11-mavzu: Pul-kredit siyosati. Reja


qarorlardagi xatoliklar kamayib boradi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix07.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#94330
1   2   3   4   5   6   7   8
11-¼áóºÒ

qarorlardagi xatoliklar kamayib boradi.Umuman olganda, iqtisodiyotda narxlar 
barqarorligini ta’minlash, aholi va biznes vakillarining inflyatsion kutilmalarini 
ijobiy shakllantirish orqali Markaziy bank mamlakatdagi iqtisodiy o’sishni qo’llab-
quvvatlab boradi.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiyotning mustahkam rivojlanishi ko’p jihatdan 
fundamental va tarkibiy islohotlarga bog’liq bo’lib, faqatgina Markaziy bankning 
pul-kredit siyosati instrumentlarini qo’llash orqali ishlab chiqarish omillari 
samaradorligini oshirishga yoki texnologik rivojlanishga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir 
qilib bo’lmaydi.
SHuningdek, ma’lum bir tarmoqlarni faqatgina kreditlar bilan qo’llab-
quvvatlash va markazlashgan investitsiyalarni yo’naltirish mamlakatda barqaror 
iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun yetarli emas.
Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish, mehnat unumdorligi va 
energiya 
iste’moli samaradorligini oshirib borish, ishlab chiqarish 
infratuzilmasini 
rivojlantirish, 
biznesni 
tashkil 
etish 
va 
yuritishni 
yengillashtirishga qaratilgan davomli tarkibiy islohotlar uzoq muddatli iqtisodiy 
o’sishni ta’minlovchi asosiy omillar bo’lib hisoblanadi.
Pul-kredit siyosati deganda
, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy 
mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf 
etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-
tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni 
Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, 
to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan 
iborat. 
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz 
stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab 
turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator 
vazifalardan foydalanadi. 


Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:
1. Hisob stavkasi; 
2. Majburiy zahiralar normasi; 
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar. 
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi 
pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular 
orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. 
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri –majburiy bank zahira me’yorini 
o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zahiralar – bu, kredit maqsadlari uchun 
ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.. Zahira normasi ikki asosiy 
funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va 
kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda 
ushlab turishga majbur bo’lgan zahiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu 
vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor 
qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining 
kredit berish yo’li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo’ladi. Ilk majburiy 
zahira normalari AQSH da 1865 yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank 
majburiy bank zahirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zahiralari ortadi, bu esa pul 
taklifining mulьtiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me’yor 25 % 
bo’lsa, unda bankka qo’yilgan 800 so’mdan 200 so’m majburiy bank me’yorini 
tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so’mni qarzga berishi mumkin bo’ladi. Endi 
faraz qilaylik, me’yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so’mni qarzga berish 
imkoniyatiga ega bo’ladi va boshlang’ich pul taklifini 720 so’mga oshiradi. 
Majburiy bank zahirasi me’yorini ko’tarish yordamida pul taklifini 
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zahiralari qisqarishiga olib keladi. 
Pul-kredit siyosatini o’tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir 
etadi. Turli mamlakatlarda qo’llanilayotgan majburiy zahira normalari turlichadir. 
Yuqori inflyatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo’lgan 
bo’lsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo’g’i -2.5 foizni tashkil etadi. 


 Markaziy bank Boshqaruvi Tijorat banklarining O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankida depozitga qo’yiladigan majburiy rezervlari normativlariga 
o’zgartirishlar 
kiritdi

Markaziy bank Boshqaruvi 2019 yil 1 iyuldan e’tiboran tijorat banklarining 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga qo’yiladigan majburiy 
rezervlari normativlariga o’zgartirish kiritish to’g’risida qaror qabul qildi.
Majburiy rezervlash instrumentining samaradorligini oshirish va tijorat 
banklari tomonidan qisqa muddatli likvidlikni boshqarish sharoitlarini 
yengillashtirish maqsadida 2019 yilning 1 iyulidan boshlab majburiy rezerv 
normativlariga quyidagi o’zgartirishlar kiritilmoqda: 
- tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan milliy 
valyutadagi depozitlari uchun 4 foiz hamda chet el valyutasidagi depozitlari uchun 
14 foiz miqdorida majburiy rezerv normativlari belgilanmoqda; 
- majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan 0,25 o’rtachalash 
koeffitsienti o’rnatilmoqda.
Majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o’rnatilayotgan 
o’rtachalash koeffitsienti Markaziy bankka o’tkazilishi lozim bo’lgan majburiy 
rezerv miqdorining 25 foizini banklarning vakillik hisobvarag’ida qoldirishga ruxsat 
etiladi.
Bunda, tijorat banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i 
qoldig’ining saqlash davridagi o’rtacha kunlik miqdori hisoblangan majburiy rezerv 
miqdorining 25 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Bu tijorat banklari uchun likvidlikni 
samarali boshqarishga imkon beradi. 


Bunday pasayish pul mulьtiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta 
iqtisodiyotda pul taklifining ko’payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha 
rezervlarining ko’payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko’paytiriadi va bu
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. 
Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat 
o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo’sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir 
ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar 
soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz 
yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul 
taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni 
oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan 
davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi 
to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa 
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli 
davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o’sishini 
rag’batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo’lsa, uzoq 
muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin