Bunday pasayish pul mulьtiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta
iqtisodiyotda pul taklifining ko’payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha
rezervlarining ko’payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko’paytiriadi va bu
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas.
Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat
o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo’sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga
oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir
ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar
soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz
yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul
taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni
oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan
davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi
to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli
davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o’sishini
rag’batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo’lsa, uzoq
muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: