11-Mavzu: Pedagogik tadqiqotning eksperimental natijalarini qayta ishlash. Miqdoriy usullarni qo‘llashning o‘ziga xosligi. Reja



Yüklə 104,13 Kb.
səhifə2/4
tarix03.12.2022
ölçüsü104,13 Kb.
#72086
1   2   3   4
11-PTIM

Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Tajriba-sinov ishlarini muayyan tartibda va dastur asosida tashkil etilishi ushbu jarayonning samaradorligini ta’minladi.
Tajriba-sinov ishlari dasturida talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlanganligini tashxis etish mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda diagnostik vositalari aniqlashtirildi.
Talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlanganligini tashxis etish ko‘rsatkichlari va usullari

Mezonlar

Ko‘rsatkichlar

Diagnostik vositalar

Axboriy kognitiv

O‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish

O‘z-o‘ziga baho berish testi

Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari va ma’naviy merosimizdan xabardor bo‘lish

Tugallanmagan gaplar metodikasi

Shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan

Ma’naviy merosga qadriyat sifatida qarash va aksiologik yo‘nalganlik

“Qadriyatlar” o‘yini, “Men hech qachon ...maganman” metodikasi

Hissiy-emotsional

Emotsional yo‘nalganlik

Emotsional holatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilishning namoyon bo‘lishini o‘rganish metodikasi

Muruvvat va oliyjanoblik hissi

“Xushmuomalilik” va “Oliyjanoblik” metodikalari

Mas’uliyat hissi

“YOrdamchilar”, “Bir-biri uchun”, “Hamma – ba’zilar – faqat men”, “Mas’uliyat hissi” metodikalari

Vijdoniylik tuyg‘usi

“Vijdoniylik shkalasi” metodikasi

Faoliyatli-ijodiy

Ma’naviyatni yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shish va hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga intilish

“SHaxs ijodiy salohiyatini o‘z-o‘zi tomonidan baholash” metodikasi

Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish uchun dastlab tadqiqot faraziga mos metodika ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlari metodikasi tajriba-sinov ishlari bosqichlari, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishga doir tarqatma materiallar hamda tajriba-sinov metodlarini o‘z ichiga qamrab oldi.
1. Asoslovchi bosqich.
Mazkur bosqichning maqsadi talabalarning ma’naviy kamolot darajasini tashxis etish.
Mazkur bosqichda quyidagi vazifalar hal etildi: tayyorlov – tashxisning maqsad, vazifa, mezon va metodlari aniqlandi;
izlanishli – tashxis obyektlari o‘rganildi va olingan axborotlar to‘plandi; tahliliy – olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil etildi, ular izohlandi;
izohli – rejalashtirilgan ishlarni o‘tkazishga ta’sir etuvchi pedagogik ta’sirlarning majmuaviy o‘lchovi aniqlandi.
2. Tajriba bosqichi. Maqsad – integrallashgan tarbiya texnologiyalari vositasida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish.
Tayyorlov bosqichida tashxis etilganlari asosida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish yo‘llari aniqlandi.
Shakllantiruvchi bosqichda tanlangan metodlar yordamida talabalar bilan faol ish olib borildi. 
Tahliliy bosqichda mazkur bosqich tahlil etildi.
3. Umumlashtiruvchi bosqich.
Maqsad – barcha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining yakunini chiqarish. 
Tahliliy bosqichda tajriba-sinov ishlari va olingan natijalar tahlil etildi.
Izohli bosqich asosida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlariga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Muammoni tadqiq etishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat bir necha bosqichda amalga oshirildi.
Dastlab amalga oshirilishi zarur bo‘lgan maqsad va vazifalarning mohiyatiga tayangan holda tajriba-sinov ishlarining umumiy davri va bosqichlari belgilandi. 
Bosqichlarning belgilanishida quyidagi tamoyillar ustuvor bo‘ldi:
1. Har bir bosqichda aniq maqsad va vazifalarning amalga oshirilishiga erishish.
2.Bosqichlar o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlik hamda uzviylik-ning mavjud bo‘lishini ta’minlash
Muammoga doir manbalar mazmunini nazariy jihatdan tahlil etish hamda respondent-talaba va professor-o‘qituvchilarning faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish, ular ishtirokida suhbatlar tashkil etish asosida auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishda quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etishi taxmin qilindi, tajriba-sinov ishlari jarayonida esa ushbu farazning to‘g‘riligi tasdiqlandi:
Obyektiv omillar:
milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g‘oyasi asoslariga tayanilib yaratilgan o‘quv manbalari (darsliklar,o‘quv va metodik qo‘llanmalar, risolalar, ma’ruza matnlari, ko‘rsatmali qurollar, metodik ishlanmalar);
xalqning boy o‘tmishi, madaniy merosi xususida ma’lumot bera olish imkoniyatiga ega bo‘lgan yozma manba, badiiy, san’at, ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar;
me’moriy yodgorliklar, tarixiy qadamjolar;
milliy qadriyatlar va ularning mazmunida ilgari surilgan yuksak insoniy g‘oyalar;
ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu jumladan, sport sohalarida erishilayotgan yutuqlar, yaratilayotgan kashfiyotlar;
yurt tabiati, uning o‘ziga xosliklari.
Subyektiv omillar:
Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan xalq qahramonlarining shaxsi, faoliyatlarining mazmuni va yorqin xotiralari;
ijtimoiy ishlab chiqarish sohalarining turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarish ilg‘orlari, ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu jumladan, sport sohalarida yutuqlarga erishgan shaxslar va ular tomonidan amalga oshirilgan faoliyat mazmuni;
talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan, o‘zining ma’naviy qiyofasi bilan ularga o‘rnak bo‘layotgan pedagog-xodimlar;
ibratli oilalar va ularning a’zolari;
namunali mahallalarda istiqomat qiladigan keksa kishilar va ularning hayotiy tajribalari;
xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan davlat arboblarining shaxsi va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar;
o‘z Vatanidan uzoqda yashayotgan insonlarning taqdiri va ularning hayot yo‘llari xususida ma’lumot beruvchi hikoyalar.
Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatning quyidagi tamoyillar ustuvorligi asosida tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi:
1. Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilganligi.
2. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsadning aniqligi.
3. Asosiy maqsad doirasida tajriba-sinov ishlarining har bir bosqichida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning aniq belgilanishi, ya’ni, xususiy maqsadlarning aniqlanganligi.
4. Tajriba-sinov ishlarining puxta asoslangan loyiha asosida yo‘lga qo‘yilishi.
5. Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishni ta’min etuvchi shart-sharoitning mavjudligi.
6. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarning milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g‘oyasi asoslari bilan boyitilganligi.
7. Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning ma’naviy qiyofasi va ularning kasbiy mahorati darajasining inobatga olinganligi.
8. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish jarayonining izchil, uzviy, tizimli va maqsadga muvofiq tashkil etilganligi.
9. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning dinamik xususiyat kasb etishi.
10. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda talabalarning shaxsiy imkoniyatlarini erkin namoyish eta olish huquqiga egaliklari.
Tajriba-sinov ishlari so‘ngida tadqiqotga doir empirik materiallarni umumlashtirish asosida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir to‘rt (bilish-axboriy, qadriyatli-motivatsion, ijtimoiy-psixologik va faoliyatni tashkil etishga doir) guruh mezonlar bo‘yicha yakuniy holati hosil qilindi.

Yüklə 104,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin