Kushon tangalari
Bizga qadar yetib kelgan yozma manbalar va bugunga qadar olingan
arxeologik ma’lumotlarga asoslangan tadqiqotchilar Qang‘ davlati, uning tarkibi,
siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixini yoritishga, mazkur siyosiy birlashmada
davlatchilik
boshqaruvining
shakllanishi
va
rivojlanishi
xususida
o‘z
munosabatlarini bildiradilar.
Manbalar Qang‘ podsholarining nomlari haqida ma’lumotlar bermaydi. Faqat
shu narsa ma’lumki, ular o‘z nomlari bilan birgalikda urug‘ nomini ham qo‘llaganlar
va «Qang‘ xonadoni hukmdori» deb atalganlar. Qang‘da saylangan hukmdorning
hokimiyati oqsoqollar kengashiga tayangani va ayni paytda kengash tomonidan
cheklab qo‘yilganini kuzatish mumkin. Qang‘ hukmdorlarining qanday unvon bilan
atalganligi ma’lum. Ammo, kengashdagi zodagonlar vakillari qanday atalganligi
turli bahslarga sabab bo‘lgan. Antik davrdagi usunlar, yuechjilar va qang‘larning
hukmdorlari yabg‘u unvoni bilan atalgan.
Qang‘ davlati olib borgan tashqi siyosat qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq
aloqalarini o‘rnatish, keskinlashgan vaziyatning oldini olish va o‘z chegarasida
osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan edi. Shu bilan birgalikda, payti kelganda
atrofdagi kuchsizlanib qolgan kabilalarga, vohalarga, viloyatlar ustiga hujum qilib,
ularni o‘ziga qaram qilish ayrim hollarda tashqi siyosatni belgilab berar edi.
Tadqiqotchilarning fikricha, qang‘lilarning eng ashaddiy dushmanlaridan biri
– usunlar edi. Qang‘ davlati hokimiyat boshliqlari usunlarning bosqinchilik
siyosatini cheklash maqsadida xunnlar bilan yaqinlashib, ular bilan do‘stona
munosabatlar o‘rnatadilar. Mil. avv II-I va mil. I asrda usunlar Xitoy hukmdorlari
bilan yaqin munosabatlar o‘rnatib xunlar va qang‘lilarga qarshi kurash olib
boradilar. O‘z navbatida Xitoy imperatorlari ko‘chmanchilarning o‘zaro
kurashlaridan foydalanib, o‘z yerlarini kengaytirish maqsadida Qashg‘ar, Yorkent
va Davan yerlariga hujumlar uyushtiradilar. Qang‘lilar xitoyliklarning harbiy va
siyosiy maqsadlarini tushunib, ularni o‘z chegaralariga yaqinlashtirmaslikka harakat
qiladilar. Chunonchi, Xitoy qo‘shinlari mil.avv. 104,102,65 yillar va milodiy I asrda
Davan, Yorkent va Qashg‘ar viloyatlariga bosqinchilik yurishlari uyushtirgan
vaqtlarda qang‘lilar yordamga kelib xitoyliklarning bosqinchilik yurishlarini
bartaraf etishda faol ishtirok etadilar.
Qang‘ davlatining janubdagi qo‘shnisi – antik davrdagi ulkan va qudratli
saltanatlardan biri Kushon davlati edi. Qang‘lilar bu davlat bilan do‘stona
munosabat o‘rnatishga harakat qilishlariga qaramasdan mil. I asrda kushonlar
qang‘lilarning mulklari hisoblangan ayrim viloyatlarni o‘z chegaralariga qo‘shib
oladilar.
Qang‘ davlatining asosiy aholisi o‘troq va yarim o‘troq turmush tarzi
kechirganlar va ularning atrofida ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi
aholi yashagan. O‘troq aholi asosan vodiyda, daryo vohalarida yashab,
dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Qang‘lilar
dehqonchiligida arpa, bug‘doy, tariq, no‘xot, sholi va boshqa donli mahsulotlar
yetishtirish asosiy o‘rinda turgan.
Mil. avv IX-III asrlarda, ya’ni, Burg‘ulik (Burkanlik) madaniyati rivojlangan
davrda mehnat qurollarining barchasi asosan tosh va bronzadan yasalgan bo‘lsa,
qang‘lilar davriga kelib temir buyumlar keng tarqaladi. Mil.avv. II-mil. - VI asrlarda
Toshkent vohasida chorva qo‘shib, omoch bilan yer haydash keng rivojlangan edi.
Shuningdek, bu davrda yerni sun’iy sug‘orib ekin ekish, katta va kichik kanallar
qazish, suv inshootlarini bunyod etish ham tarqqiy topadi.
Vohalarda yashovchi o‘troq aholi dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik
bilan ham shug‘ulllanganlar. Yozma manbalarda bu aholining sut-qatiqlari va zotdor
otlari borligi haqida ma’lumotlar beriladi. Chorva mollarining ko‘pchilik qismi
ko‘chmanchi va yarim o‘troq aholi ixtiyorida bo‘lgan. Ko‘p sonli chorva mollarini
esa mavsumga qarab, bir joydan ikkinchi joyga haydab boqqanlar. Qang‘ podsholari
va ularga yaqin bo‘lgan kishilar nihoyatda boy chorvadorlar bo‘lganlar. Ular bahor
kelishi bilan yaqinlari, qarindosh urug‘lari bilan birgalikda yozgi qarorgohda, ya’ni
O‘trorga borib yozni o‘tkazganlar. Kuzda esa qishlovni o‘tkazish uchun Kankaga
qaytib ketganlar.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda O‘tror, Oqtepa, Qorovultepa,
Qovunchi, Choshtepa, Mingo‘rik xarobalari o‘rnida qang‘arlarning qo‘rg‘onlari va
ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o‘troq xalqlar
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent
vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar.
Ular arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar.
Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida
yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, misgarlik hunarining
rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan juda ko‘plab mis, temir,
kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‘shib,
mustahkam qurollar yasashni ham o‘zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj
buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar
tayyorlangan.
Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarning
tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan.
Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland
mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari,
Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham
mavjud bo‘lgan.
Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, qang‘lilarning ko‘pchiligi shaharlarda
va katta-kichik qishloqlarda yashaganlar. Shaharlar mustahkam himoya inshootlari
bilan o‘rab olinib, ularda qal’alar ham mavjud bo‘lgan. Ko‘pchilik shaharlarning
avvaldan o‘ylangan rejaviy to‘zum asosida qurilganligi Qang‘ davlatida
shaharsozlik madaniyati rivojlanganligidan dalolat beradi.
Mustahkam himoya inshootlari va qal’alarga ega bo‘lgan shaharlarda hamda
yirik qishloq va qo‘rg‘onlarda yirik kabila boshliqlari, urug‘ yoki jamoa oqsoqollari,
boy-badavlat oilalar va qisman hunarmandlar yashaganlar. Turar-joylar asosan
paxsa va xom g‘ishtdan qad ko‘targan. Qang‘ davlati aholisining ko‘pchilik qismi
tarqoq holda kichik-kichik qishloqlarda, yerto‘lalarda, kapa uylarda va o‘tovlarda
yashab, yarim o‘troq va ko‘chmanchi turmush tarzi yuritganlar.
Shahar va qishloqlarda hunarmandchilikning ko‘plab sohalari – kulolchilik,
temirchilik, teriga ishlov berish, zargarlik, toshtaroshlik, to‘qimachilik kabi o‘nlab
turlari rivojlangan edi. Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, yirik
shaharlarda hunarmandchilikning ma’lum sohasiga ixtisoslashgan ustalarning
mahallalari mavjud bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida topilgan rangdor sopol idishlar,
turli matolar qoldiqlari, charm buyumlar, ot-ulov anjomlari hamda turli zeb-ziynatlar
Qang‘ davlati madaniyati nihoyatda rivojlanganligidan dalolat beradi. Shuningdek,
Kanka harobalaridan, Jo‘nariq atroflaridagi tepaliklardan, Qovunchitepa, Choshtepa
va Toshkent vohasining ko‘pgina hududlaridan mil.avv. III – milodiy V asrga oid
arxeologik topilmalar ham Qang‘ madaniyati rivojining namunasidir.
Qang‘ tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, bu davlat madaniyatining yuqori
darajasi tasodifiy hol emas. Yaksart-Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi
qang‘lilarning Sug‘diyona, Farg‘ona hamda daryoning quyi oqimida yashovchi
ko‘plab xalqlar bilan o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari Qang‘ davlati madaniyati
taraqqiyotiga asos bo‘lgan edi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda ular
madaniyatidagi umumiylik ko‘zga tashlanadi. Undan tashqari Qang‘ davlati
hududlaridan Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarining o‘tganligi ham davlatning iqtisodiy
va madaniy rivojiga, qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va diplomatik aloqalarning
taraqqiy etishi uchun omil bo‘lib xizmat qilgan edi.
O‘rta Osiyoning Sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan qadimgi
Farg‘ona antik davr o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan edi.
Farg‘ona haqida yunon-rim mualliflari ma’lumotlar bermaydilar. Bu davlat haqidagi
yozma ma’lumotlar asosan Xitoy manbalarida – Chjan syan ma’lumotlarida, Sima
syanning «Tarixiy xotiralar», Ban Gunning «Birinchi xan sulolasi tarixi» asarlarida
beriladi. Bu manbalarda ushbu davlat «Dayuan» yoki «Da-van» nomi ostida
eslatiladi. Farg‘ona so‘zi Sug‘d manbalarida «Fragonik» shaklida yozilib «tog‘lar
orasidagi vodiy, atrofi berk soylik» ma’nosini beradi. Xitoy manbalaridagi Dayyuan
ham «tog‘lar orasidagi vodiy» ma’nosini beradi.
Davan davlati tarixi bo‘yicha uzoq yillardan buyon tadqiqot ishlari olib
borilib, so‘nggi yillarda o‘zbek olimlaridan A.Asqarov, A.Xo‘jaev, B.Matboboev,
A.Anorboev, S.Qudratov, B.Abulg‘ozieva, B.Abdullaev, Abduholiq Abdurasul
o‘g‘li kabilar arxeologik ma’lumotlarni yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganish
asosida samarali ishlar olib borayotgan bo‘lishlariga qaramay, bu yo‘nalishda hali
ko‘pgina masalalar o‘z yechimini topmagan. Davan davlati shaharlarining aniq
joylashuvi, davlat tizimi va boshqaruvi, davlatning chegaralari, qo‘shni davlatlar
bilan munosabatlar, mahalliy madaniyatning qo‘shni madaniyatlar bilan
munosabatlari masalalari shular jumlasidandir.
Qadimgi Farg‘ona aholisi bronza davridayoq buloq suvlari birlashuvidan
paydo bo‘lgan Qoradaryo tarmoqlari havzalarida o‘ziga xos sug‘orma dehqonchilik
madaniyatini yaratadilar. Ilk temir va antik davrga kelib Farg‘onada mahalliy
madaniyatlar an’analari asosida taraqqiy etayotgan qadimgi dehqonchilik
madaniyatlari butun vodiyni qamrab oladi va aholining o‘troq hayot tarzi jamiyat
iqtisodiy asosini tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil.avv. III asrdan
boshlab butun Farg‘ona vodiysida shaharsozlik madaniyati keng yoyiladi. Aynan
mana shu davrda Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘li tarmoqlari bo‘ylab
Axsikent, Marhamat, Kubo, Marg‘ilon, Bob (Pop) kabi ko‘hna shaharlar paydo
bo‘ladi. Shuning uchun ham mil.avv. II asrga oid Xitoy manbalari Farg‘onada 70 ta
katta-kichik shaharlar borligi haqida ma’lumot beradi.
Sima syanning «Tarixiy xotiralar» asarida Davanning ikkita poytaxti – Ershi
va Yuchen bo‘lganligi haqida xabar beriladi. Bu shaharlarning joylashuvi
masalasida olimlar orasida yagona fikr yo‘q. Ular O‘zgan, Mingtepa (Marhamat),
Qo‘qon, Koson, Axsikent, O‘ratepa yoki Jizzax o‘rnida joylashtiriladi.
Eng qadimgi yozma manbalar O‘rta Osiyodagi ayrim ilk davlat uyushmalari
haqida ma’lumotlar bersada, Farg‘ona haqida bunday ma’lumotlar uchramaydi.
Shunga
qaramasdan
Yu.A.Zadneprovskiy
Qadimgi
Farg‘ona
(Davan)
podsholigining mavjud bo‘lganligini taxmin qiladi. A. Asqarovning fikricha,
mil.avv. I ming yillikning o‘rtalaridan oldingi davrdagi Farg‘ona haqida so‘z
yuritilganda odatda faqat «chifdom» (voha) shaklidagi qadimgi davlat asoslarining
paydo bo‘lishi anglashiladi. Olimning fikricha, mana shu holatni hisobga olib
Farg‘onada davlatchilik, aftidan, mil. avv V-IV asrlarda paydo bo‘lgan bo‘lishi
mumkin.
B.Matboboevning fikricha, A. Asqarovning bu xulosasi ikkita tarixiy dalilga
asoslangan. Birinchisi, aynan mana shu davrga oid arxeologik topilmalar
(Sho‘rabashot madaniyati) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi (mahsulot
ishlab chiqarish va savdo sotiqning o‘sishi) haqidagi taxminlarni ilgari surish
imkonini beradi. Ikkinchisi, mil.avv. II asrdayoq Farg‘onada ko‘p sonli shaharlar
mavjudligi haqida ma’lumotlar bor.
Mil. avv II asrdan boshlab Qashg‘ardan Davanga shimoliy yo‘ldan karvon
yo‘li harakati boshlanadi. Bu yo‘ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit
savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Davan aholisi ko‘paya boshlaydi va
ko‘plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo‘ladi. Savdo yo‘lida Davan
muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Yassa va
Qoradaryo vohalarida ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo
etiladi.
Mil.avv. 125 yilda Davanga kelgan Xitoy elchisi Chjan syan bu yerda qishloq
va shaharlari obod, sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik xo‘jaliklari yuksak
rivojlangan, kuchli harbiy kuchlarga ega davlatni ko‘radi. Chjan syan Davanning
qishloq xo‘jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: «O‘troq aholi yer
haydaydi, g‘alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko‘plab yaxshi
otlar bor. Davanning barcha joylarida uzum vinosi tayyorlaydilar. Boy xonadonlar
uni katta miqdorda tayyorlaydi, bu ichimlik xumlarda bir necha o‘n yillarda ham
buzilmay saqlanadi». Shuningdek bu elchi, bu davlat aholisi juda xushmuomala,
mehmondo‘st, ko‘ngli ochiq odamlar ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Xitoy manbalari qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori
darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o‘zlari uchun notanish
bo‘lgan beda va uzum hayratga solgan. Manbalarda yana shunday ma’lumot bor:
«Xitoy elchisi urug‘ keltirdi, shunda osmon farzandi(Xitoy imperatori) unumdor
yerga beda va uzum ekdi». Davanliklarning bog‘larida uzumdan taщqari anor, o‘rik
va boshqa mevali daraxtlar ko‘p bo‘lgan. Xitoy tarixchilari bu mevalarning Xitoyda
paydo bo‘lishini Davan bilan bog‘laydilar.
Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg‘ona chorvachiligining o‘ziga xos
tomoni bo‘lgan yilqichilikning yuqori darajada rovojlanganligi haqida ham
ma’lumotlar beradi. Davan davlati antik davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat
qozongan edi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, ularni yetishtirish bilan o‘troq aholi
shug‘ullangan. «Davanda yaxshi otlar bo‘lib, ular Ershi shahridadir, otlarni
yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo‘lmaydilar». Davanning mashhur
«samoviy otlari» tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha
saqlanib qolgan.
Xususan, O‘shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovning qoya adirlarida 30 ta
chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o‘xshash tasvirlar Marhamat
yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu
tasvirlar Davan o‘zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo‘lganligini
tasdiqlabgina qolmay, farg‘onaliklarning yuksak san’at sohiblari bo‘lganliklaridan
ham dalolat beradi. Manbalarning guvohlik berishicha, qo‘shni davlatlar, xususan,
Xitoy imperatorlari Davan otlarini nihoyatda qadrlaganlar.
Davan davlati ma’lum bir siyosiy uyushmani tashkil etgan bo‘lib, davlatni
boshqaruvchi hukmdor manbalarda «Van» (podsho) unvoni bilan ish yuritgani
eslatiladi. Manbalarda «Van» unvoniga ega bo‘lgan Mosay, Chan Fin, Mug‘ua,
Yan’lyu kabi hukmdorlarning nomlari saqlanib qolgan. Yagona hukmdor bo‘lgan
podsho, ya’ni, «Van» davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan ishlarni oqsoqollar
kengashiga suyangan holda olib borgan. Manbalarning ma’lumot berishicha,
podshoga yaqin kishilar (odatda uning qarindoshlari) orasidan yordamchilar – bita
katta yordamchi (Fu van) va bitta kichik yordamchi (Fu-go-van), tayinlangan.
Davlat hukmdori yoki podsho mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta
ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu jarayonda oqsoqollar kengashining ham ahamiyati kam
bo‘lmagan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok
etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini ham hal qilganlar. Misol uchun,
manbalarda qayd etilishicha, urushda mag‘lubiyatga uchraganligi uchun hukmdor
Van Mosay oqsoqollar kengashidagi umumiy ovoz berishda aybdor deb topilgan va
qatl qilingan.
Davan davlati hududlari shaharlar va vohalarga bo‘lingan holda idora etilgan
bo‘lishi mumkin. Chunki manbalarning ma’lumot berishicha, Yuchen shahrining
hokimi Xitoy qo‘shiniga oziq-ovqat yetkazib berishdan bosh tortgan. Tadqiqotchi
N. Gorbunova har bir shaharning, ehtimol, vohaning o‘z hokimi bo‘lganligi haqidagi
taxminni ilgari suradi. Olimaning fikricha, aynan mana shu hokimlar oqsoqollar
kengashi tarkibiga kirgan va unda hal qiluvchi mavqega ega bo‘lgan. A.
Asqarovning fikricha, oqsoqollar kengashi oldida podsho-hukmdorning huquqlari
cheklangan edi. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch
va huquq oqsoqollar kengashi qo‘lida edi.
So‘nggi yillarda Davan davlati tarixi bo‘yicha samarali ish olib borayotgan
B.X.Matboboevning yozishicha, ichki tartibni saqlash va mamlakatni tashqi
dushmandan himoya qilish uchun Davan davlatida asosan piyoda askarlar va otliq
suvoriylardan iborat bo‘lgan 60 ming kishilik qo‘shin mavjud edi. Manbalarning
ma’lumot berishicha, davanliklar «otda ketayotib o‘q otishda mohir bo‘lganlar».
Jangchilarning qurollari o‘q-yoy va nayzadan iborat bo‘lgan. Davan qo‘shinlari
ochiq jangga kirishga ham, uzoq muddatli mudofaa urushlari olib borishga ham
qodir bo‘lgan.
Davanning «samoviy otlari» va davlatning serunum yerlari uchun mil. avv II
asrning oxirlarida Xitoy va Davan o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Chjan syan va Sima syanlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy imperatorlari
Davanga ikki marta yurish qiladilar. Birinchi yurish mil.avv. 104 yilda uyushtirilib,
xitoyliklar Davanning markazi Ershiga yetib kela olmay Lobnorda qattiq qarshilikka
uchraydilar. Undan tashqari O‘zgandda katta talofat ko‘rgan Xitoy qo‘shinlari,
qang‘lilardan yordam kelayotganini eshitgach imperator qo‘shinlari davanliklardan
3 mingta «samoviy tulpor» ni olib Xitoyga qaytishga majbur bo‘ladilar. Shunday
qilib Davan davlati xitoyliklardan o‘z mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq
bo‘lgan.
O‘zining butun tarixi davomida Davan davlati yirik imperatorlar va kuchli
davlatlar ta’siri ostiga tushmasdan o‘z siyosiy erkinligini saqlab qolgan. Arxeologik
topilmalar ham qadimgi Davanning o‘ziga xos rivojlanish yo‘liga ega bo‘lganligidan
dalolat beradi. Misol uchun, Farg‘ona vodiysi mil.avv. VI-IV asrlarda Eron
Ahamoniylari va Aleksandr Makedonskiy bosqinlaridan chetga qolgan. Aleksandr
faqat Xo‘jand shahrigacha kelganligi taxmin qilinadi. Salavkiylarning ham Farg‘ona
vodiysiga kirib borganlari haqida ma’lumotlar yo‘q.
Milodning I-II asrlariga kelib qadimgi Farg‘ona aholisining o‘troq
dehqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysida bu davrga oid ko‘p sonli aholi
manzilgohlari, qal’alar, qo‘rg‘onlar, ko‘hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi
manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng yoyilish sug‘orma dehqonchilik
va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy
va madaniy rivojlanishida hunarmandchilikning markazi bo‘lgan qadimgi shaharlar
ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan
hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o‘z navbatida
hunarmandchilik va tog‘-kon sanoatining (turli ma’danlar qazib olish) yanada
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Xitoy
manbalarida Davanda qo‘rg‘oshin, oltin, temir rudalari qazib olinganligi haqida
ma’lumotlar bor. Qo‘rg‘oshin Haydarkondan, temir, kumush va zumrad esa
Farg‘onaning janubidan, shimolidan va shimoli-g‘arbidan qazib olingan. Ushbu
hududlardan ko‘plab aniqlangan qadimgi konlar qoldiqlari ham yuqoridagi fikrni
tasdiqlaydi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli
Farg‘ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir
qatorda, atrofdagi tog‘ vodiylarda yashovchi chorvador – ko‘chmanchi aholi bilan
ham o‘zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg‘ona yodgorliklarining
ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu
hol natural xo‘jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunlik qilganligidan dalolat beradi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Davan davlati mil.avv. III – milodiy III asrlarda
mavjud bo‘lgan bo‘lib, boshqaruv tizimiga ko‘ra podsholik hisoblangan. Aholining
ko‘pchiligi shaharlarda istiqomat qilgan. Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi ham
ushbu davlatning gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Xitoydan O‘rta yer
dengizigacha cho‘zilgan bu yo‘ldagi qit’alararo savdoda sharqiy Sug‘diyona
chegaralaridan to Tan davridagi Xitoy imperiyasigacha bo‘lgan yo‘lning
xavsizligini ta’minlashda, oziq-ovqat, yo‘l ko‘rsatuvchilar va tarjimonlar yetkazib
berishda Davan davlati asosiy rol o‘ynagan.
Demak, podsholik boshqaruv tizimi va oqsoqollar kengashiga asoslangan
Davan davlati – o‘z davrida qadimgi o‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyoti
an’analarini davom ettirgan davlat bo‘lib, davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat
kasb etadi. Keyingi olib borilajak tadqiqotlar Davan davlati tarixi muammolari bilan
bog‘liq ko‘pgina masalalarga aniqlik kiritishi shubhasizdir.
Dostları ilə paylaş: |