11-mavzu. Sotish siyosati



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü57,89 Kb.
#210730
1   2   3   4   5   6
11-mavzu. Sotish siyosati-fayllar.org

Merchandayzing (ingl. merchandising) – marketing jarayonining tovarni do‘konda
sotish uslubiyatini belgilab beradigan qismi.
Merchandayzing – savdo binolarida, eng avvalo, chakana savdo yuritishda amalga
oshiriladigan va xaridorni tovar oldiga olib kelish va maksimal xarid ehtimolini
ta’minlaydigan qulay vaziyat yaratishga qaratilgan marketing tadbirlari kompleksi.
Merchandayzing chakana do‘konda sotilayotgan tovarlar to‘plamini, tovarlarni
joylash usullarini belgilab berishi, ularni reklama materiallari va narxko‘rsatkichlar bilan
ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Merchandayzing tushunchasi umuman savdoga (xizmatlar,
ulgurji sotuvlar, internet-magazin orqali chakana sotuvlar) qo‘llab bo‘lmaydi.
Merchandayzing – chakana savdo yirik korxonalari (supermarketlar, gipermarketlar)
tomonidan foydalaniladigan, mintaqaviy bozorda tovarlar va savdo markalarini siljitishga
qaratilgan faoliyat turi bo‘lib, uning vujudga kelishi sababi malakali sotuvchilar
etishmasligi hisoblanadi.
Tovarlarni joylash merchandayzing tizimining asosiy elementlaridan sanaladi.
Ko‘pincha merchandayzingni joriy qilish aynan tovarlarni joylashni nazorat qilish va tahlil
qilishdan boshlanadi. Mahsulot merchandayzingi tovar brendini ishlab chiqish, tashqi
reklama yoki reklama aksiyalari o‘tkazish kabi muhim ahamiyat kasb etadi. SHu sababli
hozirgi paytda turli chakana savdogarlarga xizmatlar taqdim etayotgan merchandayzing
agentliklari paydo bo‘lmoqda.
Xorijda merchandayzing joriy qilish bo‘yicha dastlabki tashabbus supermarketlar
tarmog‘idan iborat bo‘lgan eng tashkillashtirilgan chakana savdogarlardan kelib chiqqan.
Har bir tovar guruhi assortimenti orasida iste’molchilar orasida eng ommalashgan va ular


bilan savdo qilish do‘kon egasiga asosiy foyda miqdorini keltiradigan markalar va


o‘rovlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Zarur tovarni izlab topish va tanlashni engillashtirib,
tanlov va xarid jarayonini qiziqarli mashg‘ulotga aylantirgan va shu tariqa xaridorning
savdo zalida bo‘lish vaqtini kengaytirgan holda qo‘shimcha samaraga ega bo‘lish mumkin.
Huddi shuningdek, sotuvni rag‘batlantirish uchun merchandayzing tovar ishlab
chiqaruvchilar va ta’minotchilar tomonidan ham foydalanila boshladi.
Toifaviy merchandayzing – ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va chakana savdo
nuqtalari o‘rtasida o‘zaro ta’sir qilishning bu munosabalarni merchandayzing agentligi
tomonidan tartibga solishga asoslangan insonparvar usuli. Toifaviy merchandayzing
maqsadi savdo tarmog‘ining ta’minotchilar bilim bitim tuzishi bo‘lib, unda ularning
mahsulotini joylash qoidalari aniq kelishib olinadi, do‘konlar esa faqat savdo zallarida
samarali assortimentni qo‘llab-quvvatlash va tovarlarni joylash ustidan nazorat bilan
shug‘ullanadi. Mazkur yondashuv toifaviy merchandayzing deb ataladi, chunki bu savdo
tarmog‘ida umumiy, ochiq, samarali merchandayzing tizimi ishlab chiqish, joriy qilish va
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha hisoblanadi.
Vizual merchandayzing (visualmerchandising) – iste’molchilarning vizual qabul
qilishi bilan izohlanadigan butun taqdimot faoliyati.
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan quyidagi ilg‘or usullardan
mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida foydalanish mumkin:
• chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda kataloglar
bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
• shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy interer, uncha ko‘p
bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo korxonalarida narxi tushirilgan
cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish;
• «qulay do‘konlar», cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi oziq-ovqat
mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida xizmat
ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.
Xorijiy mamlakatlar savdo korxonalarida tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan ilg‘or
usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yo‘llar xaridorga yanada ko‘proq turli xil
xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarga bo‘lgan narxni tushirish bo‘lib hisoblanadi. Bulardan
savdo korxonalarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.

http://fayllar.org



Yüklə 57,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin