11. Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. Reja. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi



Yüklə 397,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.03.2023
ölçüsü397,24 Kb.
#90691
1   2   3   4   5   6   7   8
metodlar

Tarbiya metodlari tasnifi 
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari 
faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish 
va tanbeh berishga bo‘linadi (N.I. Boldыrev, N.K. Goncharov, F.F. korolev va 
boshqalar). Mazkur holatda metodning Umumiy xarakterli belgisi uo‘zida 
yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga 
metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy 
metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, 
o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. 
Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: 
tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari
rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash. 
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, 
g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. 
2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga 
ta’sir etuvchi. 
Hozirgi vaqtda o‘zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va 
tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq ob’ektiv va qulay metodlar qullaniladi. Ana 
Shunday tavsif bilan bog‘liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi: 
1. Shaxs ongini Shakllantiruvchi metodlar. 


2. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish 
metodlari. 
3. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari.  
Shaxs ongini shaklantiruvchi metodlar 
Bu guruhga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va 
siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir 
ko’rsatish metodlari kiradi. 
Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o’quvchilar 
ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini 
shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish maqsadida 
ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ishlatiladi. 
O’quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatni ichki va 
xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. 
Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan 
metoddir. Tushuntirishning mohiyati o’quvchiga qo’yilgan talabni, voqyealarni, 
harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o’quvchilarga 
duyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni milliy g’ururli 
qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o’quvchilarga 
mamlakatimiz fuqarosining o’z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan 
bog’langanligi, u yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya qilishi, mehnat va 
jamoada faollikni, ma’naviy yetuklik haqida axborot beriladi. Bunda davlat 
bayrog’i, gerbi, madhiyasi, konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning 
ahamiyati katta. Shu sababli o’quvchilarga bayroq, madhiya, konstitusiya haqida 
tegishli ma’lumotlar beriladi. 
O’quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni o’zining Vatan 
oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat’iy amal qilish, qonunchilik
umumbashariy axloq me’yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish 
tushuniladi. 

Yüklə 397,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin