11-mavzu: Pul-kredit siyosati.
Reja
1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari.
2.Pul-kredit
siyosatining maqsadlari, vositalari va ko’rinishlari. Depozitlarni
majburiy zahiralash normasi.
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi.
4. Pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga mo’ljallangan
asosiy yo’nalishlari
1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga
oshiriladi. Bunday
mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug’urta
kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so’zlaridan kelib
chiqqan bo’lib, «sarrof kursisi, do’koni» degan ma’noni anglatadi.
Bunday
tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko’rsatgan
bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank
iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo’lgan aloqalariga xizmat qiluvchi
institut (muassasa)dir. Pul bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar ko’p,
ammo ularning markazida banklar turadi. O’zbekiston Respublikasining «Banklar
va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida, bank nima,
degan savolga quyidagicha
javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari
majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O’zbekistondagi bank tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005 yil 1-iyulь
holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o’z ichiga
oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo’ladigan
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to’lovlari (transfertlar) banklar orqali
o’tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;
- pul bilan bo’ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to’lash
ishlarini bajaradi;
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;
- o’z qo’lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik
sharti bilan unga
(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug’ullanadi;
- o’z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo’ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish
maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard
natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas
bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
bosh maqsadi va asosiy
vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish
va ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda
tartibga solish,banklar, kredituyushmalari,
garovxonalarni nazorat qilish,
qimmatbaho qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan
kelishuv bo’yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan
iboratdir”
*
Tijorat banklari Markaziy bankda o’z qisqa muddatli va o’rta muddatli
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz
omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o’zining mintaqaviy
bo’linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot
va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo’ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini
ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari,
jumladan,
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob
xizmati ko’rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yiga
(vertikalь) va eniga (gorizontalь) yo’nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal –
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan
Markaziy bank bilan quyi
bo’g’inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o’rtasidagi bo’ysunish munosabatlari,
gorizontal-turli quyi bo’g’inlar o’rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari
tushuniladi.