o‘quv faoliyatining qaysi jihatiga qaratilgan (mazmuniy, 
operastion, motivistion).
3.
Savol aniqmi yoki noaniqmi. U faollikning qaysi turini (unumli yoki unumsiz) 
dasturlaydi.
4.
Savollarning umumlashganlik darajasi.
5.
Ushbu tizim javobni tahlil qilishning turli usullaridan, shu jumladan, raqamli 
usuldan, muhim so‘z va so‘z birikmalari, etallonlar, shakliy ifodalar usullaridan 
foydalaniladi.
Ta‘lim berishning texnologiyasi-ta‘lim berishning umumiy nazariyasi bilan 
uning amaliy tadbiri orasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.


EHMdan foydalanish sharoitlarida mazkur texnologiya ta‘lim beruvchi 
dasturlar orqali amalga oshiriladi.
O‘quv jarayonida kompyuterdan samarali foydalanish uchun dasturlarni 
loyihalashning psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish lozim. Ta‘lim 
texnologiyasi ta‘lim beruvchi dasturlar vositasida amalga oshiriladi.
5. Ta‘lim metodlari talabalarning yoshlariga, ular tanlagan kasb, ixtisoslik 
xarakteriga, o‘tilayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlariga, oliy o‘quv yurtining 
moddiy imkoniyatlari va sharoitiga, talabalarning bilim saviyasiga mos holda 
tanlanadi. Bu metodlar talabalarning ichki bor imkoniyatlarini ishga solishga
qobiliyatlarni tarbiyalashga, kasbiga xos fazilatlarni tarkib toptirishga, ularni 
o‘ylashli, izlanishga chorlaydi, muammoli vaziyatlardan mohirlik bilan chiqib 
ketishga, mustaqil, erkin fikrlashga, maqsad sari intilishga, tashabbuskorlik va 
tarbirkorlikka o‘rgatishga, kamolotga erishishiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda barcha ta‘lim-tarbiya maskanlarida, jumladan, pedagogika 
institutlarida ham ta‘lim jarayonida yangi pedagogik texnologiya ta‘lim berishning 
eng samarali vositasi sifatida mustahkam o‘rin egallamoqda.
Pedagogik texnologi tushunchasi.
Texnologiya – bu biror ishda, kasb-hunarda san‘atda qo‘llaniladigan usullar 
majmuisidir.
Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonida amalga oshiriladigan sermazmun 
professional usullar majmuasi.
Pedagogik texnologiya – bu ta‘lim berishning va madaniy hamda insoniy 
qadriyatlarni, ularning o‘zaro aloqadorligini hisoga olgan holda bilimni 
o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning sistemali 
metodidir.
Ta‘lim berish jarayonining asosiy sifatlari.
Mohiyati. Har qaysi pedagogik texnologiyaning aniq ilmiy tushunishdagi 
asosiy negizida falsafiy, psixologik, didaktik asoslash yotadi.
Tizimlilik. Tizimlilik belgilari–jarayon mantiqi, to‘liqligi, uning barcha 
bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligi.
Boshqaruvchanlik. O‘quv jarayonini loyihalash, natijalarni tuzatish maqsadida 
uslublarni va vositalarni o‘zgartirish, diagnoslik maqsadni o‘ylab topish 
qulayliklarini ko‘zlaydi.
Samaradorligi. Muayyan ta‘lim standarti xarajati va muvaffaqiyati kafolatining 
optimalligi.
Tiklanuvchanligi. Boshqa subyektlar bilan boshqa ta‘lim berish muassasalarida 
qo‘llash imkoniyatini ko‘zlash.
Savol berish san‘ati.
O‘qituvchi savollari–bu chuqur fikrlashning rivojlanishida ham susayishida 
ham qudratli vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Savollar bo‘ladiki, tinglovchining fikrini chegaralashga, oddiygina eslashga 
olib keladi. O‘ylash jarayonini bartaraf qiladi va tinglovchi xayoliga ―fikrim hyech 
kimga kerak emas‖ degan tushunchani olib keladi.
Savollar bo‘ladiki, tinglovchini fikrlashga, o‘ylashga, faraz qilishga undaydi. 
Fikrlash darajasini oshiradi hamda tinglovchilarda o‘z mulohazalarining 


loyiqligiga ishonch tug‘diradi. Keyingi paytlarda institutlarda ham, maktablarda 
ham ta‘lim jarayonida yangi-yangi usullardan foydalanilmoqda. Bular quyidagilar:
1.
Aqliy hujum.
2.
Klaster usuli.
3.
Sinkveyn usuli.
4.
Kubikcha usuli.
5.
Venn diagrammasi usuli 
6.
Blum taksonomiyasi usuli.
7.
Insert usuli 
8.
Modelli dars.
Pedagogik amaliyotda bir necha turdagi darslar o‘tiladi. Ulardan biri–modelli 
dars. Dars bir necha o‘quv pog‘onlarida bo‘ladi: yangi bilimni o‘zlashtirishga 
tayyorgarlik, yangi bilimni o‘zlashtirish, bilim olish, uchun mustahkamlash va 
sistemalashtirish, amaliyotda qo‘llash.
Modellik dars vaqt oralig‘i etaplarida quyidagicha ko‘rib chiqiladi:
1.
Tashkiliy ish.
2.
Chorlash bosqichi.
3.
Anglash bosqichi. ChAF
4.
Fikrlash bosqichi.
5.
Uyga vazifa.
Modelli dars barcha o‘tiladigan darslarning 75-80:ini tashkil qiladi. Modelli 
darsning hayotiy kuchi shundaki, u o‘quv-tarbiya jarayonining obyektiv 
qonuniyalariga, aqliy ish qobiliyatining o‘sish sur‘atiga boshqalardan ko‘ra 
ko‘proq moslashadi.
Modelli dasr tuzilmasiga uch bosqich kiradi.
Chorlash
Anglash
ChAF 
Fikrlash 
ADABIYoTLAR 
1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. T.1996. 
2. Muvavvarov A.K. Pedagogika. ―O‘qituvchi‖. 1996. 
3. O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖. T. 1997. 
4. O‘quv qo‘llanma. T. 1996 



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin