4. Pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga
mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari
Markaziy bank pul-kredit siyosati borasidagi qarorlarini birinchi o’rinda o’rta
muddatli istiqboldagi makroiqtisodiy prognozlari va keng qamrovli tahlillar asosida
qabul qiladi. Prognoz ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda milliy iqtisodiyot
rivojlanishi, inflyatsiya dinamikasining ichki va tashqi omillari, shu bilan birga,
makroiqtisodiy siyosatning shart-sharoitlarini hisobga oladi. Prognozlash modellari
pul-kredit siyosati choralarining moliyaviy shart-sharoitlarga o’zgartirish kiritish
orqali real sektor holati va narxlar dinamikasiga ta’sirini hisobga olish imkonini
beradi. Markaziy bank tomonidan 2020-2022 yillarda iqtisodiyot rivojlanishining
asosiy stsenariysi bilan birgalikda muqobil stsenariysi ham ishlab chiqildi. Bu, o’z
navbatida, xatarlar sodir bo’lishining ehtimoliy oqibatlarini baholashga va ularning
oldini olish choralarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. 2020-2022 yillar uchun
prognoz ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi
davomida iqtisodiyotdagi narxlar dinamikasiga ta’sir ko’rsatuvchi fundamental
omillarning turlari va ta’sir doirasi o’zgarib borishi inobatga olindi. Xususan,
prognozda hisobga olingan sharoitlar tashqi savdoning erkinlashuvi va soliqqa
tortishni takomillashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlardan ko’zlangan
maqsadlarning o’z vaqtida va samarali bajarilishini nazarda tutadi.
SHuningdek, tashqi sharoitlar O’zbekistonning xalqaro savdoda hozirgi
mavqeini saqlab qolishi, xususan, xomashyo (tabiiy gaz, mis, paxta tolasi), tekstilь
mahsulotlari, oltin, meva va sabzavotlar eksportning asosiy qismini tashkil etishi,
transchegaraviy pul o’tkazmalari dinamikasi,jahon xomashyo bozorlaridagi
narxlarning o’zgarishi hamda asosiy savdo hamkor davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy
holati bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va
kengaytirish jarayonlari ma’lum bir davrni talab qilishini hisobga olib, iste’mol
tarkibida import ulushi nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda.
Buning natijasida ichki iste’mol narxlarining tashqi tovar bozorlari kon’yunkturasi
hamda almashuv kursiga ta’sirchanligi davom etadi. SHu bilan birga, inflyatsiya
kutilmalarining pasayib borishi va pul-kredit siyosatiga bo’lgan ishonchning ortib
borishi bilan inflyatsiyaning bir martalik omillarga ta’sirchanligi tobora pasayib
boradi.
Tarkibiy islohotlarning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri asta-sekinlik bilan namoyon
bo’ladi, ularning 2022 yilning oxiriga kelib YaIMning barqaror o’sishiga hissasi
sezila boshlaydi. SHu bilan birga, 2020-2022 yillarda makroiqtisodiy siyosat
barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini yaratishga asos bo’ladigan
narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yo’naltirilishi kutilmoqda, bu esa,
o’z navbatida, ishbilarmonlik muhitidagi noaniqliklarni kamaytirishga yordam
beradi.
Qayd etilgan va boshqa omillar makroiqtisodiy prognoz uchun asos bo’lib, pul-
kredit siyosati yuritilishining ichki va tashqi shart-sharoitlarini shakllantirdi.
Ichki iqtisodiy sharoitlar sifatida, birinchi navbatda, iqtisodiyotdagi tarkibiy
o’zgarishlarning davom ettirilishi, xususan yig’ma byudjet ijrosi, yoqilg’i-
energetika mahsulotlari narxlarining erkinlashtirilishi, tashqi savdo sharoitlarining
yanada tartibga solinishi va boshqalar hisobga olinadi.
Eksportga nisbatan yuqoriroq hajmdagi importga bo’lgan talabning saqlanib
qolishi natijasida jahon bozori kon’yunkturasining ichki ishlab chiqarish, daromad,
iste’mol va narxlar dinamikasiga ta’siri davom etadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar
va
eksportni
rivojlantirishga
yo’nal-tirilgan
choralar
samaradorligining oshirilishi hamda erkin shakllanuvchi valyuta kursi rejimining
amal qilishi, 2020-2022 yillarda, pul o’tkazmalari hajmining joriy o’sish sur’atlari
saqlanib qolishi bilan bir qatorda, mamlakat tashqi savdo balansining muvozanatga
kelishini ta’minlaydi. SHu bilan birga, Markaziy bank valyuta kursining
o’zgarishiga olib keladigan omillarning tabiatini va ularning inflyatsiya
dinamikasiga va inflyatsion kutilmalarga ta’sirini baholab boradi.
Prognoz davrida milliy iqtisodiyotning o’sish potentsiali ijtimoiy va sanoat
infratuzilmalarining holati, mavjud transport infratuzilmalarining bandlik darajasi
bilan chegaralanadi. Boshqa tomondan, iqtisodiyotda tashkiliy boshqaruv sifatining
pastligi, iqtisodiyotning monopollashuvi darajasi yuqoriligi hamda iqtisodiy faol
aholining malakasi bilan bog’liq mehnat unumdorligining pastligi iqtisodiyotning
o’sishi va modernizatsiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omil bo’lib hisoblanadi.
Xususiy kompaniyalarga yoqilg’i-energiya sohasida faoliyat olib borishiga
ruxsat berilishi orqali ishlab chiqarish quvvatlarini va energiya ta’minoti
infratuzilmasi tarmog’ini kengaytirish, mavjud avtomobilь yo’llari holatini lozim
darajada saqlash, davlat-xususiy sherikchilik amaliyotidan foydalangan holda yo’l
infratuzilmasini kengaytirish, temiryo’l va havo yo’llari infratuzilmalaridan xususiy
transport operatorlariga tijorat asosida foydalanishga ruxsat berish bo’yicha choralar
amalga oshirilishi ichki bozorda iste’mol tovarlari tannarxining shakllanishiga va
inflyatsiyani pasaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bundan tashqari, 2020-2030 yillarda qishloq xo’jaligini rivojlantirish
strategiyasining samarali amalga oshirilishi, jumladan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash quvvatlarining kengaytirilishi, hamda
ulgurji-taqsimlash markazlari tarmog’i rivojlantirilishi ichki bozorning qishloq
xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga va narxlarning
mavsumiy tebranishini kamaytirishga yordam beradi. SHu bilan birga, energiya
samaradorligining va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardagi energiya iste’molining
xalqaro standartlari va normalarini hamda korxonalarning ish faoliyati samaradorligi
ko’rsatkichini (KPI) amaliyotga joriy qilish, inson kapitalini rivojlantirishga
sarmoyalar yo’naltirish orqali mehnat resurslarining malakasini oshirish, monopol
va davlat korxonalari mahsulotlari narxi shakllantirilishining shaffofligiga erishish
kabi omillar yordamida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor
qaratish talab etiladi. Bu esa iqtisodiyot sektorlarida boshqaruv sifati va mehnat
unumdorligi oshishiga xizmat qiladi. Xususiy mulk huquqlarini himoya qilishni
kuchaytirish, raqobat bozorlarida davlat ulushini qisqartirish, monopoliyaga qarshi
kurashish tartibini takomillashtirish orqali sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish,
o’z navbatida, bozor ishtirokchilari sonining ko’payishiga va milliy mahsulot
turlarining kengayishiga olib keladi.
Kelgusi uch yillik muddatda milliy iqtisodiyotning tarkibiy xususiyatlari
iqtisodiy faoliyat dinamikasini belgilab, pul-kredit siyosatini amalga oshirishga o’z
ta’sirini ko’rsatadi. Iqtisodiy o’sishning potentsialini kengaytirish maqsadida
tarkibiy islohotlar samaradorligini oshirishga va yuqorida qayd etilgan
muammolarni bartaraf etishga, shuningdek, iqtisodiy munosabatlardagi barcha
ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini faol-lashtirishga yo’naltirilgan davlat siyosati
choralarini ko’rish talab etiladi. Soliq islohotlarining davom ettirilishi va byudjet
qoidalaridan foydalangan holda davlat byudjetini konsolidatsiyalash ichki shart-
sharoitlarning ikkinchi muhim omili hisoblanadi.
Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo’yicha ko’rilayotgan choralar,
QQS bazasining kengaytirilishi, hamda soliq tizimidagi sifat o’zgarishlari o’rta
muddatli davrda ma’lum darajada tayyor mahsulot narxlarida o’z aksini topadi.
Raqobat muhitini yaxshilash va soliqqa tortish samaradorligini oshirish maqsadida
2019 yil 1 oktyabrdan boshlab QQS bo’yicha imtiyozlar bekor qilindi, shu bilan
birga, QQSning asosiy stavkasi pasaytirildi. Ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-
ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlariga, shuningdek, qurilish materiallari va
ehtiyot qismlarga berilgan imtiyozlar bekor qilindi. Qisqa muddatda ushbu chora
inflyatsiyaviy xarakterga ega bo’lishi mumkin, biroq QQSning asosiy stavkasi 20
foizdan 15 foizgacha pasaytirilishi, o’z navbatida, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
inflyatsion bosimning oldini oladi.
SHu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, samaradorligini
oshirish va soliq yukini kamaytirish bo’yicha islohotlarning davom ettirilishi ichki
bozorda mahsulot tannarxining pasayishiga, bu esa xufyona iqtisodiyotdagi tovar
aylanmasining kamayishiga hamda sog’lom raqobatning rivojlanishiga olib keladi
va natijada narxlar barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Davlat qarzini
moliyalashtirish uchun tashqi manbalarni jalb qilishda yillik me’yor belgilash orqali
qarz olishda ehtiyotkorona yondashuvning qo’llanilishi davlat moliyasining
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. SHuningdek, davlat moliyasini
takomillashtirish jarayonida byudjetdan tashqari jamg’armalar hamda Tiklanish va
taraqqiyot jamg’armasining yagona bir fiskal balans tarkibida konsolidatsiya
qilinishi iqtisodiyotga davlat moliyasi tomonidan bo’ladigan ta’sirlarni to’liq
baholash va pul-kredit siyosati bilan soliq-byudjet siyosatini o’zaro muvofiq tarzda
olib borishga imkon beradi. SHuningdek, imtiyozli kreditlash amaliyotining bozor
mexanizmlariga o’tkazilishi kredit bozoridagi nomutanosibliklarni bartaraf qiladi
hamda markazlashgan manbalar hisobidan ajratiladigan qarz mablag’laridan
samarali foydalanilishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan choralarning amalga oshirilishi hamda davlat
xizmatchilari ish haqining inflyatsiyaning maqsadli darajasidan oshmagan miqdorda
indeksatsiya qilib borilishi kelgusi 3 yil davomida byudjet xarajatlari tomonidan
qo’shimcha inflyatsion bosimni keltirib chiqarmaydi. Ichki sharoitlarning uchinchi
sharti sifatida tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish jarayonlarining samarali
amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Yoqilg’i-energetika mahsulotlari narxlari erkin-
lashtirilishi doirasida tartibga solinadigan narxlar va tariflarning oshishi inflyatsion
bosim yuzaga kelishining ob’ektiv omilidir. Ushbu narxlarni ishlab chiqarish
tannarxi darajasiga moslashtirish sharoitida keyingi yillarda ham energiya resurslari
narxlarining inflyatsiyaga bosimi saqlanib qoladi.
Ayni paytda narxlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishi inflyatsion
kutilmalarning doimiy yuqori darajada saqlanib qolishiga olib keladi va mazkur
islohot samaradorligini pasaytiradi. O’z navbatida, inflyatsiya darajasi yuqoriligi va
milliy valyuta qadrsizlanishining tezlashishi real narxlarning ishlab chiqarish
tannarxi darajasiga ko’tarilishiga to’sqinlik qiladi, bu esa, o’z navbatida, ushbu
sohalarning potentsial sarmoyadorlar uchun jozibadorligini pasaytiradi. Tabiiy
monopoliyalarning narxlari dinamikasi iste’mol savatidagi aksariyat mahsulot va
xizmatlar narxlariga ta’sir ko’rsatadi. Bunday vaziyatda, tartibga solinadigan
narxlarni tannarx darajasiga tezroq yetkazib, kelgusida inflyatsiya targetidan
oshmagan darajada indeksatsiyalash maqbul yechim hisoblanadi.
Bunda, o’rta muddatli istiqbolda iste’mol narxlari o’sish sur’atlari
inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichidan yuqorilab ketmasligi muhim ahamiyat
kasb etadi. SHu bilan birga, tartibga solinadigan narxlarni indeksatsiya qilish
tartibini
me’yoriy hujjatlar bilan belgilash, inflyatsiyaning maqsadli
ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda o’rta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan
narxlarni oshirish sana va muddatlarining e’lon qilinishi hamda narxlarni
erkinlashtirish islohotining mohiyati, maqsadi va bu borada erishilgan natijalarni
tushuntirish bo’yicha keng ko’lamli kommunikatsion siyosatning olib borilishi
iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarni pasaytirishga yordam beradi.
2020-2022 yillarda asosiy savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotlarida o’sishning
bir oz sekinlashishi taxmin qilinmoqda. Jumladan, prognoz davrida Rossiya
iqtisodiyotiga nisbatan xalqaro moliyaviy sanktsiyalarning saqlab turilishi iqtisodiy
o’sishning sekinlashtiruvchi omili bo’lib qolishi kutilmoqda.
Ushbu holatda Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishda ichki manbalarga ko’proq
e’tibor qaratishga harakat qiladi va bu jarayon Rossiyada ichki investitsiyaviy
jarayonlarni faollashtiradi, bu, o’z o’rnida, mehnat resurslariga qo’shimcha talabni
shakllantiradi.
Bundan tashqari, Rossiyaning tashqi moliyaviy faoliyati uchun bozor
iqtisodiyotiga o’tuvchi mamlakatlar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining
yoqilg’i-energetika sohasiga investitsiya kiritish jozibador yo’nalish bo’lib qoladi.
SHu nuqtai nazardan, Rossiyadan O’zbekistonga pul o’tkazmalari va investitsiyalar
oqimi joriy dinamikasining saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda.
SHu bilan birga, Xitoy iqtisodiyoti rivojlanish dinamikasida AQSH bilan savdo
aloqalarining yomonlashishi tufayli investitsiyalarni ichki ishlab chiqarishni
qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish va mintaqadagi qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy
loyihalarni amalga oshirishning faollashuvi kuzatilishi mumkin.
O’zbekiston mahsulotlariga tashqi talab darajasi saqlanib qolishi va eksport
hajmining (xususan, xizmatlar sohasida) o’sib borishi kutilmoqda hamda prognoz
davri davomida tashqi savdo munosabatlari tarkibi sezilarli darajada o’zgarmasligi
taxmin qilinmoqda. SHu bilan birga, jahon iqtisodiyotida sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish sur’atining kutilayotgan pasayishi hamda xalqaro rezerv valyutalarining
ehtimoliy qadrsizlanishi qimmatbaho metallar va xomashyo narxlari tebranishlari
oshishiga turtki beradi.
SHu bilan birga, Xitoyda sanoat ishlab chiqarishining sekinlashishi tufayli gaz
va mis narxlari pasayishi, AQSH Federal rezerv tizimi va Yevropa Markaziy
bankining pul-kredit sharoitlarini «yumshatib» borishlari natijasida oltin
narxlarining barqaror bo’lishi kutilmoqda. Bu, o’z navbatida, eksport tushumlari
bo’yicha o’suvchan dinamikaning saqlanib qolishiga xizmat qiluvchi omillardan biri
hisoblanadi.
Investitsion muhitning yaxshilanishi natijasida tashqi, shu jumladan,
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar o’sish sur’atlarining oshishi prognoz qilinmoqda.
Bu, o’z navbatida, to’lov balansi joriy hisobvarag’ining manfiy salьdosini
moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Soliq-byudjet sohasida umumiy fiskal defitsitning bir maromda pasayib borishi
va davlat tashqi qarzi miqdorining belgilangan parametrlar doirasida bo’lishi
kutilmoqda. Bunda, umumiy fiskal balans 2020 yilda YaIMga nisbatan 2,7 foizdan
oshmasligi va 2023 yilga kelib 1,5 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Tartibga
solingan narxlar borasida asosiy stsenariyga ko’ra yoqilg’i-energetika mahsulotlari
narxlarini tannarx darajasiga qadar erkinlashtirish jarayonlarining 2022 yilga qadar
bosqichma-bosqich tugatilishi va bunda ushbu jarayonning inflyatsiyaga ta’sirini
imkon qadar minimallashtirgan holda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Markaziy bank tomonidan asosiy stsenariy shart-sharoitlarida 2020 yil oxiriga
yillik inflyatsiya 12-13,5 foiz oralig’ida bo’lishi prognoz qilinmoqda va maqsadli
ko’rsatkichlar o’rtasidagi farqni bosqichma-bosqich qisqartirib, 2021 yilda bir
xonali son darajasiga, 2023 yilda inflyatsiyaning asosiy targeti – 5 foiz darajasiga
erishish mo’ljallanmoqda.
Ushbu ko’rsatkichlarga erishishda, eng avvalo, muvofiqlashtirilgan
makroiqtisodiy siyosat yuritilishi, fiskal siyosatning yuqorida keltirilgan
ko’rsatkichlar doirasida ijro etilishi, pul-kredit siyosatining bir maromda qat’iy
darajada yuritilishi va tarkibiy islohotlarning samarali olib borilishi asosiy omil
bo’lib hisoblanadi.
Xususan, tartibga solinadigan narx-larning bosqichma-bosqich oshirilishi
sharoitida ularning inflyatsiya darajasiga ta’siri saqlanib qoladi va oshiruvchi
xususiyat kasb etadi. Logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash
infratuzilmasi sifatini oshirish, sanoat sovutkichlari sonini ko’paytirish va qishloq
xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish borasida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2020 yilda oziq-ovqat tovarlari narxlari
o’zgarishining 2019 yilga nisbatan bir oz sekinlashishi kutilmoqda.
SHuningdek, soliq va bojxona tariflari qayta ko’rib chiqilishi inflyatsiyaga turli
yo’nalishli ta’sirga ega bo’lishi mumkin. Bu, o’z navbatida, soliq va bojxona
siyosatida olib boriladigan chora-tadbirlarning samaradorligi bilan uzviy bog’liq
bo’ladi.Tartibga solinadigan narxlarning to’liq erkinlashtirilishi sharoitlari
Markaziy bank tomonidan asosiy stsenariyda ko’zda tutilgan tartibga solinadigan
narxlarning bosqichma-bosqich erkinlashtirilishidan farqli ravishda ushbu jarayon
2020 yilning o’zida narxlarni to’liq erkinlashtirish yo’li bilan amalga oshirilishi
varianti ham stsenariyga qo’shimcha sifatida qabul qilinib, makroiqtisodiy
prognozlar ishlab chiqildi.
SHuningdek, xalqaro amaliyot negizida banklar tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog’ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish
maqsadida,
O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank hamda qimmatli qog’ozlar bozori
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan holda tegishli chora-
tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
SHunga muvofiq, «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan tijorat bankiga turli
darajadagi reyting baholari berildi.
Dostları ilə paylaş: |