oshirilayotgan ishlar va mos ravishda kommunikatsion siyosat aholi va tadbirkorlik
sub’ektlarining
inflyatsion kutilmalarini shakllantiruvchi omil sifatida inflyatsion
jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi.
Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi bo’yicha hamda pul-kredit sharoitlarini
belgilash bo’yicha qarorlari banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarining
shakllanishiga o’z ta’sirini o’tkazadi, ya’ni
ushbu bozordagi qisqa muddatli
moliyaviy resurslar narxini belgilaydi.
O’z navbatida, pul bozoridagi foiz stavkalari darajasi tijorat banklari tomonidan
uzoq
muddatli pul resurslari, ya’ni jalb qilinadigan depozitlar va beriladigan
kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining shakllanishiga asos bo’ladi.
Depozitlar va kreditlar bo’yicha foiz stavkalari
bevosita ishlab chiqarish,
iste’mol va investitsion jarayonlarda foydalaniladigan moliyaviy resurslarning
narxini belgilab beradi.
Ushbu
jarayon pul-kredit siyosatining transmissiyasi (o’tkazma kanallari)
orqali iqtisodiy
agentlarning ishlab chiqarish, jamg’arish va iste’mol bo’yicha
qarorlariga ta’sir o’tkazadi.
Bunda, pul-kredit siyosati sohasidagi chora-tadbirlar asosan iqtisodiyotni
qisqa
muddatli tartibga solish, mavsumiy va davriy tebranishlarni muvozanatlash
hamda
iqtisodiy o’sish sur’atlarining mamlakat iqtisodiy salohiyatidan og’ib
ketishining oldini olishga qaratilgan bo’lib, umuman
olganda qisqa muddatli
ta’sirga ega bo’ladi.
Pul-kredit siyosati choralari iqtisodiy jarayonlarga (ko’rsatkichlarga) qarorlar
qabul qilingan paytdan
ma’lum bir vaqt kechikish va
surilishlar bilan ta’sir qiladi.
SHu bois Markaziy bank qarorlar qabul qilishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning
joriy dinamikasiga emas, aksariyat hollarda kelgusi davrda kutilayotgan o’zgarishlar
va prognozlarga asoslanadi. SHu sababli samarali va ta’sirchan qarorlar qabul qilish
Markaziy bankda kuchli tahliliy va prognozlash salohiyati mavjud bo’lishini taqozo
etadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning keng qamrovli tahlili,
prognozlari va
kelajakdagi dinamikasi to’g’risida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lish va bu boradagi
salohiyatni rivojlantirib borish orqali pul-kredit siyosatida qabul qilinayotgan