Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda bo‘lgani kabi tovarlarni ochiq yoyib
qo‘yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‘la tayyor holda chiqariladi.
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo maydoniga
qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi
yordamida tanlaydi, uning haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan
oladi yoki qo‘shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni
katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich,
gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga kerakli
tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, dala
shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma
beradi. Bu tovar do‘kondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada
ko‘rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda
murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi qishloq aholi punktlarida joylashgan
va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan do‘konlar orqali sotishda ana
shu usulni qo‘llash mumkin.
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi.
Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin
tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish iste’molchi xukmron bo‘lgan
sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan
savdo avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‘lib Treyd marketing hisoblanadi.
Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‘rsatiladi:
sotuvni rag‘batlantirish,
maxsus hodisalar,
merchandayzing.
Dostları ilə paylaş: