yaratilishining fundamental asoslaridan hisoblanadi. Mamlakatda ichki narxlarning
barqarorligi aholi daromadlari va jamg’armalarining
xarid qobiliyatini saqlash,
biznes vakillari uchun esa uzoq muddatli davrga mo’ljallangan rejalarni tuzishlari
uchun
qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Past va barqaror darajadagi inflyatsiya mamlakatda
ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlik va tenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan aholining
ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab quvvatlashga muhtoj, o’rtacha ko’rsatkichlardan past
daromad oluvchi va narx o’zgarishlariga ta’sirchan bo’lgan qatlami inflyatsiyadan
katta zarar ko’radi, chunki iste’mol narxlari oshgani sari ularning iste’mol hajmi
qisqarib boradi. Ushbu qatlam iste’mol savatidagi mahsulotlar asosan
birlamchi
zaruriy iste’mol mahsulotlaridan iborat bo’lib, ularni boshqa mahsulotlar bilan
almashtirishning iloji bo’lmaydi.
Inflyatsiyaning yuqori darajasi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini
kengaytirish uchun amalga oshiriladigan investitsiyalar hajmiga ham salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Tadbirkorlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar asosida investitsion
maqsadlar
uchun
yo’naltirilayotgan mablag’lardan kelajakda olinadigan
daromadlarning xarid quvvati o’zgarmasligi kabi tamoyillar yotadi. Bunday
sharoitda uzoq muddatli jamg’armalar va investitsion resurslarning tanqisligi
kuzatiladi. Bu, o’z navbatida, loyihalarni moliyalashtirishda davlat va
markazlashgan xarajatlarga ehtiyojlarning (og’irlik yukining) oshib borishiga olib
keladi.
Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlar aksariyat holatlarda
talab omillari
natijasida, ya’ni iqtisodiyotda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning ishlab
chiqarish hajmlariga nisbatan tezroq sur’atlarda o’sishi natijasida yuzaga keladi.
Yalpi talabning o’sishi esa, asosan, davlat byudjeti xarajatlari va iqtisodiyotga
yo’naltirilgan kreditlar hajmining o’sishi, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari
daromadlarining oshishi hisobiga ro’y beradi.
Pul-kredit siyosati instrumentlarini qo’llash orqali Markaziy bank
yalpi talab
Dostları ilə paylaş: