11-mavzu: Pul-kredit siyosati. Reja


Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko’rinishlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix07.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#94330
1   2   3   4   5   6   7   8
11-¼áóºÒ

 
2.Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko’rinishlari. 
Depozitlarni majburiyzahiralash normasi. 
 
 
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligining ta’minlanishi aholi turmush darajasini 
oshirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay ishbilarmonlik muhiti 
*
*
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки тўғрисида”ги Қонуни, 3-
модда,1995йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик 
ҳужжатлари тўплами.Т.: Ўзбекистон, 2003., 8-.б. 


yaratilishining fundamental asoslaridan hisoblanadi. Mamlakatda ichki narxlarning 
barqarorligi aholi daromadlari va jamg’armalarining xarid qobiliyatini saqlash
biznes vakillari uchun esa uzoq muddatli davrga mo’ljallangan rejalarni tuzishlari 
uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Past va barqaror darajadagi inflyatsiya mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy 
farovonlik va tenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan aholining 
ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab quvvatlashga muhtoj, o’rtacha ko’rsatkichlardan past 
daromad oluvchi va narx o’zgarishlariga ta’sirchan bo’lgan qatlami inflyatsiyadan 
katta zarar ko’radi, chunki iste’mol narxlari oshgani sari ularning iste’mol hajmi 
qisqarib boradi. Ushbu qatlam iste’mol savatidagi mahsulotlar asosan birlamchi 
zaruriy iste’mol mahsulotlaridan iborat bo’lib, ularni boshqa mahsulotlar bilan 
almashtirishning iloji bo’lmaydi.
Inflyatsiyaning yuqori darajasi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini 
kengaytirish uchun amalga oshiriladigan investitsiyalar hajmiga ham salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Tadbirkorlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar asosida investitsion 
maqsadlar 
uchun 
yo’naltirilayotgan mablag’lardan kelajakda olinadigan 
daromadlarning xarid quvvati o’zgarmasligi kabi tamoyillar yotadi. Bunday 
sharoitda uzoq muddatli jamg’armalar va investitsion resurslarning tanqisligi 
kuzatiladi. Bu, o’z navbatida, loyihalarni moliyalashtirishda davlat va 
markazlashgan xarajatlarga ehtiyojlarning (og’irlik yukining) oshib borishiga olib 
keladi.
Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlar aksariyat holatlarda talab omillari 
natijasida, ya’ni iqtisodiyotda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning ishlab 
chiqarish hajmlariga nisbatan tezroq sur’atlarda o’sishi natijasida yuzaga keladi. 
Yalpi talabning o’sishi esa, asosan, davlat byudjeti xarajatlari va iqtisodiyotga 
yo’naltirilgan kreditlar hajmining o’sishi, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari 
daromadlarining oshishi hisobiga ro’y beradi.
Pul-kredit siyosati instrumentlarini qo’llash orqali Markaziy bank yalpi talab 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin