O’quvchida o’z-o’zini tarbiyalashga ehtiyoj, ya’ni o’z ustida ongli, batartib
ishlashga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa
bo’ladi. O’quvchilarni, ayniqsa, o’rta va katta yoshdagilarni o’z
bilim va
malakalarini mustaqil oshirishlariga yo’llash kerak.
O’z-o’zini tarbiyalash o’quvchilarning o’z-o’zini idora qilish organlari
faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy-faollik mavqyeini
shakllantirishning
ta’sirchan vositasidir. O’quvchilar o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’z-o’zini
tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o’z-o’zini tarbiyalash
tashabbuskorlik va
mustaqillikka undaydi.
Maktabda o’quvchilarning mustaqil faoliyati, ishi pedagogik jamoa bu ishga
tayyor bo’lsagina o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro chuqur hurmat,
xayrihohlik, ishonch bo’lgan sharoitdagina tashkil topishi mumkin. Barcha o’z-
o’zini idora qilish tashkilotlari o’z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib
turishi, so’z bilan ish birga saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda
ijtimoiy rag’batlantirilishi e’tiborda bo’lishi kerak.
O’z-o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini Shaxs
deb
anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko’rsata boshlagan vaqtda
paydo bo’ladi. O’z-o’zini tarbiyalashda (axloqiy, jismoniy,
hissiy-irodaviy va
intelektual) maslahat va ko’rsatmalar berilishi lozim. Bunda o’quvchilarning
o’zlariga xatti-harakatlariga tanqidiy ruhda munosabatda bo’lishga o’rgatish juda
muhimdir. O’quvchilar o’zlari muayyan vaqtda belgilangan vazifalarni baholash
uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo’yadilar.
Shundan keyin vaqti-vaqti bilan o’zlari va ota-onalari oldida olgan
majburiyatlarini bajarilishi haqida hisobot beradilar. Bu esa ularning o’z
xatti-
harakatlari uchun javob berishga, mas’uliyatlarni his etishlari uchun yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: