11-mavzu: Pul-kredit siyosati. Reja


Pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix07.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#94330
1   2   3   4   5   6   7   8
11-¼áóºÒ

 
4. Pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga 
mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari  
Markaziy bank pul-kredit siyosati borasidagi qarorlarini birinchi o’rinda o’rta 
muddatli istiqboldagi makroiqtisodiy prognozlari va keng qamrovli tahlillar asosida 
qabul qiladi. Prognoz ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda milliy iqtisodiyot 
rivojlanishi, inflyatsiya dinamikasining ichki va tashqi omillari, shu bilan birga, 
makroiqtisodiy siyosatning shart-sharoitlarini hisobga oladi. Prognozlash modellari 
pul-kredit siyosati choralarining moliyaviy shart-sharoitlarga o’zgartirish kiritish 
orqali real sektor holati va narxlar dinamikasiga ta’sirini hisobga olish imkonini 
beradi. Markaziy bank tomonidan 2020-2022 yillarda iqtisodiyot rivojlanishining 
asosiy stsenariysi bilan birgalikda muqobil stsenariysi ham ishlab chiqildi. Bu, o’z 
navbatida, xatarlar sodir bo’lishining ehtimoliy oqibatlarini baholashga va ularning 
oldini olish choralarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. 2020-2022 yillar uchun 
prognoz ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi 
davomida iqtisodiyotdagi narxlar dinamikasiga ta’sir ko’rsatuvchi fundamental 
omillarning turlari va ta’sir doirasi o’zgarib borishi inobatga olindi. Xususan, 
prognozda hisobga olingan sharoitlar tashqi savdoning erkinlashuvi va soliqqa 
tortishni takomillashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlardan ko’zlangan 
maqsadlarning o’z vaqtida va samarali bajarilishini nazarda tutadi.
SHuningdek, tashqi sharoitlar O’zbekistonning xalqaro savdoda hozirgi 
mavqeini saqlab qolishi, xususan, xomashyo (tabiiy gaz, mis, paxta tolasi), tekstilь 
mahsulotlari, oltin, meva va sabzavotlar eksportning asosiy qismini tashkil etishi, 
transchegaraviy pul o’tkazmalari dinamikasi,jahon xomashyo bozorlaridagi 


narxlarning o’zgarishi hamda asosiy savdo hamkor davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
holati bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
kengaytirish jarayonlari ma’lum bir davrni talab qilishini hisobga olib, iste’mol 
tarkibida import ulushi nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda. 
Buning natijasida ichki iste’mol narxlarining tashqi tovar bozorlari kon’yunkturasi 
hamda almashuv kursiga ta’sirchanligi davom etadi. SHu bilan birga, inflyatsiya 
kutilmalarining pasayib borishi va pul-kredit siyosatiga bo’lgan ishonchning ortib 
borishi bilan inflyatsiyaning bir martalik omillarga ta’sirchanligi tobora pasayib 
boradi.
Tarkibiy islohotlarning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri asta-sekinlik bilan namoyon 
bo’ladi, ularning 2022 yilning oxiriga kelib YaIMning barqaror o’sishiga hissasi 
sezila boshlaydi. SHu bilan birga, 2020-2022 yillarda makroiqtisodiy siyosat 
barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini yaratishga asos bo’ladigan 
narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yo’naltirilishi kutilmoqda, bu esa, 
o’z navbatida, ishbilarmonlik muhitidagi noaniqliklarni kamaytirishga yordam 
beradi.
Qayd etilgan va boshqa omillar makroiqtisodiy prognoz uchun asos bo’lib, pul-
kredit siyosati yuritilishining ichki va tashqi shart-sharoitlarini shakllantirdi.
Ichki iqtisodiy sharoitlar sifatida, birinchi navbatda, iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o’zgarishlarning davom ettirilishi, xususan yig’ma byudjet ijrosi, yoqilg’i-
energetika mahsulotlari narxlarining erkinlashtirilishi, tashqi savdo sharoitlarining 
yanada tartibga solinishi va boshqalar hisobga olinadi.
Eksportga nisbatan yuqoriroq hajmdagi importga bo’lgan talabning saqlanib 
qolishi natijasida jahon bozori kon’yunkturasining ichki ishlab chiqarish, daromad, 
iste’mol va narxlar dinamikasiga ta’siri davom etadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar 
va 
eksportni 
rivojlantirishga 
yo’nal-tirilgan 
choralar 
samaradorligining oshirilishi hamda erkin shakllanuvchi valyuta kursi rejimining 
amal qilishi, 2020-2022 yillarda, pul o’tkazmalari hajmining joriy o’sish sur’atlari 
saqlanib qolishi bilan bir qatorda, mamlakat tashqi savdo balansining muvozanatga 


kelishini ta’minlaydi. SHu bilan birga, Markaziy bank valyuta kursining 
o’zgarishiga olib keladigan omillarning tabiatini va ularning inflyatsiya 
dinamikasiga va inflyatsion kutilmalarga ta’sirini baholab boradi.
Prognoz davrida milliy iqtisodiyotning o’sish potentsiali ijtimoiy va sanoat 
infratuzilmalarining holati, mavjud transport infratuzilmalarining bandlik darajasi 
bilan chegaralanadi. Boshqa tomondan, iqtisodiyotda tashkiliy boshqaruv sifatining 
pastligi, iqtisodiyotning monopollashuvi darajasi yuqoriligi hamda iqtisodiy faol 
aholining malakasi bilan bog’liq mehnat unumdorligining pastligi iqtisodiyotning 
o’sishi va modernizatsiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omil bo’lib hisoblanadi.
Xususiy kompaniyalarga yoqilg’i-energiya sohasida faoliyat olib borishiga 
ruxsat berilishi orqali ishlab chiqarish quvvatlarini va energiya ta’minoti 
infratuzilmasi tarmog’ini kengaytirish, mavjud avtomobilь yo’llari holatini lozim 
darajada saqlash, davlat-xususiy sherikchilik amaliyotidan foydalangan holda yo’l 
infratuzilmasini kengaytirish, temiryo’l va havo yo’llari infratuzilmalaridan xususiy 
transport operatorlariga tijorat asosida foydalanishga ruxsat berish bo’yicha choralar 
amalga oshirilishi ichki bozorda iste’mol tovarlari tannarxining shakllanishiga va 
inflyatsiyani pasaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bundan tashqari, 2020-2030 yillarda qishloq xo’jaligini rivojlantirish 
strategiyasining samarali amalga oshirilishi, jumladan, qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash quvvatlarining kengaytirilishi, hamda 
ulgurji-taqsimlash markazlari tarmog’i rivojlantirilishi ichki bozorning qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga va narxlarning 
mavsumiy tebranishini kamaytirishga yordam beradi. SHu bilan birga, energiya 
samaradorligining va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardagi energiya iste’molining 
xalqaro standartlari va normalarini hamda korxonalarning ish faoliyati samaradorligi 
ko’rsatkichini (KPI) amaliyotga joriy qilish, inson kapitalini rivojlantirishga 
sarmoyalar yo’naltirish orqali mehnat resurslarining malakasini oshirish, monopol 
va davlat korxonalari mahsulotlari narxi shakllantirilishining shaffofligiga erishish 
kabi omillar yordamida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor 
qaratish talab etiladi. Bu esa iqtisodiyot sektorlarida boshqaruv sifati va mehnat 


unumdorligi oshishiga xizmat qiladi. Xususiy mulk huquqlarini himoya qilishni 
kuchaytirish, raqobat bozorlarida davlat ulushini qisqartirish, monopoliyaga qarshi 
kurashish tartibini takomillashtirish orqali sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish, 
o’z navbatida, bozor ishtirokchilari sonining ko’payishiga va milliy mahsulot 
turlarining kengayishiga olib keladi.
Kelgusi uch yillik muddatda milliy iqtisodiyotning tarkibiy xususiyatlari 
iqtisodiy faoliyat dinamikasini belgilab, pul-kredit siyosatini amalga oshirishga o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. Iqtisodiy o’sishning potentsialini kengaytirish maqsadida 
tarkibiy islohotlar samaradorligini oshirishga va yuqorida qayd etilgan 
muammolarni bartaraf etishga, shuningdek, iqtisodiy munosabatlardagi barcha 
ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini faol-lashtirishga yo’naltirilgan davlat siyosati 
choralarini ko’rish talab etiladi. Soliq islohotlarining davom ettirilishi va byudjet 
qoidalaridan foydalangan holda davlat byudjetini konsolidatsiyalash ichki shart-
sharoitlarning ikkinchi muhim omili hisoblanadi.
Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo’yicha ko’rilayotgan choralar, 
QQS bazasining kengaytirilishi, hamda soliq tizimidagi sifat o’zgarishlari o’rta 
muddatli davrda ma’lum darajada tayyor mahsulot narxlarida o’z aksini topadi. 
Raqobat muhitini yaxshilash va soliqqa tortish samaradorligini oshirish maqsadida 
2019 yil 1 oktyabrdan boshlab QQS bo’yicha imtiyozlar bekor qilindi, shu bilan 
birga, QQSning asosiy stavkasi pasaytirildi. Ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-
ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlariga, shuningdek, qurilish materiallari va 
ehtiyot qismlarga berilgan imtiyozlar bekor qilindi. Qisqa muddatda ushbu chora 
inflyatsiyaviy xarakterga ega bo’lishi mumkin, biroq QQSning asosiy stavkasi 20 
foizdan 15 foizgacha pasaytirilishi, o’z navbatida, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
inflyatsion bosimning oldini oladi.
SHu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, samaradorligini 
oshirish va soliq yukini kamaytirish bo’yicha islohotlarning davom ettirilishi ichki 
bozorda mahsulot tannarxining pasayishiga, bu esa xufyona iqtisodiyotdagi tovar 
aylanmasining kamayishiga hamda sog’lom raqobatning rivojlanishiga olib keladi 
va natijada narxlar barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Davlat qarzini 
moliyalashtirish uchun tashqi manbalarni jalb qilishda yillik me’yor belgilash orqali 
qarz olishda ehtiyotkorona yondashuvning qo’llanilishi davlat moliyasining 


barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. SHuningdek, davlat moliyasini 
takomillashtirish jarayonida byudjetdan tashqari jamg’armalar hamda Tiklanish va 
taraqqiyot jamg’armasining yagona bir fiskal balans tarkibida konsolidatsiya 
qilinishi iqtisodiyotga davlat moliyasi tomonidan bo’ladigan ta’sirlarni to’liq 
baholash va pul-kredit siyosati bilan soliq-byudjet siyosatini o’zaro muvofiq tarzda 
olib borishga imkon beradi. SHuningdek, imtiyozli kreditlash amaliyotining bozor 
mexanizmlariga o’tkazilishi kredit bozoridagi nomutanosibliklarni bartaraf qiladi 
hamda markazlashgan manbalar hisobidan ajratiladigan qarz mablag’laridan 
samarali foydalanilishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan choralarning amalga oshirilishi hamda davlat 
xizmatchilari ish haqining inflyatsiyaning maqsadli darajasidan oshmagan miqdorda 
indeksatsiya qilib borilishi kelgusi 3 yil davomida byudjet xarajatlari tomonidan 
qo’shimcha inflyatsion bosimni keltirib chiqarmaydi. Ichki sharoitlarning uchinchi 
sharti sifatida tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish jarayonlarining samarali 
amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Yoqilg’i-energetika mahsulotlari narxlari erkin-
lashtirilishi doirasida tartibga solinadigan narxlar va tariflarning oshishi inflyatsion 
bosim yuzaga kelishining ob’ektiv omilidir. Ushbu narxlarni ishlab chiqarish 
tannarxi darajasiga moslashtirish sharoitida keyingi yillarda ham energiya resurslari 
narxlarining inflyatsiyaga bosimi saqlanib qoladi.
Ayni paytda narxlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishi inflyatsion 
kutilmalarning doimiy yuqori darajada saqlanib qolishiga olib keladi va mazkur 
islohot samaradorligini pasaytiradi. O’z navbatida, inflyatsiya darajasi yuqoriligi va 
milliy valyuta qadrsizlanishining tezlashishi real narxlarning ishlab chiqarish 
tannarxi darajasiga ko’tarilishiga to’sqinlik qiladi, bu esa, o’z navbatida, ushbu 
sohalarning potentsial sarmoyadorlar uchun jozibadorligini pasaytiradi. Tabiiy 
monopoliyalarning narxlari dinamikasi iste’mol savatidagi aksariyat mahsulot va 
xizmatlar narxlariga ta’sir ko’rsatadi. Bunday vaziyatda, tartibga solinadigan 
narxlarni tannarx darajasiga tezroq yetkazib, kelgusida inflyatsiya targetidan 
oshmagan darajada indeksatsiyalash maqbul yechim hisoblanadi.
Bunda, o’rta muddatli istiqbolda iste’mol narxlari o’sish sur’atlari 
inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichidan yuqorilab ketmasligi muhim ahamiyat 
kasb etadi. SHu bilan birga, tartibga solinadigan narxlarni indeksatsiya qilish 
tartibini 
me’yoriy hujjatlar bilan belgilash, inflyatsiyaning maqsadli 
ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda o’rta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan 
narxlarni oshirish sana va muddatlarining e’lon qilinishi hamda narxlarni 
erkinlashtirish islohotining mohiyati, maqsadi va bu borada erishilgan natijalarni 
tushuntirish bo’yicha keng ko’lamli kommunikatsion siyosatning olib borilishi 
iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarni pasaytirishga yordam beradi.
2020-2022 yillarda asosiy savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotlarida o’sishning 
bir oz sekinlashishi taxmin qilinmoqda. Jumladan, prognoz davrida Rossiya 
iqtisodiyotiga nisbatan xalqaro moliyaviy sanktsiyalarning saqlab turilishi iqtisodiy 
o’sishning sekinlashtiruvchi omili bo’lib qolishi kutilmoqda.
Ushbu holatda Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishda ichki manbalarga ko’proq 
e’tibor qaratishga harakat qiladi va bu jarayon Rossiyada ichki investitsiyaviy 


jarayonlarni faollashtiradi, bu, o’z o’rnida, mehnat resurslariga qo’shimcha talabni 
shakllantiradi.
Bundan tashqari, Rossiyaning tashqi moliyaviy faoliyati uchun bozor 
iqtisodiyotiga o’tuvchi mamlakatlar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining 
yoqilg’i-energetika sohasiga investitsiya kiritish jozibador yo’nalish bo’lib qoladi.
SHu nuqtai nazardan, Rossiyadan O’zbekistonga pul o’tkazmalari va investitsiyalar 
oqimi joriy dinamikasining saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda.
SHu bilan birga, Xitoy iqtisodiyoti rivojlanish dinamikasida AQSH bilan savdo 
aloqalarining yomonlashishi tufayli investitsiyalarni ichki ishlab chiqarishni 
qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish va mintaqadagi qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy 
loyihalarni amalga oshirishning faollashuvi kuzatilishi mumkin.
O’zbekiston mahsulotlariga tashqi talab darajasi saqlanib qolishi va eksport 
hajmining (xususan, xizmatlar sohasida) o’sib borishi kutilmoqda hamda prognoz 
davri davomida tashqi savdo munosabatlari tarkibi sezilarli darajada o’zgarmasligi 
taxmin qilinmoqda. SHu bilan birga, jahon iqtisodiyotida sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish sur’atining kutilayotgan pasayishi hamda xalqaro rezerv valyutalarining 
ehtimoliy qadrsizlanishi qimmatbaho metallar va xomashyo narxlari tebranishlari 
oshishiga turtki beradi.
SHu bilan birga, Xitoyda sanoat ishlab chiqarishining sekinlashishi tufayli gaz 
va mis narxlari pasayishi, AQSH Federal rezerv tizimi va Yevropa Markaziy 
bankining pul-kredit sharoitlarini «yumshatib» borishlari natijasida oltin 


narxlarining barqaror bo’lishi kutilmoqda. Bu, o’z navbatida, eksport tushumlari 
bo’yicha o’suvchan dinamikaning saqlanib qolishiga xizmat qiluvchi omillardan biri 
hisoblanadi.
Investitsion muhitning yaxshilanishi natijasida tashqi, shu jumladan
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar o’sish sur’atlarining oshishi prognoz qilinmoqda. 
Bu, o’z navbatida, to’lov balansi joriy hisobvarag’ining manfiy salьdosini 
moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Soliq-byudjet sohasida umumiy fiskal defitsitning bir maromda pasayib borishi 
va davlat tashqi qarzi miqdorining belgilangan parametrlar doirasida bo’lishi 
kutilmoqda. Bunda, umumiy fiskal balans 2020 yilda YaIMga nisbatan 2,7 foizdan 
oshmasligi va 2023 yilga kelib 1,5 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Tartibga 
solingan narxlar borasida asosiy stsenariyga ko’ra yoqilg’i-energetika mahsulotlari 
narxlarini tannarx darajasiga qadar erkinlashtirish jarayonlarining 2022 yilga qadar 
bosqichma-bosqich tugatilishi va bunda ushbu jarayonning inflyatsiyaga ta’sirini 
imkon qadar minimallashtirgan holda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Markaziy bank tomonidan asosiy stsenariy shart-sharoitlarida 2020 yil oxiriga 
yillik inflyatsiya 12-13,5 foiz oralig’ida bo’lishi prognoz qilinmoqda va maqsadli 
ko’rsatkichlar o’rtasidagi farqni bosqichma-bosqich qisqartirib, 2021 yilda bir 
xonali son darajasiga, 2023 yilda inflyatsiyaning asosiy targeti – 5 foiz darajasiga 
erishish mo’ljallanmoqda.
Ushbu ko’rsatkichlarga erishishda, eng avvalo, muvofiqlashtirilgan 
makroiqtisodiy siyosat yuritilishi, fiskal siyosatning yuqorida keltirilgan 
ko’rsatkichlar doirasida ijro etilishi, pul-kredit siyosatining bir maromda qat’iy 
darajada yuritilishi va tarkibiy islohotlarning samarali olib borilishi asosiy omil 
bo’lib hisoblanadi.


Xususan, tartibga solinadigan narx-larning bosqichma-bosqich oshirilishi 
sharoitida ularning inflyatsiya darajasiga ta’siri saqlanib qoladi va oshiruvchi 
xususiyat kasb etadi. Logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash 
infratuzilmasi sifatini oshirish, sanoat sovutkichlari sonini ko’paytirish va qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish borasida amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2020 yilda oziq-ovqat tovarlari narxlari 
o’zgarishining 2019 yilga nisbatan bir oz sekinlashishi kutilmoqda.
SHuningdek, soliq va bojxona tariflari qayta ko’rib chiqilishi inflyatsiyaga turli 
yo’nalishli ta’sirga ega bo’lishi mumkin. Bu, o’z navbatida, soliq va bojxona 
siyosatida olib boriladigan chora-tadbirlarning samaradorligi bilan uzviy bog’liq 
bo’ladi.Tartibga solinadigan narxlarning to’liq erkinlashtirilishi sharoitlari
Markaziy bank tomonidan asosiy stsenariyda ko’zda tutilgan tartibga solinadigan 
narxlarning bosqichma-bosqich erkinlashtirilishidan farqli ravishda ushbu jarayon 
2020 yilning o’zida narxlarni to’liq erkinlashtirish yo’li bilan amalga oshirilishi 
varianti ham stsenariyga qo’shimcha sifatida qabul qilinib, makroiqtisodiy 
prognozlar ishlab chiqildi.
SHuningdek, xalqaro amaliyot negizida banklar tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog’ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish 
maqsadida, 
O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank hamda qimmatli qog’ozlar bozori 


faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan holda tegishli chora-
tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. 
SHunga muvofiq, «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan tijorat bankiga turli 
darajadagi reyting baholari berildi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin